6-MAVZU.MIKROORGANIZMLARNING MODDA ALMASHINUVI,
KIMYOVIY TARKIBI VA OZIQLANISHI VA NAFAS OLISHI.
MIKROORGANIZM FERMENTLARI.
Reja:
1. Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.
2. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi, oziqlanishi.
3. Mikroorganizmlarning nafas olishi
4. Mikroorganizmlarning fermentlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Modda almashinuvi,
metobolizm, konstruktiv modda almashinuvi, energetik
almashinuv jarayonlari,diffuziyalanish, adsorbilanish
,
organogеn elеmеntlar,
nuklеotid.
Hamma tirik mavjudodlar singari mikroorganizmlarning yashash negizini modda
almashinuvi tashkil etadi.
Modda almashinuvi (metobolizm) - bu hujayrada tashqi muhit bilan bog‘langan
holda sodir bo‘ladigan moddalar kimyoviy o‘zgarishlarining yig‘indisidir.
Mikroorganizmlardagi modda almashuvi 2 xil turdagi jarayonlar bilan o‘tadi:
energetik va konstruktiv almashinuv jarayonlari.
Konstruktiv modda almashinuvi - bu hujayradagi polimer makromolekulalarning
biosintezi (oksil, polisaxarid, nuklein kislotalar, hujayra qobig‘ining tashkil qiluvchilari va
boshqalar).
Biosintez jarayonlarini moddalarning aktiv harakati SPM orqali hujayra tomon
ko‘payishi, mikroorganizmlarning harakati uchun energiya zarur. Ular uni turli yo‘llar
bilan qabul qiladi, lekin asosan hujayraga tushuvchi organik va mineral moddalar achish
jarayonining natijasi evaziga boradi. Bunday jarayon energiya almashinuvi deb ataladi.
Natijada (ATF)
Adenozintrifosfat kislotasi ko‘rinishida. saqlanadigan keyinchalik
u hujayra ehtiyoji uchun ishlatilishi mumkin.
Konstruktiv va energetik jarayon hujayra ichida bir vaqtda bir-biri bilan zich
bog‘langan holda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha bir modda boshlang‘ich material sifatida
hujayra moddasining biosintezi va energiya olish uchun (masalan, uglevod, organik
kislotalar va boshqalar) ishlatiladi.
Mikroorganizmlar modda almashinuvi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu
mikroorganizmlarning organik va mineral birikmalar keng doiradagi modda almashinuvida
ishtirok eta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Bunday qobiliyat mikroorganizmlarda turli
fermentlarning borligiga moslashadi.
Ko‘pchilik mikroorganizmlarning bir hujayrali bo‘lishi ular oziqlanishining
xarakterli xususiyatini ham belgilaydi. Oziq moddalarning ular organizmiga kirishi va
hayot faoliyati mahsulotlarining ajralib chiqishi tanasining butun yuzasi orqali sodir
bo‘lishi mumkin, shuning uchun mazkur jarayon juda tez boradi, bu esa tashqi muhit bilan
hujayra o‘rtasidagi moddalar almashinuvining tez borishini ta‘minlaydi. Bu almashinuv
ikkita asosiy jarayondan: 1) tashqi muhitdan o‘sish uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni
olish va ulardan hujayraning yangi tarkibiy qismini sintezlash; 2) hayot faoliyatining
so‘nggi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarishdan iborat. Bu jarayonlarning birinchisi
odatda
Do'stlaringiz bilan baham: |