O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti



Download 0,61 Mb.
bet30/66
Sana20.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#681478
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
M. Sevara

- ressessiya, krizis va depressiya (turg‘unlik) dan iborat iqtisodiy sikl bosqichi. Bunda krizis va depressiya birgalikda ressessiya deb ataladi va iqtisodiyotning tanglik holatini bildiradi. Tanglikning eng og‘ir shakli stagnatsiya hisoblanadi. Stagnatsiya - uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish va savdoning turg‘unligi bilan tavsiflangan iqtisodiyotning holati, turg‘unlikda ishsizlar sonining ko‘payishi, ish haqi va turmush darajasining pasayishi bilan birga keladi.


14.7. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz sabablari va oqibatlari
Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi 2008 yilda boshlangan jahon iqtisodiyotining inqirozli holati. Davlatlar va mintaqalar 2009 yildan 2013 yilgacha turli davrlarda inqirozning o‘tkir bosqichidan chiqqanlar. Miqyosi va oqibatlari bilan uni faqat 30-yillardagi “Buyuk turg‘unlik” davri bilan solishtirish mumkin. 2009 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy dinamikani ko‘rsatgan. Jahon savdosi ham rekord darajada pasayib ketdi (10% dan yuqori), bu savdo hajmi 2011 yilga kelib tiklangan, ammo shunga qaramay inqirozdan oldingi o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda. AQSH iqtisodiyoti va yevro hududda ressessiya 2009 yilning ikkinchi choragida yakunlandi, ammo 2011 yilda yevrozonada ikkinchi pasayish boshlandi, bu 2013 yilgacha davom etdi. Ishsizlikning misli ko‘rilmagan darajada ko‘payishi mehnat bozori kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga etdi. (2009 yilda 199 million kishi).
2007-2008 yillardagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi AQSHdagi ipoteka bozori inqirozi, banklarning sinishi va aksiyalar narxining pasayishi bilan boshlandi, bu global iqtisodiy inqirozga yo‘l ochib berdi (ba’zan "katta ressessiya" deb nomlanadi). Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining dastlabki bosqichi AQSHda ipoteka inqirozi bo‘lib, uning birinchi belgilari 2006 yilda uylar sotilishi kamayganida namoyon bo‘ldi va 2007 yil bahorida yuqori xavfli ipoteka kreditlari inqiroziga aylandi. 2007 yil yozida ipoteka inqirozi moliyaviy inqirozga o‘sib o‘tib nafaqat AQSHga balki boshqa davlatlarga ham ta’sir eta boshlandi. AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubxali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga to‘yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zaxira tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholining ipotekaga nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovkat mahsulotlari va energiya resurslari narxlarining o‘sishi aholining kreditni qayta­rish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq- ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, ben­zin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord da­rajada, ya’ni bir barreli 147 dollardan oshib ketdi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olgan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati ko‘paydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. Shunday qilib global moliyaviy inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham izoxlanadi.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab - moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ham aloxida ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka olib kel­di. Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki to­var mazmunini ta’minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyotida 1976- yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o‘tgach, pulning oltin mazmuni yo‘qolib, asosan AQSH dollari yetakchi valyutaga aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo‘lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta’sirida xalkaro iqtisodiy aloqalarda qat’iy valyutaga bo‘lgan talabning yanada kuchayishi AQSH tomonidan hech qanday tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorindan, ya’ni pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozni vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi:

  • noratsional pul-kredit siyosatini hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

  • qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari to­monidan soxta xulosalar berilishi;

  • moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalarining taqdim etilishi;

  • moliyaviy rag‘batlantirish uslubining sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;

  • yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarning vujudga kelishi va h.k.

Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqardi. Shunga ko‘ra, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘zlarining bank tizimlarini inqirozdan Qutqarish uchun yirik tijorat banklarining aksiyalarini sotib olib, ularniNG byudjet mablag‘lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi.
AQSH hukumati iqtisodiyotga yirik ko‘lamdagi dav­lat aralashuvi siyosatini yurita boshladi. AQSHning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan Kongress Polson rejasi - deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy hajmi 700 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha tijorat banklari kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu holatda kafolatlar banklararo kreditlar bo‘yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va hukumat banklarning imtiyozli aksiyalarini sotib olish orqali ularni qullab-quvvatlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, AQSHda Federal zaxira tizimi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish orqali xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish amaliyotiga o‘tish orqali likvidlilikni ta’minlashning yangi usuliga o‘tdi. Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aksiyalariga 37 mlrd. funt sterling mablag‘larning investitsiya qilishini e’lon qildi. Germaniya hukumati esa; bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital va kreditlar bo‘yicha kafolatlar shaklida 500 mlrd. yevro ajratishini e’lon qildi. Avstraliya hukumati esa barcha pul jamgarmalarini 3 yilga kafolatlashini e’lon qildi va ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag‘ ajratdi Yevropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib olindi.
Inqirozdan qutqarish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlardan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor hakidagi ideologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullaridan keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliyalashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat byudjetidan ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin.
Dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash bo‘yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratildi. Ularning hajmi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i inqirozning ta’sir ko‘lami va har qaysi mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga asoslanadi.
Jahon bo‘yicha jami sarflangan mablag‘larning hajmi 9400 mlrd. dollarni tashkil qilgan AQSH hukumati sarflagan mablag‘larning hajmi 3539 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25% ini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 1020 mlrd. dollarni (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 37%), Germaniyada 893 mlrd. dollarni (23%) tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki, inqirozdan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya nisbatan ko‘proq aziyat chekgan.
Inqirozni bartaraf etish bo‘yicha mamlakatlar tomo­nidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ajratiladigan mablaglar ma’lum maqsadli sarflanish yunalishlariga ega bo‘lgan.
Inqiroz­ni bartaraf etishga sarflangan jami mablaglar 2008 yilda 6820 mlrd. dollarni tashkil qildi. Kredit mablag‘lariga davlat kafolati uchun 3004 mlrd. dollar sarflangan, ya’ni jami ajratilgan mablag‘lardagi salmog‘i 44% ni tash­kil qilgan, moliyaviy institutlar ustav kapitaliga maqsadli qo‘yilmalar 1155 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning salmog‘i 17% ni tashkil qilgan. Yuqori riskli shubhali aktivlarni xarid qilish uchun sarflangan mablag‘lar hajmi 674 mlrd. dollarni tashkil qilib, ularning jami ajratilgan mablag‘lardagi salmog‘i qariyb 10% ni tashkil qildi. Shunday qilib rivojlangan mamlakatlarni hukumatlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida nisbatan qisqa davrda rivojlangan mamlakatlar ressessiya holatidan chiqdilar. Xususan, AQSH iqtisodiyoti va yevro hududda ressessiya 2009 yilning ikkinchi choragida yakunlandi, ammo 2011 yilda yevrozonada ikkinchi pasayish boshlandi bu 2013 yilgacha davom etdi.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish