O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarni nutqiy xotirasini shakllantirish



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/76
Sana06.05.2020
Hajmi1,13 Mb.
#49242
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish

2. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarni nutqiy xotirasini shakllantirish 
Shakllantiruvchi  eksperiment  bosqichida  bolalar  2  guruhga  ajratildi:  tajriba 
guruhi (25 bola) va nazorat guruhi (25 bola). Nutqiy rivojlanish va mnestik faoliyat 
о„ziga  xosliklariga  kо„ra  guruhlar  bir  xil  bо„ldi.  Guruhlarga  ta‟kidlovchi 
eksperimentda  barcha  ajratib  kо„rsatilgan  darajadagi  bolalar  kiritildi.  Tajriba 
guruhidagi  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  bilan  eshituv-nutqiy  xotirani 
rivojlantirishga  qaratilgan  maxsus  korreksion-rivojlantiruvchi  ishlar  olib  borilgan. 
Nazorat  guruhidagi  bolalar  odatiy  logopedik  ishning  an‟anaviy  tizimi  asosida 
shug„ullanganlar.  Shakllantiruvchi  eksperiment  2013-2014  yillar  mobaynida 


77 
 
Toshkent  shahar  Chilonzor  tumani  Xalq  ta‟limi  muassasalar  faoliyatini  metodik 
ta‟minlash  va  tashkil  etish  bо„limi  tasarrufidagi  “Marvarid”  nomli  368-maxsus 
maktabgacha ta‟lim muassasasida о„tkazildi. 
Ta‟kidlovchi  eksperiment  natijalariga  muvofiq  tajriba  guruhi  uchun  leksik-
grammatik 
kategoriyalarni 
shakllantirish 
jarayonida 
til 
komponentlarini 
rivojlantirish  bilan  о„zaro  bog„liq  mnestik  xotirani  takomillashtirishni  nazarda 
tutuvchi  logopedik  ish  metodikasi  ishlab  chiqildi.  Korreksion  ta‟lim  vazifalarini 
amalga  oshirish  о„qituvchi-logoped,  psixolog  va  tarbiyachining  birgalikdagi 
hamkorligini nazarda tutildi.   
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  bilan  olib 
boriladigan  logopedik  ishlar  yakka-differensial  yondashuv  asosida  qurilgan.  Ish 
bosqichlari  va  topshiriqlarning  sekin-asta  murakkablashishi  ontogenezda  tilning 
leksik va morfologik-sintaksik tizimining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan 
holda belgilandi. Bog„langan bayonga о„rgatishda V.K.Vorobyeva, V.P.Gluxov va 
boshqa  mualliflarning  uslubiy  tavsiyalaridan  foydalanildi.  Mnestik  jarayonlar, 
og„zaki  nutqning  operatsion-faoliyat  komponentlarini  takomillashtirish;  matnni 
qurish davomida tayanch sifatida kо„rgazmali-grafik modellarni qо„llashga bog„liq 
holda  nutqiy  material  va  topshiriqlar  xarakterini  sekin-asta,  differensiallashgan 
tarzda murakkablashtirish nazarda tutilgan. 
Ta‟kidlovchi  eksperiment  natijalari  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarning 
qayta  hikoyada  qiyinchiliklar  sezishlarini  kо„rsatdi,  bunda  nutq  hosil  qilish 
mexanizmi    operatsiyalari  zararlangan  bо„ladi.  Mazkur  operatsiyalarning 
shakllanmaganligi nutqiy bayonning  ma‟no jihatidan  tо„liqligi va bog„lanishining 
buzilishiga  olib  keladi.  Bolada  matnni  qayta  sо„zlab  berish  kо„nikmalari  nisbatan 
shakllangan  bо„lsa,  nutq  mahsulining  sifati  leksik  birliklarni  faollashtirish 
dolzarbligining  qiyinchiliklari  tufayli  zararlanadi.  Bu  esa  nutq  mahsuli  hajmining 
torayishi  va  gaplarni  leksik-grammatik  tomondan  bezash  qiyinchiliklariga  olib 
keladi. 
Bog„langan  nutqni  shakllantirish  ishlari  V.K.Vorobyevaning  uslubiy 
tavsiyalaridan  foydalanib  amalga  oshirildi,  unga  muvofiq  о„qitish  jarayoni  2 


78 
 
bosqichdan  iborat  bо„ldi:  mо„ljallar  tizimini  oldindan  о„zlashtirish  bosqichi  va 
о„zlashtirilgan  mо„ljallar  asosida  faol  harakatlar  bosqichi.  Bunday  yondashuv 
kо„rgazmali  vositalar  va  matnning  kо„rgazmali-grafik  modellarini  qо„llashni 
nazarda  tutadi.  Bu    esa  о„z  navbatida  og„zaki  ma‟lumotlarni  eslab  qolish  va  uni 
bayon etishni  ta‟minlovchi vosita sifatida namoyon bо„ladi. 
Shakllantiruvchi    eksperiment  ishining  yо„llari  va  metodlarini  belgilayotib, 
ma‟no  qoidalari  haqidagi  dastlabki  tasavvurlarni  og„zaki  emas,  balki  predmetli 
munosabatlarda  shakllantirishni  tavsiya  etuvchi    Jinkin  konsepsiyasining  nazariy 
asoslaridan 
kelib 
chiqdik. 
Shakllantiruvchi 
eksperiment 
doirasida 
biz 
mnemojadvallarda  birlashtirilgan  predmetli  rasmlar,  shuningdek    belgili 
tasvirlardan keng foydalandik. 
Eksperiment dasturi  mnemotexnik usullarni qо„llash yordamidagi mashg„ulot 
va didaktik о„yinlar tizimini о„z ichiga oldi. Ular quyidagi faoliyat turlarini о„zida 
qamrab  oladi:  maishiy  sharoitda  elementar  mehnat  faoliyatida,  predmet-amaliy 
faoliyatda (tabiiy material bilan, qum, suv bilan о„yinlar, qо„l mehnati, applikatsiya 
va  b.),  bolaning  faol  harakatlari  va  ishlarida  kattalar  bilan  vaziyatli-ishchi 
hamkorlik.  Quyidagi  mnemotexnik  usullar  qо„llanildi:  assotsiatsiyalar;  guruhlar; 
klassifikatsiyalar; tayanch punktlar; analogiyalar; sxemalashtirish; tizimlash. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  bilan  ishda  turli  tayanch  kо„rgazmalar: 
predmetlar, rasmlar, piktogrammalar, sxemalar, modellardan keng foydalanildi.  
Quyida (1-rasm), nutqi tо„liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda 
nutqning  leksik-grammatik  qurilmasini  shakllantirish  jarayonining  modeli 
kо„rsatilgan  bо„lib,  eksperimental  korreksion  rivojlantiruvchi  ta‟lim  mazmunini 
ishlab chiqarishda biz mazkur modelga tayandik. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish