O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

Agrotexnik usul 
eng arzon va bezarar bo‘lib, ekinlarni 
almashlab ekish, tuproqqa ilmiy asoslangan texnologiya bo‘yicha 
ishlov berish, qulay muddatlarda ekish, kasallik va zararku-
nandalarga chidamli navlarni yaratish kabi tadbirlarni o‘z ichiga 
oladi. Bu usuldan foydalanganda, ekinlarning tez va sog‘lom 
rivojlanishi uchun kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, 
zararkunanda va begona o‘tlar uchun noqulay sharoitlar yaratiladi. 
Fizik usulda 
zarakunanda va kasalliklarga ziyon keltiradigan 
ultratovush, yuqori chastotali elektr maydoni, yuqori va past 
harorat, radioaktiv moddalar, ionizatsiyalaydigan nurlar, mikro-
uzunlikdagi radioto‘lqinlar va boshqalardan foydalaniladi. 
Mexanik usulda zararkunandalarga qarshi turli to‘siqlar, tuzoq 
va qopqon, yopishqoq yelimlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. 
Biologik usulda 
zararkunanda, begona o‘tlar, kasallik qo‘zg‘a-
tuvchi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashda ularning tabiiy 
dushmanlari (kushandalari, mikroorganizm, antibiotik) dan foyda-
laniladi. Bu usul boshqalaridan atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsat-
masligi bilan farq qiladi. Undan, ayniqsa, aholi yashaydigan joylar 
yaqiniga ekilgan ekinlarga, asosan, g‘o‘zaga tushgan zararkunan-
dalarga qarshi kurashishda samarali foydalanilmoqda. Shu 
maqsadda, turli entomofaglardan (trixogramma, baqaloq kana, 
brakon, yetti dog‘li xonqizi qo‘ng‘izi, oltinko‘z) keng qo‘lla-
nilmoqda. Mikrobiologik preparatlar (dendrobatsillin, bitoksi-
batsillin, lepidotsid), jinsiy feromonli tuzoqlar kabi vositalar ham 
yaxshi natija berayapti. 
Kimyoviy usulda 
begona o‘tlar, zarakunandalar hamda 
o‘simlikda 
kasallik 
qo‘zg‘atuvchi 
mikroorganizm 
va 
zamburug‘larga qarshi kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bu usul eng 
samarali bo‘lsada, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli 
bor. U dalalarga keng ko‘lamda ishlov berish mumkinligi sababli 
ko‘proq qo‘llaniladi. 


140 
Ekinzorlarni himoya qilishda kimyoviy usul bilan birga boshqa 
bezarar va samarali usullarni muvofiqlashtirilib foydalangan 
ma’qul. 
ATT. 
Zararkunanda va kasallik bilan zararlangan ekinlarga 
zaharli kimyoviy moddalar bilan o‘z vaqtida ishlov berilsa, uning 
samarasi kutilganday bo‘ladi. Eritma, suspenziya va emulsiya-
lardagi kimyoviy moddaning miqdori belgilanganga nisbatan ±5 
foiz farq qilishi kerak. Urug‘larga zaharli moddalar bilan ishlov 
berishda ular shikastlanmasligi, bir xil konsentratsiyada zaharla-
nishi lozim. 
Ekinlarni purkash va changlatishda dori belgilangan me’yorda 
va bir tekis tarqatilishi talab qilinadi. Mashinaning ishlov berish 
kengligi bo‘yicha dori tarqalishining notekisligi ±30 foiz, paykal 
uzunligi bo‘yicha notekisligi 

25 foiz bo‘lishi lozim. Dorilash 
dozasi (changlatish va purkashda) belgilangan miqdordan 

15 foiz 
farq qilishi mumkin. Purkash vaqtida shamol tezligi 5 
m/s
dan, 
changlatishda – 3 
m/s
dan ko‘p bo‘lmasligi, havo harorati 23°C 
dan oshmasligi lozim. Yog‘ingarchilikdan oldin va yomg‘ir 
vaqtida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. 
Ishlov berilganidan so‘ng 24 soat ichida yomg‘ir yog‘sa, uni 
takrorlash kerak. O‘simliklar gullash davrida ham kimyoviy 
dorilar bilan ishlov berilmaydi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish