Fizika kechalari
– bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish
uchun ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir.
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish
va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab
qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar,
uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni
bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar
bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik
ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi.
Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni,
aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining
ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion
tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning hammasi
aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak. Fizika kechalarining mavzulari
turlicha bo’ladi.
Kecha fizika kursining qandaydir bo’limiga yoki mavzusiga, fan va
texnikaning katta yutug’iga, ajoyib sanalarga (radio kuni, kosmanavtika kuni),
vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga, to’garak
ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli fizikaga
bag’ishlangan bo’lishi mumkin.
Fizika
bo’limlariga
bag’ishlangan
kechalar
o’quvchilar
bilimini
chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Quyida 7-sinfdan o’tkazilgan “Assalom
fizika” kechasining qisqacha mazmuni hamda 9-sinf o’quvchilari bilan “Zuxro
yulduzi” va “Ona zamin” komandalari o’rtasidagi bellashuvning mazmuni beriladi.
Quyida “Assalom fizika” kechasining qisqa matni beriladi.
1-o’quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani toping, vazifasini
tushuntiring.
2-o’quvchi: Menzurkani qo’liga oladi va uning hajmini, o’lchashdagi
vazifasini tushuntiradi.
1-o’quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o’lchanadi?
2-o’quvchi: Termometr kashf etilgunga qadar tana harorati qo’l bilan
aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o’lchanadi deb termometrni ko’rsatadi.
1-o’quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi?
2-o’quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir.
1-o’quvchi: Kuchni qanday asbob bilan o’lchanadi, uni toping va qayerlarda
ishlatilishini tushuntiring?
2-o’quvchi: Kuch dinamometr bilan o’lchanadi. U muskul kuchlarini
aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.
SHunga o’xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim
ko’proq ball yig’sa, shu o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Fizika kechalari – bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun
ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir.
42
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish
va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab
qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar,
uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni
bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar
bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik
ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi.
SHuni ta’kidlash joizki, maktabda sinfdan tashqari ishlar qanchalik yaxshi
tashkil etilsa, o’quvchilar faolligi shunchalik oshib boradi, ular mustaqil fikrlashga
o’rganadilar, eng muhimi u yoki bu fanga qiziqishlari ortadi, ayniqsa iqtidorli o’g’il-
qizlar birin-ketin ko’zga tashlana boradilar. Bu, o’z navbatida iqtidorli bolalarni
aniqlash va ular bilan alohida ish olib borishda o’qituvchiga katta yordam beradi.
Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham sinfdan
tashqari ishlardan biri hamda muhimi hisoblanadi.
Birinchi marta fan olimpiadasini o’tkazish XX asrning 60-yillarida boshlanib
fizika-matematika fani xissasiga to’g’ri kelgan. Bu ish o’zini oqlagandan keyin sekin-
asta boshqa fanlardan ham olimpiadalar o’tkazila boshlandi.
Olimpiadalar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, avval maktab litseyda so’ng
tuman miqyosida keyin shahar yoki viloyat miqyosida, so’ngra respublika miqyosida
va nihoyat xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi.
Olimpiada o’tkazilishidan avval o’quvchilar bilimini baholash uchun jyuri
tayinlanadi. Olimpiadalar vaqtida o’quvchilar bilimini jyuri bir necha usullar bilan
sinab ko’radi.
I navbatda masalalar yechish orqali, II navbatda amaliy tayyorgarligini
kuzatish maqsadida laboratoriya ishlarini bajarish hamda tushuntirib berishlari orqali
va nihoyat test savollariga javob berish orqali sinab ko’riladi. Har bir holat uchun
alohadi-alohida ball qo’yib boriladi, natijada qaysi o’quvchi ko’proq ball to’plagan
bo’lsa, shu o’quvchi g’olib deb tanlanadi. O’rinlar shu asosda ketma-ket
taqsimlanadi.
Fizikadan olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham o’qituvchidan
katta ma’suliyat, mehnatni talab qiladi.
O’qituvchi avval parallel bir necha sinfdan fizikadan bilimi chuqur bo’lgan bir
necha o’quvchini ajratib oladi, ya’ni 7-sinfdan, 8-sinfdan, 9-sinfdan, 10-sinfdan, 11-
sinfdan fizikaga qiziqqan bir necha o’quvchini ajratib oladi. Har bir sinf
o’quvchilariga alohida-alohida ko’rsatmalar beradi, tushunmagan mavzularini
tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida
bir bo’lgan fizikaga doir adabiyotlarni o’qib o’rganishlari uchun olib kelib beradi.
O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak
oxiriga, ya’ni 4-10 noyabrlarda o’tkaziladi. Bunda maktab fizika o’qituvchilaridan
biri jyuri raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi
kuni olimpiada o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi.
O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi.
Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib
avvaldan kelishilgan shartga asosan ballar qo’yiladi. Eng yuqori ball olgan
43
o’quvchilar ismi, shariflari va ishlari maktab rahbari buyrug’i asosida tuman
olimpiadasiga yuboriladi. G’olib o’quvchi bilan o’qituvchi yanada jiddiyroq
tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri
keladi. Bu yerda olimpiada ikki turda nazariy va amaliy bilimlarini sinash orqali
o’tkaziladi.
So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika
olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan
o’quvchilarga o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi.
Xulosa
qilib,
aytganda
fizikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlarning barchasi o’quvchilarni fizika va texnika fanlariga qiziqshini
orttirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |