O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Download 465,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/64
Sana18.09.2021
Hajmi465,45 Kb.
#177424
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
pedagogika. TORAYEVA

O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI

Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan

majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimi-

dagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi —

akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan

ixtiyoriy tanlanadi.




64

Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta

maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini

hisobga olgan  holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur,

sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim

olishini ta’minlaydi.

Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘-

nalishi bo‘yicha (ijtimoiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim

saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan

maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imko-

niyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy

ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyati

jarayonida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.



Kasb-hunar kolleji  tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi: o‘quvchilarning kasb-

hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish,

tanlagan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallsh

imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkib-

ning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan

yangi tiðdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir

necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv

fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish

o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan

ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-

hunar kollejlarini bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan

namunadagi diðlomlar beriladi. Bu diðlomlar ta’limning keyingi

bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va

kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini

beradi.


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlan-

tirish uchun quyidagilar zarur:

— akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘r-

satishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

— soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish,

fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori

malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashi, shu jum-

ladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini ishlab

chiqish va joriy etish;




65

— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun

ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab

chiqish;


— akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nik-

malarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chi-

qish va joriy etish;

— kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga

nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab

chiqish;


— hududlarning geografik va demografik shart-sharoitlarini va

tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini

hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim

muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini

ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan

holda qamrab olish;

— akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-

texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.




Download 465,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish