O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti



Download 355,84 Kb.
bet27/93
Sana15.11.2020
Hajmi355,84 Kb.
#52587
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bog'liq
Миллий гоя пед тех

Birinchidan, bu dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelishi, insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning yangi bosqichga ko’tarilishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishi, ikkinchidan, dunyoviy taraqqiyotga to’siq bo’ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan va insoniyat birligiga rahna soladigan g’oyaviy yo’nalishlarning vujudga kelishi, uchinchidan, globallashuv jarayonini jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelayotgani bilan belgilanadi. Bunday sharoitda “tahdid” tushunchasi hamda amaliyoti o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etishi tabiiydir.

Ushbu vaziyatda jamiyatimizning mustaqil demokratik taraqqiyoti havfsizligini ta’minlash masalalari haqiqiy ravishda yangi va yanada murakkabroq vazifalarni oldimizga ko’ndalang qilib qo’ydi. Global vaziyatda tanlagan yo’limizdan sobitqadamlik bilan borishimiz uchun hozirgi davr vujudga keltirgan tahdid omillarini har tomonlama chuqur anglash va ularga qarshi kurashning samarali yo’llarini izlab topish hamda amaliyotda qo’llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu umumsotsiologik qonuniyatning mavjudligi Prezidentimizning 1997 yili chop qilingan, butun dunyo intellektual doiralarining diqqat e’tiborini jalb etgan “¡zbekiston XXI asr bo’sag’asida : xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli fundamental asarida atroflicha asoslab berildi.

“Tahdid” tushunchasi to’la ma’noda siyosiy leksikonga Prezident Islom Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentyabrda, Oliy Majlis sessiyasida so’zlagan nutqida birinchi bor kiritildi.

Tahdid deganda, inson va jamiyat hayotiy faoliyatini qiyinlashtiradigan, uning barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmani zaiflashtirish, ya’ni davlatning konstitutsiyaviy asoslarini buzishga qaratilgan va salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy-siyosiy hodisadir.

Tahdidli holat yuzaga kelgan paytda unga javob qaytarish uchun esa ma’lum bo’ladi. Ushbu “siyosiy pauza”ni siyosiy vaqt bilan o’lchanuvchi qiymat deb ta’riflasak, bu borada fikrimizni yanada aniqroq ifodalagan bo’lamiz. Sababi, mazkur vaqt davom etsa, shuncha yuqori bo’ladi. Aksincha, u cho’zilib ketsa, qimmatli siyosiy vaqt o’z ahamiyatini yo’qotish mumkin. Xo’sh, “siyosiy pauza” qanday asosiy chora-tadbirlar tizimini o’z ichiga qamrab olishi kerak. Bular quyidagilar: tahdidni makro va mikrodarajada tasavvur qilish, tahdidning ichki va tashqi impulьslariga tegishli siyosiy baho berish, tahdidning tarkibiy elementlari va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik darajasini belgilash, tahdidga nisbatan ijtimoiy fikr va safarbarlikni shakllantirish, tahdidga nisbatan mamalakat ichida va uning tashqarisida haqqoniy axborot makonini shakllantirish, aniq chora tadbirlar hajmi va yo’nalishini belgilash, hokimiyat va fuqarolar o’rtasida hamjihatlikka erishish (umummilliy konsolidatsiya), javobning eng maqbul to’xtamiga erishish.

Demak, “siyosiy pauza” davrida jamiyatda tahdidga bevosita javob berish uchun zamin tayyorlanadi. Xo’sh, bevosita javobning o’zi konkret ravishda, asosan, nimalardan iborat bo’lishi yoki qanday jihatlarni o’z ichiga qamrab olishi kerak?

Tahdidga bevosita javob quyidagilarni o’z ichiga oladi: umummilliy siyosiy lider omili; zudlik bilan aniq qaror qabul qilish; milliy xavfsizlik uchun dolzarb ishlarni zudlik bilan amalga oshirish; tezlik bilan tahdid va chora-tadbirlarning mohiyati, yo’nalishi haqida jahon hamjamiyatini ogoh qilish; hokimiyat organlari muassasalari faoliyati sinxronligini oshirish; tahdidga qarshi umummilliy safarbarlik muttasilligini ta’minlash; OAV orqali tahdidga oid haqqoniy axborot oqimini kuchaytirish; tahdidning millat taqdiriga qaratilganligi tushuntirish; xalqning siyosiy farosat kuchiga tayanish; umumxalq, umumdavlat yakdilligini oshirish va h.k.

Keyingi paytlarda umuman dunyo miqyosida, xususan Markaziy Osiyoda siyosiy muhitning murakkablashuvi sodir bo’layotgan voqealar ortida qudratli kuchlar borligidan dalolat bermoqda. Mamlakat ichki va tashqi siyosatiga muttasil yangiliklar kiritib borish va kechayotgan jarayonlarda milliy manfaatlar nuqtai nazaridan samarali faoliyat olib borish uchun davlatimiz rahbarining mintaqaviy mojarolarga, xavfsizlik masalalariga bag’ishlangan fikrlari olim va mutaxassislar uchun dasturulamal bo’ldi. SHu bilan birga, Prezident o’zining xavfsizlik va barqarorlikka oid g’oyalari orqali har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti, uchun, avvalo tinchlik va barqarorlik eng ustuvor shart ekanligini uqtirib kelganligi nafaqat tashqi siyosatimizni, balki mamlakatdagi barqarorlikni ham belgilab berdi.

Mamlakatimizga tashqi tazyiqlar yildan-yilga kuchayib, ular diniy ekstremizm, terrorizm, «demokratiya eksporti» singari turli ko’rinishlarda o’zini namoyon qilmoqda. Ayrim hollarda bir guruh fuqarolarning bunday kuchlar ta’siriga tushib qolishi ham ro’y berdi. Ammo davlatimiz rahbari bunday tajovuzkor kuchlarning asl maqsadlarini chuqur anglagan holda ularning niyatlarini puchga chiqardi. Bunday puxta strategiya tufayli diniy ekstremizm, terrorizm singari usullar vositasida qilingan hujumlar yengib o’tildi.

O’tgan davr tajribasi endilikda hukumat va rahbarlar oldiga xavf-xatarlarga qarshi oddiygina kurash emas, balki ularning oldini olish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Prezident asarlari mutaxassis olimlar, mutasaddi rahbarlarning dasturul- amali, bu asarlarda ko’rsatib berilgan tinchlik va barqarorlik tamoyillari hukumatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidasi bo’lib qoldi. Xalq bu dunyoda kimning kim ekanligini anglay boshladi. Natijada o’tgan davr mobaynida xalqimizda tashqi ta’sirlarga nisbatan “mafkuraviy immunitet” shakllana boshladi. Buning uchun esa, avvalo, mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan har bir shaxs “milliy manfaatlar” tuzilmasi, jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning samarali yo’li nimalardan iborat ekanligini aniq tasavvur etishi, chuqur anglashi kerak.

Rahbar xavfsizlik va osoyishtalikni harbiy qurollar yoki jazo choralari bilan emas, balki tashqi mafkuraviy ta’sirlarga to’laqonli javob bera oladigan jamiyatni shakllantirish orqali ta’minlashga intilishi kerak. Buning uchun esa, u yetarli bilimga, siyosiy salohiyatga ega bo’lishi darkor. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugungi kunda har qanday rahbar, u qaysi lavozimda ishlamasin, avvalo siyosiy jarayonlarni chuqur idrok eta bilishi kerak. Ushbu tadqiqot davlat rahbarining mazkur fikrini nazarda tutgan holda milliy ustuvorliklarning faqat birgina jihati – tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalasi bo’yicha avvalo rahbar xodimlar bilimini kuchaytirishga qaratilgan.

Bu borada muvaffaqiyatga erishish uchun xalqda ertangi kunga ishonch hissini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy kurashlar mohiyati va maqsadini anglash ko’nikmasini hosil qilish, turli-tuman xavf-xatarlarni oldindan ko’ra bilish, ularning oldini olish yoki chetlab o’tish tajribasini o’zlashtirish, barqarorlik, tinchlikni saqlab, unga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarga qarshi qat’iy kurashish, barqaror rivojlanishning zamonaviy uslublarini muntazam o’zlashtirib borish va bu ko’nikmalarni yuksak darajada rivojlantirish, taraqqiyot omillarini aniqlay olish, uni himoyalash va sobitqadamlik bilan olg’a intilish kabi masalalarni yaxlit tarzda qamrab oluvchi milliy g’oyani shakllantirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ko’pmillatli mamlakat aholisini ushbu masalalarga doimiy e’tibor qaratishga o’rgatish, buni asta-sekin hayot va turmush tarzining ajralmas qismiga aylantirish bugungi kunda taraqqiyotimiz uchun qilinayotgan barcha ishlarning muvaffaqiyatli rivojlanishiga asos bo’ladi.

Barqaror rivojlanish va taraqqiyotga ta’sir ko’rsatuvchi xavf-xatarlar to’g’risida davlatimiz rahbari fikriga ko’ra ikki mafkuraviy tuzum o’rtasidagi qarama-qarshilik barham topgan bo’lsa-da bizni qurshab turgan dunyo, ko’plar kutganidek, osoyishtaroq bo’lib qolgani yo’q. Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo’lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko’pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo’lida “bostirib kelgan” edi. Bundan tashqari, yangi mintaqaviy mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o’z jo’g’rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat xavflar ham mavjud.

Yangi yuz yillikda mintaqaviy mojarolar qurolli harakatlar bilan emas, bilki virus kabi sezilarsiz tarzda kirib keladi, o’zi kuchayib, qolganlarni holdan toydirib, farovon mintaqani tanazzul yoki portlash sari yetaklaydi. SHuning uchun mintaqaviy mojarolarning salbiy oqibati to’g’risida ma’lum tushunchaga ega bo’lish va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda boshqa xatti-harakatlarni, yuz berayotgan voqealarni kuzata olish, bu haqda mustaqil fikrlab, to’g’ri xulosa chiqarish, mojaro kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik, unga qarshi kurashish kabi dunyoqarashning xalq orasida ommaviy shakllanishiga erishishi shart. Mintaqaviy mojarolar bir davlatga ommaviy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgani kabi, unga qarshi kurash ham butun xalqni qamrab olishi, ommaviy bo’lishi, ya’ni xalq mafkurasiga aylanishi lozim.

Mamlakatimizdagi barqaror rivojlanish, tinchlikka tahdid soluvchi og’ir xavflardan yana biri sifatida diniy ekstremizm va fundamentalizm ekanligi ma’lum. Bu haqda davlatimiz rahbari O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga, ularning diniy ma’naviy qadriyatlari bilan shiorlardan, xususan, islomni qayta tiklash shioridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o’rtasidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga e’tibor qaratadi.

Islom niqobidagi ekstremistik guruhlar yoki ularni qo’llab-quvvatlayotgan boshqa siyosiy kuchlar qanday yo’l bilan bo’lishidan qat’i nazar, dunyo siyosatiga salbiy ta’sir ko’rsatish, xalqlar erishgan yutuqlarni chippakka chiqarib, o’z ta’sir doirasiga tushirishga, siyosiy hokimiyatni egallab, o’zlarining siyosiy va huquqiy me’yorlarini joriy etishga harakat qiladi. Radikal guruhlar jumladan dinning ma’naviyat yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotganini hisobga olib, undan siyosiy dastur sifatida foydalanishga va ijtimoiy boshqaruvda joriy etishga intilmoqda, ya’ni barcha ellarni yagona islom boshqaruvi ostida birlashtirib, bir zamonlar «farovon islom olamini yaratgan xalifalik»ni qayti tiklash, unga kirmaganlarga qarshi jihod yoki muqaddas urush e’lon qilish yo’lidan bormoqda.

Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, g’arb davlatlarining iqtisodiy va texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan sharq mamlakatlariga ta’sir ko’rsatishga urinishi, shu mamlakatlarning moddiy-iqtisodiy boyliklaridan foydalanish asosida ularni o’z ta’siriga tortishni turli uslublarda majburiy amalga oshirishga urinishi, islom mamlakatlarini mensimay ichki va tashqi munosabatlariga aralashishlari ham ular safining tobora kengayishiga, shunday ruhdagi yangi guruh, oqimlarning yuzaga kelib tarqalishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada turli-tuman diniy murosasizlikni bayroq qilib olgan guruhlarda «islom mamlakatlarini yagona boshqaruv ostida birlashtirish kerak», degan asossiz fikr tug’ilishiga zamin hozirlayapti. Bu esa asrlar davomida taraqqiyot yo’lidan borgan turli islom xalqlari diniy va dunyoviy urf-odatlari, e’tiqodlarini isloh qilish kerak, degan tushunchaga yo’l ochib, oqibatda qo’poruvchilik bilan shug’ullanayotgan diniy guruhlar va davlatlar o’rtasidagi qonli to’qnashuvlarga sabab bo’lyapti.

Mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan yana bir xavf buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bo’lib, u ham MDH hududida kuchayishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlardandir. ¡zbekiston Prezidenti Islom Karimov tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo’ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish ekanligini ta’kidlaydi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bugungi fan-texnika va axborot ayirboshlash taraqqiyoti tobora yuksalayotgan XXI asrda yangi shaklda namoyon bo’lmoqda. Bu illat hozirgi kunda jahonshumul qurolli to’qnashuvlar bilan emas, balki iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, integratsion va boshqa mazmundagi jazo choralari orqali namoyon bo’lmoqda. SHuningdek, hozir bu usul ish bermagan taqdirda, tarixiy uslub, ya’ni qurolli harbiy tazyiq, bosib olish yoki majburan ta’sir doirasiga kiritish usullaridan ham foydalanilmoqda. CHunonchi, go’yoki biznes faoliyatini ko’zda tutuvchi, aslida esa maqsadi boshqa bo’lgan turli loyihalarga yoxud nodavlat tashkilotlar ta’sir doirasiga olish, ommaviy axborot vositalari yordamida provakatsion tashviqotlar uyushtirish orqali o’z g’oyalarini singdirish amaliyoti ham uning asosiy shakllaridandir. Rivojlangan davlatlardagi ayrim guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xatti-harakatlarning asl mohiyatini to’g’ri anglagan rahbargina o’zi yetakchilik qilayotgan jamoasining dunyoqarashini belgilashga yordam bera oladi.

Hozirda davlatlarning mutlaq aksariyati ko’pmillatlidir. SHunga ko’ra, millatlar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar albatta bir davlat chegarasidan tashqariga chiqishi va mintaqa doirasiga yoyilishi nuqtai nazaridan tahlil etilishi kerak. SHunisi xarakterliki, etnik va milliy nizolar maqsadiga ko’ra, ichki yoki tashqi asosli bo’ladi. Ba’zan ichki asoslar sababli yuzaga kelgan nizolarga, ma’naviy, etnik, milliy yoki boshqa manfaatlar tutash va yaqin bo’lishiga qarab, tashqi sabablar ham aralashib ketadi. Oqibatda ichki nizolar davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, xalqaro maydonda davlatlararo tus oladi. Ayni vaqtda, ularning tub asoslari ilmiy tahlil etilmagani bois, muammolarni bartaraf etish o’rniga ularni chuqurlashtirishga yo’l qo’yilmoqda.

Bugungi O’zbekistonning tabiiy sharoiti totalitarizm davrida yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar oqibatida ekologik muammolar girdobida qolgan. SHu nuqtai nazardan tabiatni asrash inson zimmasiga yuklangan buyuk vazifa ekanligini ommaviy anglash, bu vazifani bajarishga mumkin qadar hissa qo’shishga urinishni an’anaga, inson huquqlarining azaliy qonuniga aylantirish bugungi kunning talabidir. Ayni paytda hozirgi kunda butun Yer yuzida atmosfera bilan bog’liq ko’plab muammolar ham paydo bo’lmoqda. Kasalliklar, iqlimning buzilishi, yer osti boyliklaridan foydalanishdagi xatolar va uning oqibatlari, suv zaxiralari bilan bog’liq muammolar, yadroviy sinov va chiqindilar keltirayotgan zararlarni ham xalq to’g’ri tasavvur etishi zarur.

Bular qolaversa jamiyat barqarorligiga bevosita ta’sir etuvchi ayrim jihatlardir. Mazkur muammoga nafaqat biz uchun, balki har qanday rivojlangan kuchli davlatning barqarorligi va taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli tahdidlar sifatida qarash kerak. Keltirilgan dalillar faqat mamlakatimizda emas, balki jahonda yuz berayotgan jarayonlar bilan chambarchas bog’liq. Taraqqiyotga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi xavf-xatarlarni to’g’ri baholab, haqqoniy tarzda xalqqa yetkazish har bir rahbardan alohida bilim va keng ilmiy dunyoqarashni talab etadi. SHunday ekan, ushbu kitobni qaysidir ma’noda rahbar va mutasaddini butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv oqibatida yuz berishi mumkin bo’lgan muammolardan ogoh etish, deb qabul qilmoq kerak.

Milliy manfaatlarning xavfsizlik va barqarorlikka oid jihatlarini belgilab olish demokratik islohotlar jarayoni va barqarorlikni mustahkamlashning dolzarb vazifalari, xususan, 2005 yilning mayida Andijonda sodir bo’lgan voqealar sabablarini tahlil etishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining Andijon voqealari munosabati bilan qilgan chiqishlari, matbuot anjumanlaridagi fikr-mulohazalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tub mohiyatiga ko’ra demokratiya niqobi ostida qilinayotgan «o’yin»lardan ogoh bo’lish, xalqimiz tinchligini ko’z qorachig’idek asrash va mamlakat xavfsizligini ta’minlash asosiga qo’yilgani qayta-qayta uqtirilmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lgan O’zbekistonda hech kim davlatimiz kelajagini o’z chegaramiz, o’z qobig’imizga o’ralib qolgan holda tasavvur etmaydi. Mamlakat istiqboli umumbashariy va demokratik qadriyatlar bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz yaxshi anglaymiz. Qolaversa, o’zbek xalqi o’z kelajagini taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda davlat va jamiyatni boshqarishning ilg’or usullarini hayotga joriy qilish orqaligina tasavvur etadi.

Barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun nafaqat demokratik islohotlar, balki barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashning asosi bo’lgan ijtimoiy-siyosiy muvozanat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa taraqqiyotning «o’zbek modeli» ifodasi bo’lgan islohotlar strategiyasiga, tinchlik va barqarorlik tamoyillari hamda tadrijiy demokratlashtirish siyosatiga to’liq mos keladi. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka erishish uchun, avvalo, fuqarolarning o’zida jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun kuchli mas’uliyat hissi shakllanib bormog’i darkor.

Andijonda yuz bergan ko’ngilsiz voqealarning oqibatlari tezda bartaraf etilgani mamlakatimizda bu borada ijobiy o’zgarishlar ro’y berayotganidan dalolat beradi. Darhaqiqat, fuqarolarimizning mutlaq ko’pchiligi bu voqealarning asl tashkilotchilari va homiylariga nisbatan aniq munosabati, fuqarolik pozitsiyasini bildirdi. Bu mamlakatimizda fuqarolik jamiyati kurtaklari paydo bo’lganidan dalolatdir. Aslida ham jamiyat a’zolarining ishonchi va qo’llab-quvvatlashi asosida amal qiladigan demokratiya jamiyat uchun hayotiy zarurat bo’lgan tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni hamda yurtimiz taraqqiyotini ta’minlab beradi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda O’zbekistonda tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyot istiqbollarini to’liq kafolatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida jamiyat a’zolarining fuqarolik mas’uliyati va burchini teran his qilishi, davlat va jamiyatga nisbatan mas’uliyatini anglab yetishi kuchayadi. SHu ma’noda, demokratiyalashuv jarayonlarini amalga oshirish va jamiyat xavfsizligini keng miqyosda ta’minlash bir-birini to’ldiruvchi yagona tizimdir.

SHuni ham ta’kidlash joizki, demokratiyaning o’zi bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mintaqalarida murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Bu hol avvalambor turli siyosiy kuchlarning demokratiyani turlicha talqin qilayotganida namoyon bo’lmoqda. CHunonchi, ayrim siyosiy kuchlar o’z siyosiy mo’ljallariga erishish uchun demokratiyaning haqiqiy mohiyatini o’zgartirgan holda, uni ta’sir va tazyiq o’tkazish vositasiga aylantirishga urinmoqda. SHu tariqa, keyingi paytda xalqaro munosabatlarda siyosiy makonni ko’r-ko’rona “sahnalashtirish”ga urinishlar ko’zga tashlanmoqda. Bunda boshqa joyda ishlab chiqilgan “stsenariy”lar asosida muayyan mamlakat taraqqiyotini xohlagan andozaga tushirish amaliyoti kuchayib bormoqda. Eng noxush tomoni shundaki, bunday “stsenariy”larda demokratiya g’oyasi shunchaki vosita sifatida qo’llanmoqda. Tabiiyki, bunday hollarda “sinov maydoni” sifatida tanlangan mamlakatning milliy xususiyatlari, xalqining asriy ko’nikmalari, xohish-irodasi, mentaliteti e’tiborga olinmaydi, aniqrog’i, ular haqida mutlaqo tasavvurga ham ega emaslar .

Bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat:



  1. islom xalifaligini tiklab, uning bayrog’i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;

  2. yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish g’oyasi;

  3. tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;

  4. axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar;

  5. turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.

1. Islom xalifaligini tiklashga urinishlar xavfli ko’rinish olmoqda. Masalan, xizbut-taxrirga tegishli qaysi bir adabiyotni olib qaramaylik, unda xalifalikni tiklashga da’vat qilinadi. «Akromiylik» esa dastlab Andijon viloyatida, so’ngra Farg’ona vodiysida, keyinroq mamlakatimizning butun hududida, keyinchalik barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g’oyasini olg’a suradi. Islom tarixidan ma’lumki, xalifalikka Muhammad payg’ambar vafotidan keyin choriyorlar Abu Bakr as-Siddiq (632–634), Umar ibn Xattob (634–644), Usmon ibn Affon (644–656), Ali ibn Abu Tolib (656–661) birin-ketin rahbarlik qilgan. Bu davrda xalifa dinning ham, davlatning ham boshlig’i, rahnamosi hisoblangan. Keyinchalik podsholik bo’lib, rahbarlik 661–749 yillarda makkalik zodagonlardan Muoviya bin Abu Sufyon sulolasi qo’liga o’tgan va ummaviylar sulolasi nomini olgan. 749 yili toju taxt Muhammad payo’ambarning amakilari avlodlaridan bo’lgan Abdul Abbos as-Safok sulolasi qo’liga o’tgan. Ularning davlati abbosiylar nomi bilan mashxur bo’lib, 1238 yilgacha, mug’ullar zabt etguncha davom etgan. Ayni paytda XII–XIII asrlarda Misr va Marokashda fotimiylar sulolasi ham o’z davlatini joriy qilgan. XVI asrdan e’tiboran usmonli turklar ham xalifalik e’lon qilganlar va u 1924 yilning uchinchi martigacha hukm surgan. Turkiya respublika deb e’lon qilinishi bilan xalifalik hokimiyatiga chek qo’yilgan va so’nggi xalifa Abdumajid 1924 yil 4 martining tong otarida Istambuldan SHveytsariyaga chiqarib yuborilgan. XX asrda islom dunyosi va boshqa mamlakatlar ham o’zlari tanlagan taraqqiyot yo’lidan rivojlanib kelmoqda. o’tgan yillar tarixiy tajribasi xalifaliksiz ham erkin rivojlanish mumkin ekanini ko’rsatdi. Xalifalik tarix saxifalarida qolib ketdi.

2. Bugungi kunda sobiq Ittifoq respublikalarining ayrimlarida eski tuzumni qaytadan tiklashni xohlovchilar, buni o’zlari uchun g’oyaviy maqsad qilib olgan kuchlar ham mavjud. Sobiq SHo’ro tuzumi 1991 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlardan so’ng barham topdi. Holbuki, o’tmishga kaytish, tarixni teskari aylantirish mumkin bo’lmaganidek, o’z yo’lini topib olgan, mustaqil davlatlar, Ayniqsa, O’zbekiston va o’zbek xalqi yana eski holatga kaytishga aslo rozi bo’lmaydi. Islom Karimov «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida sobiq tuzum to’g’risida to’xtalib, shunday degan edi: «Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoklama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdanchiq qan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi»5. Endilikda O’zbekiston bu borada o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlab olgan, u hech qachon o’zi tanlagan mustaqillik yo’lidan kaytmaydi.



3. O’zbekiston xalqi, o’zbek xalqi juda katta ma’naviy merosga ega. Lekin sobiq mafkura ta’sirida uzoq yillar tariximiz bir tomonlama yoritib kelindi. Lekin hali bu sohada ko’plab muammolar ham mavjud. «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o’ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o’zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi... zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o’zligini yo’qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas»6. Ana shuni yaxshi biladigan kuch va turli poligonlar bizni tariximizdan judo qilish, uni zo’r berib sox-talashtirishga intiladilar. Bu borada turli yo’llardan foydalanishga, Ayniqsa yoshlarimizni yo’ldan ozdirishga harakat qiladilar.

4. Mamlakatimiz xalqining qalbi va ongiga yot mafkurani singdirish uchun dushmanlarimiz bir qarashda beozor, guyo siyosatdan xoli tuyuladigan mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko’plab namoyish etilayotgan yengil-elpi yoki jangarilik filьmlari bunga misol bo’ladi. Ma’lumki, bu filьmlarni ko’pchilik, Ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir emas, anchagina odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday to’polonlarga moyillik bo’ladi. Prezidentimiz shuni hisobga olgan holda ta’kidlagani kabi: «SHuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filьmlardan ko’pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o’rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag’irlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o’zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filьmlarning qaxramonlariga ko’r-ko’rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. CHunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo’l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Afsuski, bizning televideniemizda ham shunday filьmlarni namoyish etishga ortikcha ruju qo’yilmoqda»7.



5. Mamlakatimizga tahdid solayotgan mafkuraviy vositalardan yana biri uzoq davom etadigan mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga urinish bo’lib, buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan ba’zi g’oyaviy-mafkuraviy markazlar o’zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa mamlakatga qarshi giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog’ kabi narsalarni noqonuniy tarzda olib o’tishga urinmoqda. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg’oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini tukishga intilmoqda. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «bunday o’taketgan xunrezlik, muttahamlikni o’ziga kasb qilib olgan bizning umumiy dushmanlarimizga muqaddas zaminimizda aslo o’rin bo’lmasligi kerak».

Bu tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o’z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy tsivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga, pirovard natijada yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgan tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo’lishidir.

Ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

1) milliy ma’naviy qadriyatlarni avaylab-asrash;

2) yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash;

3) xorijiy san’at namunalarini muntazam ekspert qilib borish;

4) ma’naviy dahlsizlik masalasini qonunlashtirib qo’yish;

5) inson irodasini chiniqtirib borish;

6) targ’ibot ishlarini zamonaviylashtirib borish.

Zero, “ma’naviy xavfsizlik” tushunchasi jamiyat a’zolarining milliy, insoniy va shaxsiy tuyg’ulari, qarashlari, turmush tarzi, qadriyatlari hamda urf-odatlarini daxlsiz saqlashni anglatadi.

Bugungi davr voqeligi har bir masalada yangicha tamoyillar asosida yondoshishni taqozo etmoqda. Muayyan tushunchalar, g’oyalar yoki tamoyillarni anglab olish ishning bir qismi xolos. SHu ma’noda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy ishlarga e’tibor berish asosiy masaladir. Buning uchun jamiyat a’zolarida “ma’naviy immunitet” ni hosil qilish kerak. “Ma’naviy immunitet” keng ko’lamli tushuncha bo’lib, u jamiyat a’zolarining g’oyaviy jihatdan aniq qiyofaga ega bo’lishini ifodalaydi.



Download 355,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish