O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


Go’dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi



Download 355,84 Kb.
bet49/93
Sana15.11.2020
Hajmi355,84 Kb.
#52587
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
Миллий гоя пед тех

Go’dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi

mexanik ta’sirlardan o’zini xavfsiz qilish,

saqlash, himoya qilishni bilmaydi. O’zini o’zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg’ayish davomida paydo bo’ladi. Natijada balog’atga yetgach, o’spirin o’zini o’zi himoya qilishning barcha ko’nikmalariga ega bo’ladi.


Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o’zini ongli himoya qilish ko’nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o’gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko’rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog’cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo’lga qo’yilsagina har bir millat sog’lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo’ladi. Immunitet esa o’z navbatida odamni to’g’ri yo’ldan «ozish»dan, turli yo’llarga adashib, keyin pushaymon bo’lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo’linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. SHuning uchun ham Prezident Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar.

«Immunitet» so’zining ma’nosi O’zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo’lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o’z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko’rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, gelьmintlar, ko’chirib o’tkazilgan a’zo va to’qimalar, organizmning o’zgargan o’z hujayralari (mas., o’smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo’lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi1.

Organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi:

Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta’minlanib, nasldan-naslga o’tadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bo’lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko’pgina yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarga chidamliligi ta’minlanadi.

Ikkinchisi. Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning ma’lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo’lib, nasldan-naslga o’tadi.

Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo’lib, nasldan-naslga o’tmaydi.

Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko’nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog’lom g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir.

«… Ana shunda johil aqidaparastlikning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi»2. Mafkuraviy immunitet o’z-o’zidan namoyon bo’lmaydi. Uning namoyon bo’lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy, fikriy ta’sir bo’lishi kerak. Inson qarshisida yangi, notanish g’oya, taklif turganida, yoki ikki yo’ldan birini tanlashga to’g’ri kelganida ularni o’z manfaatlari “ko’rigi”dan o’tkazadi. Uning o’sha paytdagi manfaatlariga ko’proq mos kelgan, boshqa g’oyalar, takliflarni yenggan g’oya endi uning harakatlarini boshqara boshlaydi. Masalan, Davron kechqurun “Internet sinfi”ga borib, mutaxassisligi bo’yicha yangiliklarni to’plamoqchi edi. SHunda kursdosh o’rtog’i Bahodir uning xonasiga kirib, unga diskotekaga borishni, spirtli ichimliklar bilan hordiq chiqarishni taklif qildi. Davron unamadi, Bahodir ham bo’sh kelmay, uni astoydil ko’ndirishga kirishdi, qiziqtira boshladi. Davronning bugun kechqurunga mo’ljallangan niyati, kichik “g’oyasi”ning amalga oshishi xavf ostida qoldi. Mana shu tipik vaziyatda ham o’ziga xos g’oyalar kurashining kichik namunasi mujassam. Davronning Internet sinfida ishlash, bilimini oshirish niyati, qarori, g’oyasi mustahkam bo’lsa, u ushbu g’oyasini himoya qiladi. Natijada Bahodir da’vat qilayotgan diskotekaga borish g’oyasi yengiladi. Davron o’zining kasbiy, ilmiy karьerasi yo’lida yana bir qadam oldinga ketadi.



Mafkuraviy immunitet muayyan g’oyalar to’qnashgan vaziyatlarda namoyon bo’ladi. Mafkuraviy immunitet fikriy jarayon natijasi bo’lganligi tufayli u ilmiy asoslangan, dalillar sistemasiga quriladi. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini mafkuraviy bilim (vayronkor va bunyodkor g’oyalarning mohiyati, farqi haqidagi) (H) his-tuyg’u, (I) iroda, (K) ko’nikma va malakalar (M)tizimi tashkil qiladi. Mafkuraviy ko’nikmalar bilim, faoliyat va hatti-harakatlar birligida namoyon bo’ladi. Malakalar esa yot g’oyalar ta’siriga qarshi qaratilgan avtomatlashgan munosabat, adekvat yo’l va usullardir. SHu tariqa mafkuraviy immunitetning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

MIqB+H+I+K+M

Mafkuraviy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishida milliy g’oya negizlari muhim rolь o’ynaydi. Agar mafkuraviy tahdid sezilganda, nima qilish kerakligini o’ylab o’tirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qilib o’tirmay g’oyaga g’oya bilan javob berish amalda bajarila boriladigan bo’lsa, mafkuraviy immunitet amaliy shakllandi, deb hisoblash mumkin.

Milliy istiqlol g’oyalariga shaxsning ishonchi, mustahkam irodasi uning mafkuraviy immuniteti manbai hisoblanadi. Bunday mafkuraviy immunitetga ega bo’lgan shaxs yot mafkuralar ta’siriga berilmaydi, chunki Milliy istiqlol g’oyasi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda o’ziga xos imkoniyat va xususiyatlarga ega.



Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalliklariga bo’lgan ishonchga quriladi. Bu ishonch esa ishontirish, tushuntirish natijasida hosil bo’ladi. Masalan, O’zbekiston - dunyoviy davlat. Dunyoviy davlat faoliyatining asosiy tamoyillari, afzalliklari ularni diniy davlat bilan taqqoslagandagina keng va to’liq tushunchalarni beradi. Bu dunyoviy milliy-demokratik tuzumning mohiyati va afzalliklarini anglab yetishga olib keladi. Taraqqiyotning «O’zbek modeli» rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, hamda boshqa davlatlarda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalarni qiyoslash, anglab yetishga imkon beradi.

Demak, mafkuraviy immunitetni shakllantirish-muayyan mafkuraviy vaziyatda insonning o’zi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g’oyalarga qarshi tura olish malakalaridir.




Download 355,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish