O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sitrqi) ta’lim fakulteti



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana06.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#639617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Yoshlarni jahon andozalariga javob beradigan 
barkamol etib tarbiyalashda tasviriy san’at, xususan, qalamtasvir sohasi ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, olimlar va rassomlar 
zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Barkamol insonni tarbiyalash, eng 
avvalo, yuksak ma’naviyat yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, bu ma’naviyat 
jamiyatning, millatning yoki shaxsning ichki dunyosi, ruxiy kechinmalari, ilmiy 
tafakkuri, aqliy qobiliyati va idroki mujassamlashgan kishilar va ularning 
yashaydigan joyini ifoda etadi. Shu boisdan hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining, ayniqsa, adabiyot va san’atning asosiy harakatga keltiruvchi 
omilida tasviriy san’atning ahamiyati kattadir. 
Tasviriy san’atning nazariyasini muntazam o‘rganish, ushbu ta’limni 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosi hisoblanadi. Rus rassomi va pedagogi 
D.N. Kardovskiy aytib o‘tganidek: “San’atni o‘rganayotganlar tasvirlashning 
yo‘llari va usullari, ya’ni narsalarning shakli, nisbatlari, rangi, yorug‘ligi, 
xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo‘ysunishga majburdirlar"
1

O‘zbekistonda yangi manaviy-g‘oyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi o‘z 
navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy 
izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. 
Tarixiy, madaniy va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta 
idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak 
sohalarida, musiqa va tomosha san’atlari tizimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov komil inson tarbiyasiga katta e’ibor 
qaratib "Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay 
oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli 
kishilarni tushunamiz"
2
, deganlar. Haqikatdan ham ongi yuksak inson 
1
1 Д.Н. Кардовский. Воспоминания, статьи, письма. М., 1960, 128-бет 
2
Ислом Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т.; 1998. 6-бет. 



tarbiyasiga katta e’tibor qaratgan davlatgina buyuk bo‘ladi. Bu ishni amalga 
oshirish masalasiga hamma birdek mas’ul, lekin bu ishda eng asosiy mas’uliyat 
ustoz-murabbiylar zimmasidadir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev 
tomonidan 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish 
bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus e’lon qilindi. Ushbu tashabbusning birinchi bandi 
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga 
qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan. 
Qalamtasvir borasida yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, ijodkor 
kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va shu kabi boshqa 
mutaxassislik fanlarini yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi. Shu sababli ham bu 
borada ilmiy tadqiqotlar olib borish, manbalarni ko‘paytirish va uni 
o‘rganuvchilar uchun taqdim qilish muhim masalalardan biridir. kurs 
ishimizning mavzusi shu jihatdan dolzarblik kasb etadi. 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish