Turbina pog‘onasinida yuz beradigan issiqlik energiyasi isroflari. Turbina pog‘onasida hosil qilinadigan ish jarayoni davomida bug‘ning issiqlik energiyasini isrof bo‘lishi kuzatiladi. Bu issiqlik isroflariga quyidagilar misol bo‘la oladi:
turbina pog‘onasining soplosida bug‘ni uyurmaviy harakati va ishqalanishi hisobiga issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:
aktiv turbina pog‘onasining ishchi kuraklarida issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:
reaktiv turbina pog‘onasining ishchi kuraklarida issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:
absolyut chiqish tezligi bilan issiqlik energiyasi isrofi (kJ/kg):
turbina diskining bug‘li muhitda aylanishida muhit va disk o‘rtasida ishqalanish va ventilyatsiya tufayli issiqlik isrofi A. Stodola formulasiga ko‘ra aniqlanadi:
bu yerda – o‘ta qizigan bug‘ uchun 1,1 ÷ 1,2 ga, to‘yingan bug‘ uchun 1,3 ga teng bo‘lgan koeffitsiyent; d – pog‘onaning o‘rtacha diametri, m; z – ishchi g‘ildiragidagi tezlik pog‘onalari soni; ε – bug‘ning kirishdagi parsiallik darajasi; l2 – ishchi kuragining chiqish balandligi, sm; v – pog‘ona kamerasidagi bug‘ning solishtirma hajmi, m3/kg; M – pog‘ona orqali bug‘ sarfi, kg/s;
zichlama tirqishlari, soplo va kuraklarni aylanib o‘tish joylari orqali bug‘ sarfi tufayli issiqlik energiyasi isrofi (kJ/kg):
bu yerda Мb.s – bug‘ isrofi, kg/s.
Turbina pog‘onalarining foydali ish koeffitsiyenti. Turbina pog‘onasining soplosidagi, ishchi kuragidagi va absolyut chiqish tezligi bilan issiqlik energiyasi isroflari pog‘ona ishchi kuraklarining nisbiy foydali ish koeffitsiyentini ηn.k. belgilaydi va 1 kg bug‘ning turbina pog‘onasida bajargan L mexanik ishini pog‘onaning umumiy ko‘zda tutilgan issiqlik tushishiga h0 nisbatidan topiladi:
Shuningdek, ishchi kuraklaridagi nisbiy foydali ish koeffitsiyentining maqbul ko‘rsatkichi kuraklar oralig‘idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o‘tayotgan bug‘ning haqiqiy tezligiga nisbatiga u/c1 ham bog‘liq, demak aktiv pog‘ona uchun ishchi kuraklarining nisbiy f.i.k.:
Reaktivlik darajasi = 0,5 bo‘lgan reaktiv pog‘onalarning ishchi kuraklarining nisbiy f.i.k.i:
Pog‘onadagi issiqlik isroflari pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.ini baholaydi va pog‘onadagi foydali issiqlik tushishining ko‘zda tutilgan issiqlik tushishiga nisbatidan aniqlanadi, ya’ni:
Aktiv pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i:
bu yerda ζi.v. = hi.v./h0 – turbina diskini bug‘li muhitda aylanishi tufayli ishqalanish va ventilyatsiyaga nisbiy issiqlik energiyasi isrofi; ζb.s. = hb.s./h0 – zichlama tirqishlari, soplo va kuraklarni aylanib o‘tishda bug‘ sarfi tufayli nisbiy issiqlik energiyasi isrofi;
Reaktivlik darajasi = 0,5 bo‘lgan reaktiv pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i:
Agar pog‘onada oldingi pog‘onadan chiqish tezligining energiyasidan foydalanilayotgan bo‘lsa, unda pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda – oldingi pog‘onadan chiqish tezligining issiqlik energiyasi, kJ/kg; μ = 0,8 ÷ 1,0 – ishchi kuragidan chiqish tezligi energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |