Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
Savolning to’liq va aniq yoritilishi
0-5 ball
|
Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligi
0-5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15 – 13 ball – «a’lo».
12 – 10 ball – «yaxshi».
9 – 6 ball – «qoniqarli».
3-Ilova
Bozor munosabatlariga o’tishning inson tafakkuriga ta’siri?
Qanday?
Qanday
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
4-Ilova
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o’qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
B – bilaman
+ - men uchun yangi ma’lumot
- men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo’shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
№
|
Mavzu savollari
|
B
|
-
|
+
|
?
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
|
5.
|
|
|
|
|
|
6.
|
|
|
|
|
|
7.
|
|
|
|
|
|
5-Ilova
«T - sxema» texnikasi
- bu texnologiya murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mav-zularni o’rganishga qaratilgan; bunda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomon-lari, afzallik va kamchilik-lari, bir g’oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari;
- tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlash muvaf-faqiyati rivojlantirishiga hamda o’z g’oyalari, fikrla-rini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi;
- ma’ruza yakunida qo’llani-ladi;
|
|
T-sxema qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadi.
Yakka tarkibda yoki juft-juft bo’lib T-sxemani to’ldiradi
|
|
|
|
O’z g’oyalarini yozma ravishda o’ng va chap taraflarida yozib chiqadilar. g’oyalar qarama-qarshi bo’lishi mumkin.
|
|
|
|
Sxemadagi g’oyalar taqqoslanishi va yakka tartibda, juft-juft holda yoki kichik guruhlarda
to’ldirilishi mumkin.
|
|
|
|
har bir tinglovchi o’z fikrini erkin holda to’liq bayon etishi mumkin.
|
T – sxema.O’qituvchining nazorat varianti
Afzalliklar.
|
Kamchiliklari.
|
|
|
|
|
|
|
TAFAKKUR O’ZGARISHI VA MA’NAVIY YANGILANISHDA MILLIY
G’OYANING ROLI
Jahon tsivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan, ko’p asrlik boy tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga mashhur olimlar, davlat arboblari yetishib chiqqan. Buyuk xalq, buyuk el buyuk zotlarni yaratadi.
Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan matonatli kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan odil, haqqoniy demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki jahon taraqqiyotining, chunonchi, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga, g’oyalarga, ma’rifiy-ilmiy taraqqiyotga amal qilgan holda ro’yobga chiqdi.
O’zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar ekan 1989 yilni yoz oylari va 1990 yilni bahorida O’zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo’ldi. Xuddi shu paytlarda o’zbek halqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo’llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli Mustaqil O’zbekistonning inson manfaatini himoya qilish ustivor vazifa deb maqsad qo’ygan demokratik yo’lda rivojlanishi bosh strategik yo’nalish deb belgilandi. Ana shu yo’lning boshida, 1989 yilni iyunidan O’zbekistonning rahbari, 1990 yilni martidan O’zbekiston Respubikasining Prezidenti sifatida Islom Abdug’anievich Karimov turdi.
Sovetlarning kuchi tugayotgan va alamini kimdan olishini bilmay turgan bir paytda Kommunistik mafkura va amaliyotning hayotga zid tomonlarini ikir-chikirigacha tushunib yetgan va dadil oshkora qila biladigan jasoratli dovyurak I. Karimov o’sha chirib borayotgan tizim uchun “ittifoqchi respublikalarda eng xavfli” shaxsga aylandi.
Asrlarga teng qisqa vaqtda O’zbekistonda erishilgan yutuqlar, xususan, mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarmizning tiklanishi, jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun halqimiz, jahon jamoatchiligi Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning “O’zbek modeliga” uning asoschisi va yetakchisi Islom Abdug’anievich Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. Amerika Qo’shma SHtatlarida chiqadigan nufuzli “Novoe russkoe slovo” haftanomasi (Qarang: “Moskovskie novosti”. 4-son, 1993 yil 10 oktyabr). O’zbekiston Prezidenti I. Karimovni Mustaqil davlatlar hamdo’stligining ko’p rahbarlariga namuna qilib ko’rsatadi va BMT havfsizlik Kengashiga murojaat qilib O’zbekiston Prezidentining ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga e’tibor berishga va uning tajribasi bilan notinch mamlakatlarning davlat rahbarlarini tanishtirishga chaqiradi. 1996 yili Venada (Avstriya) “XX asr xalqlari dohiylari” nomida chop etilgan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflari “... Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir” deb tan beradi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning g’oyaviy-nazariy asoslarini, amaliy ishlarining kundalik dasturini tashkil qiladi.
G’arb va sharqning rivojlangan mamlakatlari asrlar davomidagi taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligining ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan I.A. Karimov asarlarida Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, yangi jamiyat qurishning butun dunyoda tan olingan asosiy tamoyillari to’g’risida ta’limot yaratildi.
Istiqlolning dastlabki bosqichida yorug’a chiqqan “O’zbekistonning o’z mustaqil va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” va boshqa bir qancha asarlari va nutqlarida bayon etilgan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi navbatdagi vazifalari keyinchalik g’oyat muhim ahamiyat kasb etgan “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”, “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari” va boshqa asarlarida o’z rivojini topdi.
O’zbekistonning yaqin o’tmishida va XX asrning so’nggi o’n yilida bosib o’tgan yo’llari, ularning saboqlari, XXI asrda Respublika istiqlolini mustahkamlashning strategik vazifalarining asosiy yo’nalishlari I.A.Karimovning bir qancha xorijiy mamlakatlarda bosilib chiqqan “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.” asarlari va Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidagi (22 yanvar 2000 yil) nutqida bayon etib berildi.
Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish va demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy va mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini ta’kidlab ko’rsatganligidadir.
G’arbning taraqqiy etgan demokratik mamlakatlarida, Sovet imperiyasi parchalangandan keyin vujudga kelgan hamdo’stlik mamlakatlarining hech birida yuksak ma’naviyatli insonni tarbiyalash ishlariga muhim vazafalardan deb qaralmagan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab I.A.Karimovning har bir ma’ruza va nutqlari va asarlarida bozor munosabatlariga o’tish davrida insonning boyish uchun bo’lgan tabiiy harakatlari uning moddiy va ma’naviy qashshoqlanishiga olib kelmasligini, yuksak ma’naviyatli, e’tiqodi kuchlik shaxsni shakllantirish yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti ekanligini ko’p marotaba taqqoslab ko’rsatadi.
Istiqlol sharoitida odil demokratik jamiyat qurish vazifalarining ortib borishi, xalqaro ekstremistik, diniy aqidaparastlik harakatlarning mustaqilligimizga tahdidini hisobga olib Islom Karimov jamiyatshunos olimlar bilan uchrashuvida (aprel, 2000y), gazeta va jurnallar muxbirlarining savollariga javoblarida (fevral 1998y, avgust 1998y, iyun 2000 y.) milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini ishlab chiqish va ularni aholi o’rtasida keng targ’ib qilish, ayniqsa yoshlarimiz ongiga singdirish zarurati bu murakkab lekin muhim ishlarning yo’llari va usullariga e’tiborini kuchaytirdi.
I.A.Karimov istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab ta’lim-tarbiya sohasida tub o’zgarishlar yaratishga, yangi jamiyat qurish talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berdi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturiga ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlarni jamoatchiligi tomonidan yuksak baho berilmoqda. M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori akademik V.Sadovnichiy O’zbekistonda yangi avlod tarbiyasi, ta’lim tizimini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar rossiyalik olimlar, ta’lim sohasi mutaxassislari tomonidan yuksak baholanayotganini ta’kidlaydi. “Biz sizni kelajak avlod uchun katta g’amxo’rliklar qilayotgan davlat rahbari sifatida alohida xurmat qilamiz”-deydi u O’zbekiston Prezidentiga murojaat qilib. I.A.Karimovga dunyoning eng ilg’or ilm-fan, madaniyat va siyosat arboblari qatorida jahonning eng yirik o’quv yurtlaridan bo’lgan Moskva Davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.
O’zbekiston respublikasining qisqa vaqt ichida ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan katta yutuqlarini hisobga olib I.A.Karimovga YuNESKO “Oltin medali”, xalqaro Olimpiya komiteti tomonidan “Oltin medalь” topshirilishi, Rossiya federatsiyasi Oliy pedogogika akademiyasiga faxriy a’zo etib saylanishi bejiz bo’lmasdan Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvoffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining dunyo miqyosida tan olinganligining belgisidir.
I.A. Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, haqqoniy yaratishga jamiyatshunos olimlarning e’tiborini jalb qildi. Prezidentimiz istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): “Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha-hammasiga haqiqat yozilishi shart” deb aniq vazifa qo’ydi.
Vatanimiz tarixini o’rganish uning yangi, kelajak avlodni tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q“ (1998 yil, avgust) nomli asarida keng bayon etib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy tarix millatning o’zligini anglashning poydevori, ma’naviy-mafkuraviy, g’oyaviy-siyosiy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. Prezidentimiz har bir “siyosatchiman, arbobman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart” deb vazifani keskin qo’ydi.
O’tish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini kerak bo’lsa qattiqo’llikni talab qiladi. Prezident Islom Karimov shunday vaziyatda xalq manfaatiga ma’qul keladigan har xil usullardan foydalanib mamlakatni boshqarmoqda.
1992 yil Rossiyaning “Komsomolьskaya pravda” gazetasi muxbiri: “Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda” desa, unga javoban I.A.Karimov: “Ha, men buni yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman,-ehtimol mening harakatimda avtoritarizm nishonlari bordir. Ammo men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida har xolda kuchli hokimiyat zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman” deb javob bergan edi.
O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i-mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, barqarorlik, tartib intizomdir. Respublika aholisining mutlaq ko’pchiligi (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi.
O’zbek xalqi 2000 yil 9 yanvarda bo’lib o’tgan Prezident saylovida o’zining Islom Karimovga nisbatan chuqur hurmati va extiromini izhor qildi. Saylovchilarning 91,9 foizi Islom Karimovga ovoz berib yana bir karra davlat rahbari etib sayladi.
Mustaqillik yillarida shakllanish yo’liga kirgan milliy mafkura xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy o’zligimizni o’zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg’or, taraqqiyparvar g’oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa oladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida hamda ko’plab ma’ruza va nutqlarida O’zbekiston xalqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan.
Ayniqsa, Prezidentimizning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet tuzumining og’ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yo’li, O’zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi. Yurtimizda ma’no-mohiyatiga ko’ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI asrning dastlabki yillariga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo’nalishlari ko’rsatib berilgan.
Ma’lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala Prezidentimizning mazkur asarida, ayniqsa o’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy kontseptsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy g’oyaning pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va taklif ylga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga, mablag’ va fondlarni rejali taksimlashga xojat qolmaydi. Sobiq sotsialistiq mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi.
Ko’p mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan kat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash— davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish va ularni amalda joriy qilishning tayyor andozasi yo’q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham ko’r-ko’rona qo’llay olmas edik. CHunki bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, kazilma boyliklari va iklim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va o’sishi biror mamlakatnikiga aynan o’xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdo’stlik mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qo’llab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).
SHu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va o’zimizga mos rivojlanish bu — ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etadigan yo’ldir. Milliy g’oya ana shu yo’lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va hamfikr bo’lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini kat’iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga tuplab, avvalo ana shu ustuvor yo’nalishlar buyicha taraqqiyotni ta’minlash, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan demokratik odil jamiyat barpo etish O’zbekiston tanlagan yo’lning ma’no-mazmunini tashkil etadi.
Yangi jamiyatni barpo etishda mafkuraviy muammolarni hal qilish davlatimiz, jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu vazifalarning hozirgi davrda muhimligini, dolzarbligini chuqur tushunish ularni bajarilishiga bevosita bog’liqdir. Tanlab olingan bu yo’l, hamda unga xos milliy g’oyaning strategik maqsadlari jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bo’lgan quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:
Siyosiy sohada:
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash– mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishidir.
Birinchidan, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g’oyaning siyosiy sohadagi xususiyatlarining mohiyati ana shularda namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o’z haq -huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, xullas, siyosiy va ma’naviy yetukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.
Binobarin, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini ustirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-mohiyatini to’g’ri tushunib olish va o’zlashtirishga imkon yaratishdan iboratdir.
Siyosiy madaniyat, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunga buysunishidan boshlanadi. Demak, biz barpo etayotgan jamiyatda nafaqat aholi huquqiy bilimlarining oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyatning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy institutlari faoliyat samaradorligi ortishiga ham jiddiy e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy taraqqiyotga intilayotgan, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yo’lidan borayotgan har qanday jamiyat huquqiy madaniyati yuksak, ozod va erkin shaxsni tarbiyalashga intiladi. Zero, shundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga amal qilib yashash tamoyili jamiyat hayotining asosiy mezoniga aylanadi. CHunki demokratiyaning ijodkori, amalga oshiruvchisi, rivojlantiruvchisi – insondir. Demokratiya – faqat xalq hokimiyati bo’lib qolmay, u ayni paytda har bir inson, har bir jamoa va butun xalqning o’z mamlakati kelajagi, o’z taqdiri oldidagi mas’uliyati hamdir.
Demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini oxlokratiyadan (oxlos – tuda, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o’zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo’rin talablar qo’yishidan, tazyik o’tkazishidan farq qilish lozim.
Bu o’z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o’z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg’unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo’lishni talab qiladi.
Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish. Mazkur jihatlar milliy g’oyaning siyosiy sohadagi o’ziga xos tamoyillarini ifodalaydi.
Mulkchilikning rang-barang shakllari qaror topayotgani, ular teng huquqliligining davlat tomonidan kafolatlanayotgani jamiyatning ijtimoiy-tabaqaviy tarkibini o’zgartirmoqda. Bugun yangi ijtimoiy qatlam va guruhlar – sarmoyadorlar, tadbirkorlar va o’rta sinf vujudga kelmoqda. Mulk shakllari xilma-xiligi va ijtimoiy tabakalanish jarayoniga mos holda turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar hamda harakatlar ham paydo bo’lmoqda. Mamlakatimizda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllangani buning yakqol dalilidir.
Hozirgi o’tish davrida mulkchilikning nodavlat shakllari va siyosiy partiyalar hali mustahkam oyoqqa turib olgani yo’q. Lekin ular kundan-kunga kuchga to’lib o’z mavqelarini oshirib bormoqda.
SHu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi muloxazasi muhim ahamiyatga ega: «SHunga erishish kerakki, mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topishi darkor. Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o’zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo’lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi mukobil takliflari o’z ifodasini topishi lozim».
Ko’ppartiyaviylik, partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, eng avvalo, parlament ishida o’z vakillari orqali ishtirok etuvchi partiyalarning demokratik qonunlar kabul qilish va ularni hayotga tatbik etish borasida faolik ko’rsatishi, parlament orqali ijroiya hokimiyat faoliyatini nazorat qilib borishi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir.
Turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar muvozanatini ta’minlaydigan ma’naviy omil bu – milliy g’oyadir. U ijtimoiy guruhlar manfaati va mafkurasidagi umumiylikni, ya’ni umummilliy manfaatlarni va yagona oliy maqsadni aks ettiruvchi g’oyadir. U millatning jipsligiga, konsolidatsiyasiga xizmat qiluvchi ma’naviy kuchdir. SHu bois mamlakatimiz mustaqilligi, kelajak taraqqiyotimiz uni xalqimiz ongiga muntazam va bosqichma-bosqich singdirib borishni taqozo etadi. Milliy g’oya negizida milliy mafkura shakllanadi.
SHunday qilib, biz barpo etayotgan jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi mexanizm quyidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillardan tashkil topadi:
mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish;
haqiqiy ko’ppartiyaviylikni qaror toptirish;
mulkdorlar sinfi va o’rta sinf shakllanishini jadallashtirish;
ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi hamkorlik va sherikchilikni vujudga keltirish;
milliy g’oyani muntazam va bosqichma-bosqich jamiyat ongiga singdirib borish.
Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun yanada kengroq shart-sharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo’linishi tamoyiliga kat’iy amal qilish, jamiyat a’zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ruyobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish taqozo etadi.
Bu — mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchning sub’ektiv xoxish-irodasiga qaram bo’lmasdan ishni faol tashkil qiladigan, o’z mohiyatiga ko’ra, jamiyatning olg’a siljishiga xalakit berayotgan illat va asoratlarni bartaraf etishga kodir bo’lgan samarali tizimni shakllantirish demakdir.
Bunday samarali tizim – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatidir. Hukukiy davlatda nafaqat hokimiyatning uch tarmog’i – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati bir-biridan ajratiladi va bir-biridan mustaqil harakat qiladi, balki ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy institutlar ham erkin va mustaqil bo’lib, hech qanday kuchga qaram bo’lmaydi. Hokimiyat buo’inlari va ijtimoiy institutlar faqat Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka tayanib ish tutadi. Ularning o’zaro munosabati va hamkorlik mexanizmi ham Konstitutsiya va amaldagi qonunlar orqali belgilab qo’yiladi. Ularning mustaqilligi, bir-biriga bevosita buysunmasligi, faqat qonun oldida mas’ulligi, amalda ularni butun jamiyat oldida mas’ul qilib kuyadi.
Demak, mustaqillik bu — huquq, huquq esa – mas’uliyat yoki, bir so’z bilan aytganda, mustaqillik – mas’uliyat. Mana shu bog’liqlikni, ayniyatni oddiy fuqarodan tortib mas’ul xodimlargacha teran anglab, o’z faoliyatini ana shu asosda yuritishi maqsadga muvofiqdir.
To’rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyat doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o’tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni ko’zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasini amalga oshirish.
Bu — odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi, ularga ko’proq huquqlar berilishi demakdir.
Siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonida jamiyatni boshqarish borasidagi vazifa-funktsiyalar ikki yo’nalishda qayta taksimlanib boradi. Birinchisi – davlat markaziy idoralarining ayrim huquq va vazifalari mahalliy hokimiyatlar zimmasiga o’tkaziladi. SHu tariqa mahalliy hokimiyatning huquq va mas’uliyati oshiriladi. Ushbu jarayon markazning vazifalarini kamaytirish – detsentralizatsiya deb ataladi. O’z navbatida, mahalliy hokimiyat idoralari huquq va vazifalarining bir qismi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarsh organlari (fuqarolar yio’inlari, mahalla qo’mitalari, uy-joy shirkatlari va boshqalar) zimmasiga o’tkaziladi. Ayniqsa, bu aholining ma’lum toifalarini ijtimoiy himoyalash, yashashning umumiy tartib-qoidalarini tartibga solish va nazorat qilishga, kommunal xizmat kabi hayotiy masalalarga taalluklidir.
Ikkinchisi – jamoat tashkilotlarining huquqi va mas’uliyatini oshirish, davlat zimmasidagi vakolatlarning bir qismini ular zimasiga o’tkazish. Buning uchun Konstitutsiya va qonun doirasida faoliyat ko’rsatadigan jamoat, ya’ni nodavlat va noxukumat tashkilotlarining tarmog’ini kengaytirish zarur.
Nodavlat, jamoat tashkilotlarining ko’payishi, ularning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ortib borayotgani fuqarolik jamiyati asoslari tobora mustahkamlanib, rivojlanayotganidan dalolat beradi. Aynan shunday tashkilotlarning faolligi va mas’uliyatining ortgani, fuqarolarning ongi va tasavvurida, kundalik hayotida ular tobora ko’proq ishtirok etayotgani «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasini hayotga tatbik etishning muhim sharti va shaklidir. «Kuchli jamiyat» tushunchasining mohiyati shundan iboratki, xalq jamoat tashkilotlari orqali davlat idoralari faoliyatini nazorat qiladi, ularning o’z vazifalari va jamiyat oldidagi burchlarini to’g’ri va samarali bajarishiga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat ana shunday kuchli jamiyat bo’ladi. Uning siyosiy tuzumi – demokratik, huquqiy davlat bo’lsa, ijtimoiy tuzumi – qonun ustuvor bo’lgan fuqarolik jamiyatidir.
Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash joy-joyiga qo’yish va yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish. Bu – hech qaysi zamonda osonlikcha hal bo’lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o’zgarishini taqozo etadigan, odatda sub’ektivizm, manfaatparastlik, urug’-aymoqchilik kabi ko’p-ko’p illatlarni bartaraf etish, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan jarayondir.
Davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy siyosatining qanchalik to’g’ri va samarali amalga oshirilishi ko’p jihatdan turli bo’g’indagi tashkilotchi–ijrochilarga bog’liq. Ularning kasbiy tayyorgarliklari qanchalik baland bo’lsa, o’z vazifalarini qanchalik halol va vijdonan bajarsa, ishlar shuncha olg’a ketadi, kundalik muammolar tezroq hal bo’ladi. Bu hol odamlarning kayfiyatiga va ularning davlat idoralariga munosabatiga ijobiy ta’sir qiladi. SHunda jamiyatda o’zaro ishonch mustahkamlanadi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muhit yaxshilanadi.
Vatanparvarlik va milliy g’oyaga sodiklik rahbarning faoliyatini, izlanishlarini yuksak ma’no-mazmun bilan to’ldiradi. U yo’lida uchraydigan qiyinchilik qurbonlarni, ba’zi bir omadsizliklarni psixologik jihatdan osonroq yengadi, tushkunlikka tushmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. U o’z faoliyatiga va jamoasi erishgan yutuqlarga doimo eng yuksak mezonlar bilan yondashib, unga tanqidiy baho beradi. U eng ilg’or tajribalarni ko’zlab ish yuritadi, ularni jamoasi faoliyatida joriy etishga urinadi. Vatanparvarlik va milliy g’oyaga sodiqlik uning kuchiga kuch, aqliga aql, tashabbusiga tashabbus qo’shadi, uni haqiqiy fidoyiga aylantiradi.
Rahbar xodim nafaqat tashkilotchi, balki tarbiyachi ham bo’lmog’i lozim. SHu bois vatanparvarlik va milliy g’oyaga sodiklik fazilatlari uning o’z jamoasini to’g’ri tarbiyalashda, uni yuksak omillarga yetaklashda rahbarga yordam beradi. Vatanparvarlik va milliy g’oyaga sodiqlik bor joyda dangasalikka, ug’irlikka, ta’magirlikka, mahalliychilikka, guruhbozlik, urug’-aymoqchilik va boshqa salbiy illatlarga aslo o’rin bo’lmaydi.
Bu turli bug’in rahbarlarining kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish borasidagi o’zboshimchaliklarining, noxolisliklarining ko’p jihatdan oldini oladi yoki kadrlarni ularning o’zboshimchaligidan, turli tasodiflardan muhofoza qiladi. Oshkoralik tamoyilini qo’llash, ba’zi sohalarda konkurs-tanlov asosida lavozimga tavsiya etish, tanlanayotgan mutaxassis haqida jamoaning fikrini o’rganish va shu kabi tadbirlar ham kadrlar tanlash mexanizmini takomillashtirishga, binobarin, yangi jamiyat qurishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |