O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sitrqi) ta’lim fakulteti



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana06.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#639617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishining maqsadi.
Animal janrning rivojlanishi va uning o‘ziga xos 
jihatlarini o‘rganishdir. 
Kurs ishining vazifalari
. Mavzuni to‘liq yoritib berish uchun biz o‘z 
oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik: 

Tasviriy san’atda animalistik janr xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish;

tasviriy san’at turlari va ularni o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish; 

animal janr va uning tasviriy san’atda tutgan o‘rni tahlil qilish;

qush va hayvonlarni tasvirini ishlash texnikasi bilan tanishish;

qush va hayvonlar tasvirini ishlashga qo‘yilgan talablarni aniqlash; 

Parandalar va uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar tasvirini ishlashning 
o‘ziga xos tomonlarini ishlab chiqish;

Yovvoyi hayvonlar tasvirini ishlash usullarini taxlil qilish va samarali 
uslublarini ishlab chiqish. 



Kurs ishining obyekti
. Mazkur kurs ishining obyekti animal janr va unga 
xos jihatlarga oid ma’lumotlar hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti 
animal janriga oid san’at namunalaridir
.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, har bob 
alohida fasl, xulosa, ilova, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs 
ishimizning hajmi ___sahifani tashkil etadi. 



I BOB. ANIMAL JANR VA UNING TASVIRIY SAN’ATDA TUTGAN
O‘RNI 
1.1.Animal janr tarixi va unga xos xususiyatlar 
Odamlar tomonidan biror-bir ish, narsa, buyum va hokazolar mohirlik 
bilan bajarilishi va maromiga etkazilib ishlanishi insonning san’atkorlik 
darajasini bildiradi. Shu boisdan ham rassom, haykaltarosh, me’mor, kulol, 
bastakor, yozuvchi va boshqa ijodkorlar yaratgan asarlarni san’at asari deymiz. 
San’at qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishilarning his-tuyg‘usiga, ruhiyatiga ta’sir 
etuvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Har bir ijodkor o‘z-o‘zicha izlanadi, o‘z - o‘zicha mehnat qiladi. Ana 
shuning uchun ham san’at o‘ziga xos turlariga va uslublariga, yo‘nalishlariga 
ega. Adabiyot, musiqa, teatr, kino, tsirk, me’morchilik, tasviriy va amaliy bezak 
va shu kabi boshqa san’at turlari ham mavjud bo‘lib, tasviriy san’at ularni orasida 
eng qadimigi va keng tarqalgan san’at turlaridan biri hisoblanadi. Uyg‘onish 
davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi: “Tabiat yaratgan shakllarning 
barcha sifatlariga o‘z san’ating bilan taqlid qilishda ustasi farang bo‘lmasang, 
yaxshi musavvir bo‘lmog‘ing dargumon”, deb ta’kidlash barobarida tasviriy 
san’atni egallash tabiatni o‘rganish, uni sevish bilan naqadar bog‘liqligini 
ko‘rsatib, bu sohaning o‘ta murakkab soha ekanligini uqtirgan edi. Omma 
orasidan etishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-
istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik, razolat va qabohat, oliyjanoblik va 
insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar.
Xalqning turmushi, odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning san’at 
asarlarida o‘z ifodasini topadi. Har bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san’at 
hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va fazilatlarni kamol 
toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat 
etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklargina bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, xis-tuyg‘ulari, 



turmush tarzi to‘g‘risidagi fikr-g‘oyalarini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgu sanaladi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar - mehnat va ov qurollari, 
uy-anjomlari, bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib kelgan. 
Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy 
jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq 
ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining 
qoldiqlari, qoya toshlar, g‘orlarga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy 
jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi.
San’at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va 
rivojlandi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo‘yadi. San’atning 
yuzaga kelishi insonning ob’ektiv voqelik to‘g‘risidagi bilimlarining 
chuqurlashishiga, o‘z avlodi tajribalaridan bahramand bo‘lishga olib keldi. Bu 
uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik 
qarashlari rivojini jadallashtirdi. Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, O‘rta Osiyodan 
topilgan sur’atlar diqqatga sazovvordir. Kiyiklarni ovlash (Ispaniya) sur’atlarida 
obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), 
sxematik, o‘ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lekin bu shartlilik rassom 
aytmoqchi bo‘lgan fikrni tushunishga xalaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat 
- kiyiklarning jon talvasada qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib 
borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon ibtidoiy jamoa rassomi 
tomonidan ifodali talqin etilgan. O‘rta Osiyo (Surxondaryo, Farg‘ona), 
Ozarbayjondan topilgan suratlarda ham shu xolni ko‘ramiz. Zaravutsoy 
(Surxondaryo), Seymalitosh (Farg‘ona) suratlari mashhurdir. Bu suratlarda 
ovchilarning hayvonlarga hujumi aks ettirilgan. Zaravutsoydagi niqob kiyib, 
o‘ljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o‘tmish hayotning 
ma’naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. Ushbu tasvirlar zamonaviy 
animaslistik janrning boshlanishiga asos bo‘lganligini barcha juda yaxshi biladi. 
Insoniyat qadim-qadim zamonlardan hayvonot olami bilan chambarchas bog‘liq 
holda turmush kechirib keladi. Shuning uchun ham musavvirlar azalazaldan 



tabiat go‘zalliklarini, hayvonot olamini jonli bo‘yoqlarda tasvirlab, kishilarga 
ma’naviy ozuqa berishga harakat qilganlar. Shunday musavvirlar borki, ular 
ko‘proq insonlar bilan hamisha yonmayon yashovchi hayvonot olamini o‘z 
asarlarida tasvirlaydilar. Ana shunday rassomlarni animalist rassomlar deb 
ataydilar. Animalist – lotincha “animal” so‘zidan olingan bo‘lib, “hayvonot 
dunyosi” ma’nosini anglatadi. 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish