Tartibga solish (koordinatsiya qilish) — bu boshqarishning barcha boshqa vazifalari uning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalarini hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o'zaro uzviylikni o'rnatish, belgilangan me’yor va normativlardan cheklanishlaming oldini olishdir.
Rag'batlantirish — bu manfaatlami va keng demokratlashtirish, inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar vositasida boshqarishdir.
Nazorat va hisob — boshqariladigan tizim ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan inson faoliyatining sabablari va mexanizmini o'iganadi.
Undash kishilar faolligi bilan ular ega bo'lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy ehtyojlarini qondirishga qaratilgandir.Boshqarishning aniq maxsus vazifalari boshqaruv mehnati taqsimoti natijasi bo'lib, aniq mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi maxsus vazifalarini ko'rsatish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
d) mahsulot sifatini boshqarish;
e) mehnat va ish haqini boshqarish;
f) kadrlar, ta’minot, moliya va kredit, jamoa ijtimoiy rivojlanishini
boshqarish;
g) marketingni boshqarish.
Boshqarishning har bir maxsus vazifasi majmuyi jihatidan majmua bo'lib, o'z tarkibida boshqaruvning umumiy vazifalarini qamrab oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihozlashni boshqarish vazifasitarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Boshqaruv vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga yetarli darajada e’tibor bermaslik boshqaruv ta’sirining bo’shashib ketishiga sabab bo'ladi. Boshqaruv va uning vazifalari samaradorligi kishilar mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan uzviy bog'liqdir.
3.3. Boshqaruv usullari
1. Boshqaruvning iqtisodiy usullari. Hoziigi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiy usullaming mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo'lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o'rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig'indisidan (naix, kredit,
biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va b.), ya’ni xo'jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo'jalik bo'g'ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog'liq bo'lishiga imkon yaratuvchi pul va Tovar resurslari to'g'ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor — bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o'rnatiladi. Bozor tamoyillari xo'jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga qarama-qarshi tizim bo'lib, bozorda narxni, soliq, kredit vositasida tartibga solish,
eng awalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o'zgarishini qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo'lmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo'lib, ular mohirona va o'z vaqtida tashkiliy farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo'shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri — biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlami umummilliy manfaatlami ko'zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o'zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo'nalishlari va maqsadlami amalga Boshqaruvning iqtisodiy usullari oshirish yo‘llarini ko'rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o'sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksiyadorlar jamiyati, konsemlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-texnik ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va boshqalami qamrab oladi. Bozor
munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |