Peshkov usulida bo‗yash.
Bakteriyalarning 2-3 kunlik kulturasidan tayyorlangan
yupqa surtma gorelka alangasida yoki 5 qism 40 foizli shakllin bilan 95 qism 96 foizli
etanolning aralashmasida 15 minut davomida fiksatsiyalanadi. Keyin ustiga Lyoffler
bo‗yicha metilen ko‗ki quyib, buyum oynasini gorelka alangasi ustida tutib turiladi.
Bo‗yash 10-20 sekund davom etadi. Bo‗yovchi suyuqlik bug‗langan sari yangisi oz-ozdan
qo‗shib turiladi. Keyin preparatni yaxshilab yuvib, 30 sekund davomida neytral qizilning
0,5% li suvli eritmasida qo‗shimcha bo‗yaladi. Preparatni yana suv bilan yaxshilab yuvib,
quritiladi va immersion ob‘ektivda kuzatiladi. Bunda sporalar havorang yoki ko‗k rangda,
yosh sporalar to‗q-qoramtir, vegetativ hujayralar sitoplazmasi pushti yoki qizil rangda
bo‗lib ko‗rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |