Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi: a) ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli tinglovchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.
O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. SHu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |