Parabola ko’rinishidagi qonun (9.2- v shakl) .
Yo’l diagrammasi. yoki koordinata o’qlari o’tkaziladi va ordinata o’qi bo’yicha h q 30….50 mm kesma tanlanadi, bu turtgichning maksimal yo’liga mos keladi
(9.16)
Abstsissa o’qi bo’ylab esa, faza burchaklariga mos ravishda kesmalar ajratiladi. Bu kesmalarni teng bo’laklarga (masalan 8 ta) bo’linadi.
Uzoqlashish fazasining o’rtasidan ( ) q h ordinata o’tkaziladi, va uni 8 teng bo’lakka bo’linadi (9.2-v shakl). Belgilangan a, b, s nuqtalarni koordinata boshi bilan e, f va d nuqtalarni esa 8* nuqta bilan tutashtiriladi a - 0, v - 0, … d - 8* to’g’ri chiziqlarni 1, 2, 3, … 7 nuqtalardan o’tkazilgan ordinatalar bilan kesish nuqtalarini belgilaymiz. Bu nuqtalar yo’l diagrammasini beradi. Yaqinlashish fazasi ham shu asosda qo’riladi.
Tezliklar diagrammasi: koordinata o’qlari o’tkazilib ( ) va ( ) ordinatalar belgilanadi:
(9.17)
Chizg’ich yordamida 9.2-v shaklda ko’rsatilgandek diagramma chizib olinadi.
Tezlanishlar diagrammasi: koordinata o’qlari o’tkaziladi va undi ( ) va ordinatalar belgilanadi
(9.18)
Bu holda ham diagramma 9.2-v shaklda ko’rsatilgandek chizib olinadi.
Endi kulochok profilini chiqarishga o’tamiz.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi kulochokli mexanizmlarning minimal radiusini aniqlash.
Berilgan ma’lumotlar: yo’l, tezlik va tezlanish diagrammalari, bosim burchagi (9.2- a shakl)
(9.19)
yo’l diagrammasining kulochok buralish burchagi bo’yicha hosilasining funktsiyasi diagrammasi qo’riladi. Ya’ni, koordinata o’qlari o’tkazilib, vertikal - ordinata o’qini s abstsiyassa o’qini dsG’dφ orqali ifodalaymiz. s o’qiga koordinata boshidan diagrammadagi (1 - 1*), (2 - 2*), …, (16 - 16*) ordinatalar keltirib qo’yiladi va 1, 2, 3,…,17 nuqtalar hosil qilinadi. Bu nuqtalaradan o’tkazilgan abstsissa o’qiga parallel chiziqlarda diagrammadan ordinatalar qo’yilib ular bilan kesish nuqtalari topiladi.
Topilgan nuqtalarni ravon egri chiziq bilan tutashtiramiz. Shu usulda turtgich yo’li s ning tezlik analogiga bog’liq bo’lgan diagrammasi qo’riladi.
Hosil qilingan yopiq egri chiziqning chetki tomonlaridan urunma chiziqlar o’tkaziladi. O’tkazilgan urunma chiziqlar urinish nuqtalariga taqaluvchi tezlik analoglari yo’nalishlari bilan γmin q 60o burchak hosil qilishi kerak.
Urunma chiziqlar o’zaro kesishgan nuqtani O1 bilan belgilab, kesishmaning pastki qismi shtrixlanadi. Ana shu sohaning istalgan nuqtasi kulochok aylanish markazining geometrik o’rni bo’la oladi, chunki shtrixlangan sohaning istalgan nuqtasidan tezlik analogi vektorlarining oxirini tutashtiruvchi chiziqlar o’tkazsak, qo’yidagi shart bajariladi:
9.3–shakl.
Agar ekstsentrisitet e q 0 bo’lsa, kulochok aylanish markazi qilib os - chizig’i davomidagi shtrixlangan sohada yotuvchi istalgan nuqtani olish mumkin.
Kulochokning ixcham bo’lishiga erishish uchun kulochok minimal radiusining chizmadagi eng kam qiymatdan 3 - 4 mm kattaroq olish kifoyadir.
Agar ekstsentrisitet berilgan bo’lsa os o’qining o’ng tomonida ekstsentrisitetning chizma qiymati bo’lgan e masofada vertikal chiziq o’tkaziladi. Ana shu chiziqning shtrixlangan sohasidagi istalgan nuqtasi kulochok aylanish markazi bo’lishi mumkin.
Kulochok profilini chiqarish.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma - qaytma harakatlanuvchi markaziy kulochokli mexanizmini (7.3 - a shakl) kinematik loyihalashda, harakat diagrammalari, faza burchaklari, rmin - kulochok nazariy profilining minimal radiusi va rrol - rolik radiusi kabi parametrlar berilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |