О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet347/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Demokratiya, tinchlik
va ozodlik uchun
kurash

Bu borada ingliz yozuvchisi B. Shou (1856—1950) ijodi alohida o'rin tutadi. U o'zining: «Faqat hayotning o'zi va insonning yalpi farovonlikka erishishi uchun yashasa arziydi», — degan ibora-sini hayotiy shior qilib olgan edi. U «Jizzaki sotsialist», «Noteng nikoh», «Qalblar parchalanadigan uy» kabi asarlari bilan ijtimoiy drama janriga asos soldi. Bu asarlar B. Shouni jahon adabiyoti klassigi darajasiga ko'tardi. 1925-yilda adabiyot sohasida xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.
Keyinchalik yozgan «Olma ortilgan arava», «Bayantning millionlari», asarlari ham jahon adabiyoti durdonasiga aylandi. 1948-yilda yozilgan «Olis kelajak haqida rivoyat» asarida B. Shou atom urushini qoralagan edi.
Yana bir mashhur ingliz yozuvchisi J. Golsuorsi (1865—1933) «Bu kunning komediyasi» asarida o'sha davr Angliyasini «munofiqlar oroli» deb atagan. Shuningdek, hukmron doiralarning ikki yuzlamachiligini, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh etgan. J. Golsuori 1932-yilda xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.
Asarlari dunyoga mashhur bo'lgan adiblar orasida amerika yozuvchilari ham bor edi. Ular ichida T. Drayzer (1871-1945) va U. Folkner (1897— 1962) ijodi alohida tahsinga loyiq. T. Drayzer o'z asarlarida («Baxtiqaro Kerri», «Amerika fojiasi» va boshqalar) AQSH ning ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolarini ko'tarib chiqishga jur'at etgan edi.
1930-yilda «Amerika fojiasi» romani ekranlashtirildi. Bu kinofilm deyarli butun dunyoda namoyish etildi. Asarning bunchalik mashhur bo'lib ket shining sababi imda ko'pchilik yetishishi amrimahol bo'lgan to'q va dabdabali hayot haqidagi amerikacha orzu va millionlab amerikaliklar ustidan hukinron bo'lgan qashshoqlik o'rtasidagi ziddiyat qirralari butun borlig'i bilan haqqoniy tasvirlanganida edi. T. Drayzer 1944-yilda AQSH san'at va adabiyot aka-demiyasi tomonidan faxriy oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bilan taqdirlanganligi haqida muallifga yuborilgan xatda, jumladan, muallif haqiqiy Amerikani tasvirlashdagi jasorati va to'g'riso'zligi uchun mukofot-langanligi qayd etilgan edi.
U. Folkner o'z asarlarida qishloq hayotini aks ettirdi. U qishloqda inson qalbi uchun barcha zarur xislatlar mavjudligini ilg'agan edi. Ayni paytda u mamlakat taraqqiyotining tabiiy omillari shaxs, oila, Vatan va jamiyat ekanligini teran his etdi. U. Folknerga chinakam shuhrat keltirgan asar — «Sartoris» romani bo'ldi (1929).
1932-yilda nashr etilgan «Avgustdagi nur» romanida amerika ijtimoiy hayotidagi eng jirkanch muammo — irqiy kamsitish muammosini ko'tarib chiqdi. Uning keyinchalik yaratgan romanlarida ham («Avessalom! Avessalo!» «Bo'ysunmaganlar», «Tushgin, Moisey») bu mavzuni davom ettirdi. Odamlarning ichki dunyosi va hayotini mayib qilayotgan jamiyatni fosh etdi. Irqiy mutaassiblik qurbonlariga esa hamdardlik bildirdi. Adolat g'oyalari g'alaba qozonishiga ishonch bilan qaradi. Uning keyingi asarlarida («Qishloqcha», «Shahar», «Qo'rg'on») ham insonparvarlik va rahmdillik g'oyalari ruhi barq urib turgan. U. Folkner 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.
Nemis yozuvchisi Tomas Manning (1875—1955) «Doktor Faustus» (1947) romanida natsistlar hukmronligi ostida qolgan Germaniyaning foji-ali qismati uchun nemis ziyolilari qanchalik javobgar ekanligi ko'rsatib beriladi.
To'g'ri, 20—40-yillar ijodkorlarining hammasi ham taraqqiyotga xizmat qilgani yo'q. Ularning ayrimlari fashizmdan, ayrimlari esa kommunizmdan najot izlaganlar.
Chunonchi, nemis faylasufi O. Shpengler (1880—1936) «Yevropaning zavoli» degan kitobida insoniyat taqdiri inson organizmi singari bolalik, yigitlik, yetuklik hamda keksalik bosqichlarini bosib o4uvchi sivilizatsiya-larning almashinuvidan iborat, degan g'oyani ilgari surgan. U keksalikdan so'ng o'lim kelishiga ishora qilib, Yevropa keksalik davriga yetib keldi, binobarin, uning o'limi yaqinlashmoqda, deyishgacha borib yetdi. Fikrini davomi ettirib, Yevropani o'limdan «kuchli shaxs» qutqarib qolishi mumkin, deb hisoblagan. U insonparvarlik va demokratiyani sivilizatsiyaning quyq-alari deb atagan.
Ingliz publitsisti T. Eliot (1888—1965) dekadent (tushkunlik kayfiyati-dagi) ziyolilar davrasida juda mashhur bo'lib ketgan edi. U ommani olomon, bilimsiz demokratiya, deb atagan. Alohida olingan shaxsga ham ishonchsizlik bilan qaragan, jamiyatni va sivilizatsiyani esa samarasiz, deb hisoblagan. U sivilizatsiyani qutqarib qoluvchi kuch sifatida goh ingliz mustamlakachiligini shining sababi imda ko'pchilik yetishishi amrimahol bo'lgan to'q va dabdabali hayot haqidagi amerikacha orzu va millionlab amerikaliklar ustidan hukinron bo'lgan qashshoqlik o'rtasidagi ziddiyat qirralari butun borlig'i bilan haqqoniy tasvirlanganida edi. T. Drayzer 1944-yilda AQSH san'at va adabiyot aka-demiyasi tomonidan faxriy oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bilan taqdirlanganligi haqida muallifga yuborilgan xatda, jumladan, muallif haqiqiy Amerikani tasvirlashdagi jasorati va to'g'riso'zligi uchun mukofot-langanligi qayd etilgan edi.
U. Folkner o'z asarlarida qishloq hayotini aks ettirdi. U qishloqda inson qalbi uchun barcha zarur xislatlar mavjudligini ilg'agan edi. Ayni paytda u mamlakat taraqqiyotining tabiiy omillari shaxs, oila, Vatan va jamiyat ekanligini teran his etdi. U. Folknerga chinakam shuhrat keltirgan asar — «Sartoris» romani bo'ldi (1929).
1932-yilda nashr etilgan «Avgustdagi nur» romanida amerika ijtimoiy hayotidagi eng jirkanch muammo — irqiy kamsitish muammosini ko'tarib chiqdi. Uning keyinchalik yaratgan romanlarida ham («Avessalom! Avessalo!» «Bo'ysunmaganlar», «Tushgin, Moisey») bu mavzuni davom ettirdi. Odamlarning ichki dunyosi va hayotini mayib qilayotgan jamiyatni fosh etdi. Irqiy mutaassiblik qurbonlariga esa hamdardlik bildirdi. Adolat g'oyalari g'alaba qozonishiga ishonch bilan qaradi. Uning keyingi asarlarida («Qishloqcha», «Shahar», «Qo'rg'on») ham insonparvarlik va rahmdillik g'oyalari ruhi barq urib turgan. U. Folkner 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.
Nemis yozuvchisi Tomas Manning (1875—1955) «Doktor Faustus» (1947) romanida natsistlar hukmronligi ostida qolgan Germaniyaning foji-ali qismati uchun nemis ziyolilari qanchalik javobgar ekanligi ko'rsatib beriladi.
To'g'ri, 20—40-yillar ijodkorlarining hammasi ham taraqqiyotga xizmat qilgani yo'q. Ularning ayrimlari fashizmdan, ayrimlari esa kommunizmdan najot izlaganlar.
Chunonchi, nemis faylasufi O. Shpengler (1880—1936) «Yevropaning zavoli» degan kitobida insoniyat taqdiri inson organizmi singari bolalik, yigitlik, yetuklik hamda keksalik bosqichlarini bosib o4uvchi sivilizatsiya-larning almashinuvidan iborat, degan g'oyani ilgari surgan. U keksalikdan so'ng o'lim kelishiga ishora qilib, Yevropa keksalik davriga yetib keldi, binobarin, uning o'limi yaqinlashmoqda, deyishgacha borib yetdi. Fikrini davomi ettirib, Yevropani o'limdan «kuchli shaxs» qutqarib qolishi mumkin, deb hisoblagan. U insonparvarlik va demokratiyani sivilizatsiyaning quyq-alari deb atagan.
Ingliz publitsisti T. Eliot (1888—1965) dekadent (tushkunlik kayfiyati-dagi) ziyolilar davrasida juda mashhur bo'lib ketgan edi. U ommani olomon, bilimsiz demokratiya, deb atagan. Alohida olingan shaxsga ham ishonchsizlik bilan qaragan, jamiyatni va sivilizatsiyani esa samarasiz, deb hisoblagan. U sivilizatsiyani qutqarib qoluvchi kuch sifatida goh ingliz mustamlakachiligini, goh katoliklikni olqishlaydi. O'lim va mangulik, hayot mohiyati mavzularini metafizik nuqtayi nazardan tasvirladi.
SSSR da yangi jamiyat — «sotsializm» jamiyatining asosiy himoyachi-laridan biri M. Gorkiy (1868—1936) yangi «sotsialistik realizm» iborasini o'ylab topdi. Bu ibora mazmunini «davrning vijdoni» kommunistik partiya, uning rahbariyatini ko'klarga ko'tarib maqtash, kommunistik jamiyatni mut-laqlashtirish, uni eng adolatli jamiyat deb hisoblash, kommunizm g'oyalariga sodiq bo'lgan yangi insonni shakllantirish, sovet xalqi ongida kommuni-zmning muqarrar qaror topishiga cheksiz ishonchni qaror toptirish yotar edi.
Rossiyada 1917-yilgi oktabr to'ntarishidan so'ng qaror topgan bolshe-viklar hokimiyatining o'zboshimchaligi, hech qanday milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tan olmasligi ziyolilar o'rtasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Davlat to'ntarishining dastlabki yillaridayoq 75 mingdan ortiq atoqli adiblar, san'atkor, olimlar o'z vatanlari — Rossiyani tark etdilar.
Mavjud tuzumni tanqid qilganlar, kommunistik partiya va sovet davlati rahbarlarining g'ayriinsoniy siyosatiga nisbatan qarshi fikr bildirganlar qatag'on qilindi. Ularning barchasiga bir xil — «sotsializmga tuhmat qildi», degan ayb qo'yildi. Kommunistik partiya o'zi e'lon qilgan «madaniy inqilob» natijasida yangi jamiyat ziyolilarini shakllantirdi ham. Chunki adabiyot va san'atsiz kommunistik mafkurani omma ongiga singdirib bo'lmasligini kommunistik partiya arboblari ham yaxshi tushunar edilar.
Shunday bo'lsa-da, Rossiyada qalbi buyurmagan asarlar yozishdan o'zini tiya olgan adiblar ham ijod qilgan. Ular orasida M. Sholoxov (1905—1984) alohida o'rin tutadi. Uning «Tinch Don» (1928), «Ochilgan qo'riq» (1932) romanlari dunyoda shuhrat qozondi. Bu asarlarda inqilob hamda kollek-tivlashtirish davri ziddiyatlari, inson fojialari haqqoniy tasvirlangan edi. M. Sholoxovning «Tinch Don» romani 1965-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. 40-yillar rus sovet adabiyotida urush mavzusi bosh mavzuga aylandi. Bu mavzuda qalam tebratgan mashhur adiblar K. Simonov, V. Surkov, B. Polevoy va A. Safronov kabilar o'z asarlari bilan xalqda fashizm ustidan g'alabaga ishonch tuyg'ularini qaror toptirishga munosib hissa qo'shdilar

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish