39
•
yuqori va pastki richaglar - ular bir tomonidan o‘qlarda
avtomobil kuzoviga yoki ko‘ndalang tayanchiga va osma
ko‘ndalangida g‘ildirakning burish ustuniga mahkamlanadi;
•
silindrik spiral prujina - u pastki richag va kuzov yoki osma
ko‘ndalangi orasiga joylashtiriladi;
•
amortizator - u prujina ichiga o‘matiladi;
•
ko‘ndalangiga turg‘unlik stabilizatorlari
- u avtomobil ku-
zovining yonga og‘ishi va ko‘ndalang tebranishlarini cheklaydi;
•
kuzovning yonga og‘ishi yuz berganda stabilizator sterjeni
buraladi va qayishqoqlik kuchi ta’sirida kuzov vaziyatini to‘g‘ri-
lashga intiladi va to‘g‘rilaydi.
«Mak-Ferson» turidagi bir richagli osma (2.18-rasm) old
yuritmali avtomobillarda qo‘llaniladi. U quyidagilardan iborat:
2.18-rasm. «Nexia» avtomobilining «Mak-
Ferson» turidagi oldingi osmasi:
1-teleskopik ustun; 2-burilish mushtchasi;
3-pastki richag; 4-sharli tayanch;
5-gupchak; 6-burilish richagi; 7-pastki tay-
anch chashkasi; 8-prujina;
9-himoyalovchi g‘ilof; 10-siqish buferi;
11-yuqori tayanch chashkasi; 12-yuqori tay-
anch
podshipnigi; 13-yuqori tayanch ustuni.
•
teleskopik gidravlik amortizatsiya ustuni,
u osmaning asosiy
elementi hisoblanadi va yo‘naltiruvchi qurilma vazifasini o‘tay-
di. Bu qurilma g‘ildirakning kuzovga nisbatan siljishini belgilay-
40
di. Amortizatsiya ustuni kuzovning tebranishlarini so‘ndiradigan
amortizator vazifasini ham bajaradi;
•
silindrik spiral prujina;
•
ko‘ndalang richag;
•
ko‘ndalangiga turg‘unlik stabilizatori.
«Mak-Ferson» turidagi old g‘ildiraklar osmasining afzallik-
lari:
tuzilishi oddiyligi, ixchamligi, prujinalarning tayanchlari
orasidagi masofaning kattaligi (ulardan kuzovga uzatiladigan
kuchni pasaytirishi), osmada shamirli
birikmalar sonining mini-
mal bo‘lishi.
Old yuritmali avtomobillar old osmasining o‘ziga xos xusu-
siyati shundaki, g‘ildiraklarning og‘ish burchagi va yaqinlashish
burchagi nolga yaqin yoki manfiy. Old g‘ildiraklarning shunday
burchak ostida joylashishi ularga avtomobil dvigatelidan bu-
rovchi moment uzatilayotganda ularning parallel tarzda hara-
katlanishini ta’minlaydi.
Avtomobilni boshqarishni osonlashtirish uchun burish sap-
falarining shkvorenlari bo‘ylama va ko‘ndalangiga og‘adigan qi-
lingan, bu hol to‘g‘ri yurishda avtomobil g‘ildiraklari to‘g‘ri va-
ziyatni egallashiga imkon beradi (2.19-rasm).
2.19-rasm. Old boshqariluvchi
g‘ildiraklarning o‘rnatilish
burchaklari: α-g‘ildirakning tik
holatdan og‘ish burchagi; δ-old
g‘ildiraklaening
yaqinlashuv
burchagi; A va B-‘ildiraklarning
gardishlari orasidagi masofa.
G‘ildirak gupchagining tashqi podshipnigiga tushadigan
yukni kamaytirish uchun sapfalar o‘qining uchi pastga tomon
41
qiyalangan (g‘ildiraklarning og‘ishi). G‘ildiraklar aylanayotgan-
da sirpanmasligi uchun ular biroz yaqinlashadigan qilib o‘rnati-
ladi, ya’ni oldindan qaragandagi g‘ildiraklar to‘g‘inlari orasidagi
masofa orqadan qaragandagi masofadan kichik bo‘lishi lozim.
Ananaviy chizmali avtomobillar g‘ildiraklarining osmasi old
yuritmali avtomobillar g‘ildiraklarining osmasidan shu bilan farq
qiladiki, ularda g‘ildiraklarning og‘ish
va yaqinlashish qiymat-
lari musbat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: