O’quvchilarning mustaqil ishi.
Joriy instruktaj.
O’quvchilarning mustaqil ishi.
Yakunlovchi instruktaj.
Ish o`rinlarini yig’ishtirnsh.
Plan-konspektda darsshshg borishnni yoritishda ana shunday mulohazalarga
asoslanish zarur.
Bilimlarni tekshirish imkoni boricha yangi materialni idrok etishga va mosnat
topshirig’iggi bajarishga tayyorgarlik bosqichi sifatida tashkil qilipishi kerak. Shuning uchun
darsning konkret mazmuniga, shuningdsk, oldingi o`quv materialiga bog’liq xolda bilimlarni
tekshirish har xil yo`sinda o`tkazilishi mumkin.
Agar o`huvchilarning mazkur darsga bevosita daxli yo`q material bo`yicha bilimlarini
tekshirish lozim bo`lsa, 10—15 minut vaqt ajratib kontrol ish o`tkazish mumkin, Bunda
o`quvchilarga 2—3 ta savol (yoki bir necha variantli topshiriq) beriladi, o`quvchilar yozma
ravishda javob qaytaradilar. Bu borada ayrim o`qituvchilar programmalashtirilgan frontal
so`rashdan foydalanmoqdalar.
Agar o`tgan mashg’ulotlarda olingan bilimlarni yangi materialni idrok etish uchun
tekshirish zarur bo`lsa, so`rash tushuntirishni boshlashdan oldin o`tkaziladi. Bordiyu bu
bilimlardan amaliy ishda foydalanish zarurati tug’ilsa, material kirish instruktaji prosessida
takrorlanadi. Bunda takror- lash uchun beriladig’an savollarni mehnat topshiriqlariga qo`shish
ma’qul.
Takrorlash uchun beriladigan savollarni oldindan puxta o`ylash va darsning plan-
konspektida ko`rsatish lozim.
Yangi naterialning hajmi va murakkabligiga qarab dars konspektida tushuntirishning
plani yoki qisqacha mazmuni beriladi.
Agar yangi material murakkab va hajmi katta bo`lsa, tushuntirish oxirida uni
o`quvchilar qandaY o`zlashtirgankni tekshirish mumkgsh. Bunday hollarda darsning plan-
konspektida bilimlarni tekshirish uchun savollar keltiriladi.
O’quvchilarning mustaqil ishi darsning plan-konspektida alohida o`rin olishi kerak.
Umuman darsning samaradorligi uning ana shu bosqichi qanchalik chuqur o`ylab tashkil
qilinishiga bog’liq bo`ladi. Bunda o`quvchilarning mustaqil ishidagi vazifalarni belgilash
o`qituvchining vazifalarini belgi-lashdan ancha oson ekanligini nazarda tutish lozim. Buning
ajablanarli joyi yo`q. Zotan o`quvchining vazifalari aniq ifodalash mumkin bo`lgan mehnat
topshirig’i bilan belgilanadi. Uqituvchining vazifasi topshiriqning murakkabligiga,
o`quvchilar faoliyati qanday o`tishiga, ya’ni ular topshiriqni bajarishda qanaqa xatolarga yo`l
qo`yishiga, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga bog’liq bo`ladi. Shuning uchun o`qituvchi
o`quvchilarning mustaqil faoliyatida, bo`ladigan ishni planlashtirnshda ular yo`l qo`yishi
mumkin bo`lgan xatolarni analnz qilishi kerak. O’quvchilar programmaga muvofiq yil saynn
tipovoy ishlarni bajara boradilar, shuning uchun taxminan bir xil qiyinchiliklarga duch
keladilar va bir xil xatolarni takrorlaydilar. Tajribali o`qituvchilar ana shu qiyinchilik va
xatolarpi yaxshi biladilar, zndigina ishlayotgan o`qituvchilar esa bularni metodik
adabiyotlardan bilib olishlari mumkin. Ana shu maqsadda o`quvchilarga beriladigan mehnat
topshirig’iii avval o`qituvchining o`zi bajarib ko`rishi zarur. Shuning uchun darsniig plan-
konspekti bilan birga o`quvchilarning mehnat ob’ekti sifatidagi buyumni tanlash ham kerak.
Frontal, gruppavoy va individual instruktaj bo`la oladigan joriy instruktajni
planlashtiring. Yakunlovchi instruktaj mazmunini yoritib, o`quvchilarning diqqaty xususan
nimaga qaratilishini; ularga keyingi mashg’ulotga tayyorlannsh bo`yicha qanday topshiriq
berilishini ko`rsating.
Dars p l a n-k o n s p e kt i n i ng namunasi
Do'stlaringiz bilan baham: