O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Keramzit ishlab chiqarish asoslari



Download 0,7 Mb.
bet5/5
Sana22.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#573079
1   2   3   4   5
Bog'liq
zakaz MUSTAQIL ISHI

Keramzit ishlab chiqarish asoslari
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish;
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash;
- xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash;
- g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash.
Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker).
Quruq usuli. Gilli xom ashyo tshsimon (zich quruq gilli jinslar, gilli slanetslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul sodda: xom ashyo maydalanadi va aylania pechga yo‘naltiriladi. Gilli jinslar bir tarkibli, zararli qo‘shimchalar bo‘lmaganda bu usulni qo‘llash samarali. Bunda, ko‘pchish koeffitsienti yuqoriligi bilan xususiyatlanadi. Xom ashyo uvoqlari namligi 9% dan oshmasligi kerak. Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. YUmshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag‘alining sifatini belgilaydi. SHu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o‘lchami berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va keramzit shag‘alining talab etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Kukun-plastik usuli plastik usulidan farqi shundaki, daslab quruq gilli xom ashyoni tuyib kukun olinadi, so‘ng bu kukundan suv qo‘shib plastik gilli massa tayyorlanib, yuqorida qayd etilgan usulda, undan granulalar shakllanadi. Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u holda to‘yish vaqtida kiritilgan qo‘shimcha bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Ho‘l (shliker) usulining plastik usulidan farqi shundaki, gillar maxsus katta sig‘imdagi – gilaralashtirgichlarda suv qo‘shib aralashtiriladi. Olinadigan shliker namligi 50%. SHliker nasos yordamida shlambasseynga uzatiladi va u erdan aylanma pechga uzatiladi. Bu usulda aylanma pechning kiraverishida osilgan zanjirlardan parda tashkil etiladi. Zanjirlar issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma vazifasini bajaradi, ular pechdan chiqayotgan gazlar yordamida qizdiriladi va shlikerni quritib granulalarga ajratadi. Granulalar yumalab quriydi, qiziydi va kupchiydi.usulning kamchiligi – yoqilg‘ini yuqori sarfi (katta namlikdagi shlikerni quritishga sarflanadi). Afzalligi, bu usulda xom ashyo bir jinsligi ta’minlanadi, qushimchalar kiritish oson (qo‘shimchalar bir tekisda taqsimlanadi), xom ashyodan toshli qo‘shimchalarni ajratish sodda. Bu usul, qazib olinadigan gilli xom ashyo yuqori nam bo‘lsa tavsiya etiladi.
Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish