CHang miqdorini aniqlash
Asboblar. CHang kamerasi, filtrli aspirator (AFN-V-18),analitik tarozi, termometr, barometr.
Hisoblash formulasi:
SH (R1-R2)/V0 V0H V1*273*B/(273+t) +760
V1H V*T
Bu erda
P1- filtrning namuna olinganga kadar bulgan ogirligi;
P2- filtrning namuna olingandan keyingi ogirligi;
V0-normal sharoitda filtrdan utgan havo mikdori,m3;
V1-tajriba paytidagi havoning harorati va bosimida filtrdan utgan chang mikdori,m3;
B-aspiratorning kursatishi;
t-tajribani utkazishga sarflangan vakt;
T-havo temperaturasi;
760- mm.sim.ustuni havo bosim;
Tajriba utkazilgandan keyin kuyidagi jadvalni tuldirish kerak
Namuna olish joyi
|
Filtrning
ogirligi
|
Atmos- fera
bosimi
mm.sim.
ustuni
|
Havo
haro-
rati,
S0
|
Namuna olish
|
CHang
ogir-
ligi,
mg
|
Normal
sharoitda
filtrdan
utgan changning
mikdori,m3
|
Hakikiy
kontsent-
ratsiya,
mg/m3
|
|
Tajribagacha, mg
|
Tajribadan keyin,
mg
|
Mm.
simob ustuni
|
oS
|
minut
|
1/minut
|
L
|
mg
|
m3
|
mg/m3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari. Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.
Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari.
YOrug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma`lumotning tahminan 90% ko`z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. YOrug’lik ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak.
YOrug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya hususiyati buzilib, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi.
SHuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yahshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yahshi bo`ladi, shuningdek havfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida bahtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Inson ko`zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo`lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Son ko`rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientilari kiradi.
YUzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |