Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi
.
Texnologiya ta’limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining
hozirgi darajasiga mos, shuningdeq o`quvchilarga tushunarli bo`lishi shart. Shuning uchun
ko`pincha o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni
ancha qiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojaat
qilishga to`g’ri keladi.
Bittagina misol keltiramiz. VII sinfda o`quvchilar tokarlik keskichining geometriyasi
bilan tanishadilar, bu ish qirqish jarayonining fizik asoslarini tushunish uchun zarurdir.
Ammo buning uchun sakkizinchi sinf o`quvchilari matematika va fizika bo`yicha zarur
bilimlarga ega bo`lmaydilar. Shu sababli bu tema materialini quyidagicha ketma-ketlikda
bayon qilish maqsadga muvofiqdir: 1) tokarlik keskichining qirquvchi qismi zubilo, arra va
egovdagi kabi ponadan iborat bo`lsada, murakkabroq shaklda ekanini tushuntirish; 2) tokarlik
keskichining qirquvchi qismi shakliii o`zgartirishga nima sabab bo`lganyni gapirib berish,
konkret misollar bi-lan oddiy ponaga nisbatan keskich geometriyasidagi har bir o`zgarishini
ko`rsatish kerak.
Texnologiya ta’limi o`quvchilar tushunadigan va bajara oladigan bo`lishi haqida gap
borganda nazariy ma’lumotlarnigina emas, o`quvchilar organizmlarga tushadigan jismoniy
nagruzkalarni ham nazarda tutish lozim. Afsuski, hozirga qadar masalan, mazkur sinf
o`quvchilari qanday qalinlikdagi po`lat, plastinkani kesa olishi yoki isklna tig’ining kengligi
kancha bo`lishi kerakligi va hokazolarni ko`rsatib bera oladigan chuqur tadqiqotlar
o`tkazilmagan. Shu sababli o`qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va
shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim.
O’quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va
ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, balki mehnatga munosabatlarida ham namoyon
bo`ladi.
Uquv materialini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli
farqlanadi. Buning sababi shO’qi, o`quvchilarning ba’zilari oilada, ba’zilari texnik
to`garaklarda mehnatga birmuncha tayyorgarlik ko`radilar. Mehnat o`qituvchisi topshiriqlar
tanlashda ana shularning xammasini hisobga olishi kerak.
Amaliy ishni bajarish bo`yicha o`quvchilarni shartli ravishda uch gruppaga bo`lish
mumkin. Birinchi gruppa o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga
ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki qiyinchiliklardayoq o`zini yo`qotib qo`ymaydigan,
o`qituvchidan yordam so`rashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat bo`ladi. Bu gruppaga
asosan oilada bir-muncha mehnat tayyorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi.
Ikkinchi gruppaga o`z qobiliyat va imkoniyatini etarlicha baholay olmaydigan
o`quvchilar kiradi. Bunday o`quvchilar ozgina qiyinchilikka yo`liqish bilanoq o`zini yo`qotib
ko`yadi. ishni to`xtatadi, o`qituvchiga yordam so`rab murojaat qilishga jur’at eta olmaydi.
Bunday o`quvchilarga alohida ahamiyat beriy, ularda o`z kuchiga ishonch hosil qilish kerak.
Bajarilgan topshiriqni baholashda o`qituvchi ularning ishlaridagi ozgina yutuqlarni ham aytib
o`tishi lozim: shunday kilinsa, ular yanada tirishqoqliq, qat’iylik bilan ishlashga intiladilar.
Mazkur o`quvchilarni amaliy ishlar bajarilayotganda e’tiborsiz qoldirib bo`lmaydi: o`z
vaqtida quvvatlash, yordamga kelish; ularda topshiriqni uddasidan chiqishlariga ishonch xosil
qilish kerak.
Uchinchi gruppaga o`zining jismoniy mehnat qobiliyatini ortiqcha baholaydigan
o`quvchilarni kiritish kerak. Bu xildagi o`quvchilar o`zlariga ishonadilar, ba’zilari
maqtanchoqlik ham qiladilar. Ular har qanday ishning uddasidan chiqamiz deb hisoblab,
birinchi gruppadagi o`quvchilarga o`xshab, har qanday yangi ishni ishtiyoq bilan
bajarishga kirishadilar, ammo qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urinib
ham ko`rmay, to`xtab qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib
qoladilar, unga qiziqmay qo`yadilar. Uqituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni
bartaraf qilishda yordam berishi kerak. Har qanday mehnat ham kuch, harakat, qat’iyatlilikni
takozo etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu
o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatda bo`la
boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |