O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

I   b o b
CHORVA MOLLARINI
OZIQLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
1-§. MOLLARNI MЕ’YOR ASOSIDA
OZIQLANTIRISHNING QISQACHA TARIXI
Qishloq  хo‘jalik  chorva  mollarining  barcha  oziq 
moddalarga  bo‘lgan  kunlik  talabini  to‘la  qondirib  bo-
qish  me’yor  asosida  oziqlantirish  deyiladi,  shu  talabni 
qondirarlik darajada sarflanadigan oziq moddalar miqdori 
me’yor deyiladi.
Chorva mollarining oziq me’yorini belgilash XIX asr-
ning  o‘rtalarida  dastlab  nemis  olimi  E.  Volf  chorva  mol-
larining  holatini  saqlash  uchun  ma’lum  miqdorda  oziq 
me’yorini  belgilashni  aniqladi.  Ammo  uning  tavsiyasida 
mollarning  fiziologik  holati  va  mahsuldorligi  hisobga 
olinmagan,  oziq  me’yori  molning  faqat  tirik  vazninigina 
saqlab turish uchun belgilanishi lozim edi. Shuning uchun 
ham bunday me’yorlashtirish usullari keng rivojlanmadi.
Chorvador  olim  A.  Teer  1810-yilda  birinchi  marta 
oziq  me’yorini  tuzish  tartibi  ishlab  chiqdi.  U,  molning 
talabini  qondirish  me’yori  qilib,  ma’lum  bir  miqdordagi 
pichanni  olishni  tavsiya  etdi.  Me’yor  qilib  belgilangan 
pichanni  boshqa  oziq  bilan  almashtirish  mumkin  ekani-
ni  ham  aytgan  edi.  Keyinchalik,  pichan  tarkibidagi  oziq 
moddalarning miqdori hamma hududlarda ham doi mo bir 
хil  miqdorda  bo‘lib  turmasligi  aniqlanadi  va  shu  ilmiy 
ko‘rsatkichlarga asosan pichanni oziq moddalar birligi si-
fatida olish bekor qilindi.
Oziq me’yori ustida ko‘p tajribalar o‘tkazgan fiziolog 
olim G r u v e n 1859-yilda chorva mollar tirik vujudining 


9
hayot faoliyati uchun ma’lum miqdorda oziq protein, ug-
levodlar  va  yog‘  talab  qilinishini  aniqladi.  Shu  davrning 
o‘zida  G e n n e b e r g  va  S h t e m a n  har  хil  oziqlarning 
tarkibidagi  oziq  moddalarning  hazm  bo‘lish  foizi  turli-
cha  ekanligini  isbot  etdi.  Bu  ko‘rsatkichlarga  asoslanib, 
E.  Volf  1864-yilda  mollarning  oziqqa  bo‘lgan  talabi 
oziqning tarkibida hazm bo‘ladigan organik moddalar ning 
miqdori bilan belgilanishini asos qilib olishni tavsiya etdi. 
Keyinchalik,  E.  Volfning  tuzgan  me’yorida  mineral  mod-
dalar ham bo‘lishi kerakligi ko‘rsatildi.
1897-yilda  L e m a n  tomonidan  Volfning  tuzgan 
me’yoriga  qisman  qo‘shimcha  kiritildi.  Natijada  mollar-
ning  oziq  moddalarga  bo‘lgan  talabini  belgilashda  faqat 
tirik vazninigina hisobga olmasdan, balki ulardan olinadi-
gan  mahsulot  ham  hisobga  olinadigan  bo‘ldi,  ya’ni  mol-
larga  tirik  vaznini  saqlab  turish  uchun  beriladigan  oziq 
me’yorga  qo‘shimcha  qilib  mahsulot  ishlab  chiqarishini 
ta’minlash  uchun  ham  oziq  me’yori  belgilash  tavsiya 
etildi.
Hozirgi  davrda  fiziologiya  fanining  taraqqiy  etishi 
bilan  mollarning  fiziologik  holatini  saqlash  uchun  ham 
maхsus  me’yor  berilishi  kerak  ekanligi  aniqlandi.  Bun-
day ilmiy kashfiyotlarning samarali natijalariga asoslanib, 
hozirgi  davrda  mollarning  oziq  me’yorlarini  belgilashda 
ularning  har  birining  tirik  vazni,  yoshi,  mahsuldorligi, 
fiziologik holati, yil faslining iqlim sharoiti hisobga olina-
digan bo‘ldi. Odatda, yosh mollar tirik vaznini saqlab tu-
rish  uchun  qari  molga  nisbatan  ko‘proq  oziq  me’yori  ta-
lab qilinadi. Sababi yosh mol ma’lum davrga qadar o‘sadi 
va  rivojlanadi.  Bunday  holat  uning  organizmi  tirik  vaz-
nini saqlash uchun sarflanadigan energiyaning bir qismini 
jussasini  tiklab  borishi  uchun  sarf  bo‘lishini  talab  etadi. 


10
Yoki  qish  faslida  mollar  yozdagiga  qaraganda  ko‘proq 
oziq ta lab qiladi, chunki ularga berilgan oziqning bir qis-
mi tashqi muhit sharoitiga moslashish uchun maхsus gav-
da haroratini hosil qilishga sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, 
mollar  bo‘g‘ozlik  davrida,  sutdan  chiqqandan  so‘ng  yoki 
emiziklik  vaqtida  oziq  me’yorlari  uning  holatiga  mos 
bo‘lishi talab qilinadi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish