partiyalarida ko‘proq jonli quvnoq xalq laparlari uchraydi. lapar
xarakteri jihatidan komik opera epizodolariga mos keladi. lirik
sahnalarda ham (1-parda oyxon va Cho‘pon dueti, 2-parda
maysara va mullado‘st dueti) satirik sahnalarda ham (2-parda
maysara va Ho‘ja dueti) lapar janri qo‘llanilgan.
musiqada operaning bosh qahramoni to‘liq ifodalangan.
ariozo va ansambllar vositasida kompozitor maysaraning
81
ko‘p qirrali obrazini yaratadi, yani, uning yaqinlar davrasida
dilxush va ochiq yuz, og‘ir sinov damlarida esa bukilmas irodali,
serharakat ayol ekanligini tasvirlaydi. Uning bosh mavzusi
hamzaning «Hoy ishchilar» qo‘shig‘i zaminida yuzaga kelgan:
musiqada maysara obrazining boshqa tomoni, ya’ni uning
«ishlari» bilan bog‘liq tomonlari ham to‘liq ifodalangan. yengil,
harakatchan raqs ritmlari bilan sug‘orilgan laparsimon qisqa
kuylar bosh ifoda vositasi sifatida xizmat qiladi
oyxon va Cho‘pon partiyalari melodik jihatdan boy bolib,
maysara obrazidan farqli o‘laroq bu qahramonlar leytmotiv
ko‘rinishidagi tavsiflarga ega emas. Operaning birinchi ko‘rinishi
oyxon va Cho‘ponning lirik sahnalaridan boshlanadi.
asardagi ijobiy qahramonlar - maysara, Cho‘ponali, oyxon
obraziarini ifodalovchi musiqa xushohangligi, samimiyligi
bilan maftun etsa, bularga qarama-qarshi qo‘yilgan qozi obrazi
shafqatsiz qilib ko‘rsatilgan. Uning partiyasida rcchitativ asos
qilib olingan. qozining yagona yakka nomeri uning «mu-
u» qo‘shig‘i, ho‘kiz mo‘rashiga taqlidan intonatsiyalaiga
asoslangan. qozi leytmotivi pastlama harakatda bo‘lgan
tovushqator bo‘lagida tuzilgan:
82
Hidoyatxon va darg‘a partiyalarning umumiy tomonlari
ko‘p. Ular kuplet shaklidagi qisqa qo‘shiqsimon kuylarga
asoslangan. Bu ikki obraz ham qozi obrazi kabi o‘zgarmaydi
va rivojlanmaydi.
mullado‘st partiyasi ham sodda, kuplet tuzilishidagi
qator folklor namunalarini eslatuvchi kuylar zaminida yuzaga
kelgan. qarilik chog‘ida bo‘lsa ham uylanish orzusida yurgan
mullado‘stning hazil qo‘shiqlari kuyi birinchi bor opera
muqaddimasida yangraydi, u butun asar uchun musiqali epigraf
ahamiyatiga ega bo‘ladi:
58
operaning musiqali dramaturgiyasida ansambl va xorlar
muhim o‘rin egallagan. Birinchi pardada xalq xori hamda
soqchilar xori ishtirok etadl ikkinchi pardada xor sahna ortida
kuylaydi, opera xotimasida ham xo‘r yetakchi rol o‘ynaydi.
«maysaraning ishi» operasining xalqchilligi, asl hajviyligi,
badiiy vositalarining o‘ziga xosligi uning nafaqat o‘zbekistonda,
balki chet davlatlarda ham shuhrat qozonishiga sabab bo‘ldi.
Kompozitor tomonidan operettaga aylantirilgan bu asar
58
solomoncwaT o‘zbek inusiqa&i tarixi 138-bet
83
«maysaraning nayranglari» degan yangi nom bilan lodz teatri
(Polsha) da namoyish etiigan.
59
Urushdan keyingi yillarda birinchi bolalar operasi
«yoriltosh» yaratildi. Kompozitor s. Boboyev ushbu asarni
yaratishda har bir bolaga tanish bo‘lgan xalq qo‘shiqlaridan
foydalangan.
1970-80-yillarda o‘zbek kompozitorlari opera janrini mayzu
jihatidan boyitdilar. Ushbu davr ichida tarixiy «mangulik» ( U.
musayev), «Fidoyilar» (s.Boboyev) zamonaviy-«sadoqat»(R.
abdullayev), atoqli shaxslarga bag‘ishlangan-«sug‘d elining
qoploni» (i.akbarov), «Zebiniso» (sJalilov), «alisher
Navoiy» (m.Burxonov) shuningdek, kamer operalar - «sohilda
to‘qnashuv» (N.Zokirov), «ona qalbi» (X.Rahimov) va boshqa
operalar sahnalashtirildi. 1970-80-yillar o‘zbek opera tarixida
muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davida yangi mavzular
mavzuiga mos keladigan musiqiy-ifodaviy vositalarni qo‘llash,
o‘z mualliflik tilini topish kabi omillar bilan bir qatorda, operalar
mavzu jihatidan boyiganligini, kompozitorlarning o‘z asarlarida
ommaviy xalq kuylarini ko‘chirmay, balki mustaqil original
kuylar yaratganligini ko‘rish mumkin.
mustaqillik davri o‘zbek operalarida janr talqini, mavzu
va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi. o‘zbek
kompozitorlari opera asarlarida orkestming cholg‘ulashtirish
yo‘llarida ham, vokal lavhalarida ham o‘zbek xalq musiqa
merosi hamda milliy ijrochilik an’analarini zamonaviy ifoda va
texnik vositalar bilan uzviy bog‘lashga ahamiyat bermoqdalar.
Bu davrda mumtoz operalar (T.sodiqov va R.Gliyerning
“Layli va Majnun” 1995-yil, M. Ashrafiyning “Dilorom” 2001-
yil) qayta ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi. Hozirgi
zamon ijtimoiy muammolari ( N.Zokirovning “muxtoriyat”
opera farsi, o. abdullayevaning “Vafo” operasi), uzoq o‘tmish
bilan bog‘liq (m.Bafoyevning “Buxoroyi sharif” doston-
59
asar 1975-yil 26-oktabrda namoyish etilgan
84
teleoperasi), ulkan tarixiy shaxslar siymolari (m.Bafoyevning
“al-Farg‘oniy”, a.ikromovning “Buyuk Temur”), falsafiy
mavzular (l akbarovning “ibtido xatosi” opera-oratoriyasi)
opera janrining keyingi rivojini belgiladi. Bular orasida
a.ikromovning “Buyuk Temur”, m.Bafoyevning “al-
Farg‘oniy”
55
operalari alisher Navoiy nomidagi opera va balet
teatrida sahnalashtirildi.
istiqlol yillarida kompozitorlar, baletmeysterlar va
telerejissorlar hamkorligida yangi - teleopera janri yuzaga keldi.
m.Bafoyevning “Buxoroyi sharif’ (H.davron librettosi, 1997-
yil) asari shu janrda yaratilgan bo‘lib, Buxoroning 2500 yillgiga
bag‘shlangan. mazkur asar opera-doston deb atalib, 2 doston va
22 naqshlaiga bo‘lingan. opera badiiy o‘qish, baxshi, solistlar,
xo‘r va o‘zbek xalq cholg‘ulari oikestri uchun yaratilgan. asar
Buxoro va uning tarixiy obidalari, qolaversa imom al-Buxoriy,
Bahouddin Naqshband, abduxoliq G‘ijduvoniy, ibn sino,
Ro‘dakiy kabi buyuk allomalarini musiqiy ohanglar orqali
madh etadi. Asar televideniyega mo‘ljallangan bo‘lib, videofilm
janrida namoyish etildi operaning bosh obrazi - baxshi bo‘lib,
malum musiqiy ohanglar orqali tasvirlanadi, har bir naqshni bir-
biriga boglab beradi va opera bir yo‘nalishda yaxlit tasavvur
etiladi. orkestr tarkibiga chang-qobuz, sato, do‘mbira va qonun
cholg‘ulari kiritilgan, ayrim cholg‘ular ma’lum obrazlarga
jo‘rnavoz bo‘lib ifodalangan. masalan, baxshi obrazi chang-
qo‘buz sadosi jo‘rligida namoyish etilgan
60
.
musiqali teatr ijodiyotining boshqa e’tiborli yutuqlaridan
biri bolalar uchun yaratilgan asarlardir. Ushbu yo‘nalishda
N.Norxo‘jayev, a.Ergashev, a.mansurov, a.ikromov va
boshqa kompozitorlar samarali ijod qilmoqdalar. Xususan,
N.Norxo‘jayevning “Burgutcha va toychoq”, “ona bolam
deydi, bola onam deydi” musiqali spektakllari, a.ikromovning
“olovuddinning sehrli shamchirogi, a.Ergashevning “o‘n
60
o
‘
zbekiston san’ati, 129-bet
85
ikki oy” musiqali ertagi, a.mansurovning “Hayvonlar sultoni”
operasi tinglovchilar tomonidan qizg‘in qarshi olinmoqda.
yoshlarbop qiziqarli mavzular tanlab olinayotganligi, jozibador
kuy-qo‘shiqlarning yangrashi, zamonaviy estrada uslubiga xos
ritmlarning ishlatilishi xushchaqchaq kayfiyat bag‘ishlasa, sahna
harakatlarining tabiiyligi bilan tomoshabinni ishontira olganligi
mazkur asarlarga katta muvoffaqiyat baxsh etdi. Xulosa qilib
aytganda, opera janrida mazmunni talqin qilishda asosiy urg‘u
milliy va umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni tarannum
etishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |