O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet9/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Mashg’ulotni yakunlash:

  1. Oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Oila sha`nini, uning obro`-e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etadi?

  3. Oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq?

  4. O`z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o`z hissamni qo`shyapman, deya olasizmi?

  5. «Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko`ring.

  6. «Halol» va «harom» tushunchalari to`g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o`tkazing.

  7. «Bir bolaga yetti qo`shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab bering.



Imzo:________________
Sana:__________
3-mavzu:Muaffaqiyat inson bo’lish omillari
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka qiziqishlarini uyg`otish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Muvaffaqiyatli insonlar fe’l-atvorini tahlil qilsak, ularda faqatgina aqlning yoki ruhning o‘zi ustun emasligiga guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, ongi va qalbi har jihatdan yuksak, bir-biriga munosib bo‘lgan insonlarda farovon yashash imkoni doimo yuqori bo‘lgan. Ular har qanday vaziyatda ham ma’lumotni tarozining ikki pallasi bo‘lgan idrok va qalb chig‘irig‘idan o‘tkazadilar.Biz «essiz, ko‘nglimga quloq tutsam bo‘lar ekan», «shu narsa bo‘lishini sezgan edim», «shunday bo‘lishini yuragim sezgan edi» degan jumlalarni ko‘p eshitamiz. Bu bejiz emas. Boisi yurak ham fikrlaydi, mushohada qiladi. Buyuk insonlar doimo yurak va aql oralig‘ida bo‘ladilar, ya’ni holatda bo‘ladilar. Shu tufayli daholarda biroz telbalik xususiyati ham ko‘zga tashlanadi.Buyuk insonlarning aql bovar qilmas harakatlari, qarorlari zamirida aslida ularning kuchli yuragi turgan bo‘ladi. Muvaffaqiyat idrok va ruh oralig‘idagi lahzalarda sodir bo‘ladi. Insoniyat tarixidagi jamiki madaniyat va elatlarda ruh kuchli hislar, tuganmas zavq-shavq va donolik jam bo‘lgan manba hisoblangan. Shuningdek, inson muhabbat, shukronalik, qanoat kabi ezgulik ramzi bo‘lgan kuchli tuyg‘ularni o‘zining ruhida kashf qilib kelgan. So‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, inson yuragi va miyasi o‘rtasida hamkorlik mavjud. Ular birgalikda ma’lumotni qayta ishlashadi, inson ana shu jarayonda qaror qabul qiladi.Ijodkor ham, tadbirkor ham, rassom yoki rejissyor ham mashaqqatlarni yengishga yordam bergan hislarni, og‘ir damlarda dalda bo‘lgan tuyg‘ularni, taraqqiyotga sabab bo‘ladigan g‘oyalarni yaratishda qalbidan kuch oladi. Hadeb miya bilan fikrlash insonni aqldan ozdirib qo‘yishi mumkin.Biz odatda yurakni aqlli, ko‘ngilni esa xohishlarga bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Oxirgi ilmiy qarashlarga ko‘ra yurakda ham mustaqil asab tizimi bo‘lib, bu unga mantiqiy xulosalar qilish imkonini beradi. Yurak miyaga asosli va foydali ma’lumotlar jo‘natib turadi. Shu bois aksariyat insonlar qalblariga bo‘ysunadilar. Ya’ni, yurak qanchalar kuchli bo‘lsa, qarorlar shu qadar asosli bo‘lib chiqadi.Neyrofiziologlar tomonidan ruh va miya o‘rtasidagi «neyronli aloqa yo‘li» aniqlangach, insonlarning aqlli qaror qabul qilishlarida yurakning o‘rni yuqori ekani yanada oydinlashdi.Yurakdagi mantiqiy fikrlash tizimi shu vaqtga qadar o‘ta murakkab va sirli mexanizm bo‘lib qolmoqda. Unda ham miyadagi kabi neyronlar, gormonlar, oqsil va to‘qimalar mavjud. Yurakdagi neyronlar soni 40 mingtagacha yetadi.


Yurakdan yuborilgan xabar miyaga uning idrok, qaror qilish hamda boshqa hissiy holatga javobgar qismi orqali qabul qilinadi.
Eng qiziq jihati shuki, inson tanasi atrofida hosil bo‘ladigan elektromagnit maydonidagi quvvatning asosiy qismi ruhdan, ya’ni qalbdan hosil bo‘ladi. Yurakning magnit quvvati miyanikidan besh yuz barobar yuqori ekan.
Hech e’tibor berganmisiz, ba’zi odamlar bilan qayta-qayta suhbatlashgingiz kelaveradi. Buning ham ilmiy asosi bor.
Odam o‘zidan tarqatayotgan elektromagnit to‘lqinlari boshqa inson tanasi va miyasiga ma’lumot tarzida yetib boradi. Odamlar shu taxlit bir-birlarida taassurot qoldiradilar va odamning yaxshi-yomonini darrov taniydilar.
Biz «nazari o‘tkir odam» yoki «aurasi kuchli odam» deb o‘ylaydigan kishilar boshqalardan tarqalayotgan quvvatni tushunish bilan birga, unga ta’sir ham o‘tkaza oladilar. Kuchli inontirish, ta’sir o‘tkazish qobiliyati ham aslida qalb ta’sirida amalga oshiriladi.
Hissiy quvvati yuqori bo‘lgan, ya’ni kuchli ruhiyatli insonlar boshqalarning fikrini oson o‘qiy oladi hamda vaziyatga oson baho beradi, ular boshqalarni oson tushunadilar. Hissiy quvvat yordamida odamlar o‘zlari bo‘lmagan joylarda bo‘lishlari, o‘zlari bilmagan narsalar haqida so‘zlashlari mumkin.
Eng muhimi – miya va yurak o‘rtasidagi samarali aloqaning natijasi bo‘lgan muvaffaqiyatlilik insondagi ijodiy yondashuvni yuzaga chiqaradi. Ya’ni, bu holatda inson ilg‘or va noodatiy fikrlaydi, boshqalar ko‘ra olmagan imkoniyatlarni tasavvur qiladi, to‘siqlarni yengish uchun o‘zida kuch topadi va faqat olg‘a boradi.
Shu bilan birga, miya va ruh o‘rtasidagi sog‘lom aloqa inson uchun ijobiy kayfiyatning tuganmas manbasidir. Bunday insonlar barchani maftun qiladi, ularni barcha tinglaydi va ulardan tarqalayotgan quvvat boshqalarga kuch bag‘ishlaydi.
Yurak va miya o‘rtasidagi aloqalarning uzilishi faqatgina hissiy nosog‘lomlik bilan bog‘liq emas. Bunda salomatlikning ham ahamiyati bor. Chunki yurak ishlab chiqarayotgan ma’lumot miyaga ko‘chib yuradigan asab tolalari yordamida umurtqa pog‘onasi orqali boradi. Shu sababli ham inson asabiga darz ketsa, turli og‘ir kasalliklar ham yuzaga chiqaveradi.
Yana bir qiziq ilmiy dalillardan biri shuki, yurak ichki hissiy sezgini qayta ishlaydi hamda maxfiy belgilarni aniqlash orqali mavhumlikni oydinlashtiradi. Gap shundaki, yurakka xos ichki hissiyot makon va zamon chegaralaridan ham yuqori turadigan kuchli axborot maydoni bilan bog‘lana oladi. Miya kelajakni tasavvur qilsa, yurak kuchli hissiy tizim orqali buni sezadi. Yana ham hayratlanarli dalil shuki, inson ko‘ngli bu axborotni miyasiga qaraganda bir necha barobar tezroq anglab yetadi.

Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish