O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet35/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Imzo:________________
Sana:_________________________
24-Mavzu:Vafo va sadoqat kuychisi.Zulfiya ijodiga nazar.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
K ommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Zulfiya sheʼriyati XX asr oʻzbek adabiyotida yangi sahifa ochgan, uning boʻy-bastini koʻrsata olish qudratiga ega boʻlgan, kitobxonga vafo va sadoqat, mehr va muhabbatdan saboq beruvchi sheʼriyatdir. Bu sheʼriyatning mavzu va talqin doirasi juda katta qamrovga ega boʻlib, biz unda oʻz Vatanini sevish, oʻzbek ayolining shonli hayot yoʻlini ulugʻlash, bani-basharda tinchlik-omonlikni orzu qilganlar mushoirasi bilan birga, muhim hayotiy muammolar va insoniy dardu kechinmalar tasvirini ham koʻramiz. Bularning barchasi shoira sheʼriyatidagi gʻoyaviy yuksaklik, dilbarlik va pokizalik, teran maʼno-mazmunga ega boʻlgan xususiyatlar jarayonida yuzaga chiqadi. Sheʼriyatidagi ana shunday hayotbaxshlik va vatanparvarlik fazilatlari, yurtning maʼnaviy hayotidagi fidoyiligi uni oʻz xalqining sadoqatli qiziga va shoirasiga aylantirdi.Hayotni oʻzining yuksak maʼnaviyati va ayolga xos nazokatli nigohi bilan kuzatib yashagan shoiramiz inson hayotida sodir boʻladigan sevinchli va gʻamgin holatlarga roʻbaroʻ keldi, hayot sinovlari va toʻfonlari oldida qaddi bukilmadi, oʻz taqdirini ona xalqi taqdiri bilan bogʻliqlikda his qildi, uning izzat-ikromiga muyassar boʻlganligi uchun shukronalar keltirdi: 

  1. Hayot kitobimni bexos varaqlab…

  2. Men oʻtgan umrga achinmay qoʻydim,

  3. Hech kimda koʻrmayin umrimga oʻxshash:

  4. Suydim,

  5. Erkalandim,

  6. Ayrildim,

  7. Kuydim,

  8. Izzat nima bildim,

  9. Shu-da bir yashash!

 Shoira sheʼriyatning barcha janrlarida qalam tebratdi. Bu ijod namunalarining aksariyati kitobxonlar tomonidan adabiyotimizdagi yangilik (noyob hodisa) sifatida qabul qilindi va ilmiy-adabiy jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻldi. Men bu oʻrinda shoiraning “Hijron kunlarida”, “Seni kuylayman, hayot”, “Yillar va oʻylar”, “Shalola”, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Uni Farhod der edilar”, “Mushoira” turkumlari va dostonlarini alohida qayd etgim keladi.
Aytish joizki, shoira “Hijron kunlarida” turkumidagi sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatida yangi yoʻnalishga – inson hayotining fojiaviy talqiniga asos soldi. Xususan, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh?”, “Oʻrik gullaganda” kabi sheʼrlarida lirik qahramon ruhiyatining rangin holatlarini – gʻam va iztirob kechinmalarini ham, ayriliq va sogʻinchga toʻlib toshgan dilgirlik kayfiyatlarini ham, neki inson zotiga xos boʻlgan his-tuygʻularni ham, sabr-bardosh va jasoratni ham koʻramiz. Eng muhimi, bu sheʼrlardagi hijron motivlari kitobxonni inson taqdiri bilan bogʻliq boʻlgan hayot murakkabliklarini, uning bardavomliligini tushunishga yordam beradi va kuch-qudrat bagʻishlaydi:
Hijroning qalbimda, sozing qoʻlimda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.
 
Shoiraning hijron ohanglari tasvirlangan sheʼrlaridagi lirik qahramonning faryod hasratlari ifodalangan misralari goʻyo kitobxon qalbiga Hamid Olimjon asarlaridagi latif tuygʻularga limmo-lim toʻla tasvirlarni koʻchiradi, koʻz oʻngida shoir siymosini gavdalantiradi va, aytish mumkinki, shoir sheʼrlariga oʻziga xos yangicha umr ato etadi. Kitobxon bu sheʼrlarning intihosigacha lirik qahramon bilan birga boʻlib, joʻshqin hissiyot va oʻtkir dramatik tasvir taʼsiridan, sogʻinch va iztiroblar girdobidan chiqib keta olmaydi.
Shoira sheʼrlarida “hayot nafasi shovullab”, “insonlar yuragi lovullab” turishi, jahon xalqlari bilan qardoshlik tuygʻulari, ijodkorning jamiyat va xalq oldidagi masʼuliyati falsafiy va jahoniy talqinda berilishi ham noyob isteʼdodning bir xususiyati edi. Ana shunday xususiyat faqat va faqat Zulfiyaga xos shoirona haroratga boy misralar: “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Yurtim xaritasi – mening yuragim”, “Mushoira” kabi asarlarining ham mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Istiqlol yillarida – umri poyonida yaratilgan asarlari shoira ijodining ham, keyingi yillar oʻzbek sheʼriyatining ham noyob sahifasi boʻlib qoldi. Xususan, “Sharqning oʻzi ona boʻlgan hamisha” (1993) nomli dostonida shoira oʻz umri davomida xalqining oʻzligini, yurtining koʻrkini, yozib ulgurmagan armonlarini bayon etar ekan, oʻziga xos badiiy tafakkurda xalqimizning boshqalarga qaram boʻlmagani va uning farzandlari salohiyatining jahon tamadduniga qoʻshgan hissasini tariximizdagi shonli sahifalarga bezangan holda oʻquvchi ongi-shuuriga yetkazadi:
Biling:
Komil,
Fozil,
Bashar yulduzlariga
Sharqning oʻzi ONA boʻlgan hamisha!
 
Eʼtiborli tomoni, dostonda umumbashar madaniyati taraqqiyotidagi allomalarimizning tutgan oʻrni va fazilatlari har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuygʻularini yuzaga chiqarishda lirik qahramonning maʼnaviy olami bilan uzviy bogʻliq holda tasvirlangan.
Shoiraning istiqlol yillaridagi baʼzi sheʼriy lahzalarida lirik qahramon qalbida sobiq tuzumdagi “hamma qonunlarning ustidan chizib” tashlash isyonkorligi yuzaga chiqsa, baʼzi misralarida “Axtarib topardim har bosgan izim. Bekor oʻtganiga baxsh etardim jon”, degan afsus-nadomatlar yetakchilik qiladi. 1995 yilda yozilgan “Iqrorga vaqt yetdi” nomli sheʼrida shoira yana bir bor yashab oʻtgan umriga nazar tashlaydi, istiqlol tufayli xalq va mamlakat hayotida boʻlayotgan yangilanishlardan koʻngli quvonchga toʻladi, ajinlar iz solgan peshonasini istiqlolning hayotbaxsh qoʻli silashiga iymon keltiradi. Mazkur asarlardagi poetik fikrlar “Xotiram siniqlari” (1995) dostonida yanada teran mazmun kasb etadi. “Xotiram siniqlari” – adabiyotimizdagi benazir bir badiiy olam. Bu asar oʻzining shaklu shamoyili, mazmun-mohiyati, tasvir va ifoda usuliga koʻra ham dostonchiligimiz janrida yangilikdir. Adabiyotshunos Umarali Normatov taʼbiri bilan aytganda, Zulfiya opa bu dunyoga hijron turkumini va “Xotiram siniqlari”ni yaratish uchun kelganday tuyuladi. Ollohga hamdu sanolar boʻlsinkim, shoiramizga istiqlol davrida yashash neʼmatini ato etdi. “Xotiram siniqlari” Yaratganning ana shu marhamatiga shoiramizning ijodiy shukronaligidir.
Doston asosini shoira hayotiga aloqador voqealar tashkil etadi. Asarda nafaqat shoira oilasining, balki millat boshiga tushgan qatagʻon davri musibatining ildizlari ochib beriladi. Ijtimoiy voqealarning badiiy talqinida bugungi oʻquvchi uchun notanish boʻlgan kechagi kunimiz tarixiga aloqador hodisalar, sirli-sinoatli hayot tilsimlari ochila boradi. Bu tasvirlar orqali kitobxon qatagʻon davri zulmidan shoira oilasi ham benasib qolmaganiga guvoh boʻladi. Muallifning qalb isyoni orqali biz qatagʻon davri qurboni Aka, mushtipar Ona, donishmand Otaning qiyofalari, ular tabiatiga xos boʻlgan fazilatlar bilan tanisha boramiz. Ularning shoira shaxsiga nechogʻlik yaqinligi milliy qadriyatlar fonida ochib berilishi esa tasvir jozibasini yanada oshirgan. Maʼlumki, akalar oʻzbeklar oilasida opa-singillarning shaʼni, panohi, suyangan togʻi, yoʻqlovchisidir. Shoiraning yillab qalbida choʻkib yotgan xotira siniqlari hurriyat tufayli qalqib yuzaga chiqadi, oʻz armonlarini, yoʻqlovlarini hissiyot-kechinmalari ogʻushida toʻkib soladi.

Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish