KIRISH
|
2
|
|
|
|
I BOB.
|
OILAVIY BIZNESNING NAZARIY ASOSLARI
|
4
|
1.1
|
Biznes va tadbirkorlik tushunchasi va turlari
|
4
|
1.2
|
Oilaviy biznes – tadbirkorlikning turi sifatida
|
18
|
1.3
|
Mexmonxona xo’jaligining turizm industriyasida tutgan o’rni
|
21
|
|
|
|
II BOB.
|
MEXMONXONA XO’JALIGIDA OILAVIY BIZNESNING RIVOJI
|
25
|
2.1
|
O’zbekistonda mexmonxona xo’jaligining rivojlanish holati
|
25
|
2.2
|
Buxoro viloyatida mexmonxona industriyasining ahvoli
|
31
|
|
|
|
III BOB.
|
BUXORO MEXMONXONALARIDA OILAVIY BIZNESNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
|
34
|
3.1
|
Buxoro hududida oilaviy mexmonxonalarning rivojlanish holati
|
34
|
3.2
|
Buxoro mexmonxonalarida oilaviy biznesning rivojlanish istiqbollari
|
37
|
|
|
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR
|
39
|
|
|
|
|
ANNOTATSIYA
|
42
|
|
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
49
|
|
|
|
|
ILOVA
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha bo’lib kirib keldi. Butunjaxon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis oborotining 10 % ini turizm tashkil qilmoqda.
Keyingi 20 yilda xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi kuzatilmoqda. Ya’ni turistik xizmatlarning eksportda o’sishi 8 % ga o’sib umumiy xizmatlar savdosining jahon bo’yicha 30-35 % ini tashkil kilmokda.
Butunjaxon turizm tashkilotining «Turizm-2020 yilgacha » mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib, turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSh dollarigacha etadi.Turistik oqimning turg’un ravishda o’sishi har yili 3-5 % gacha ko’payadi1
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Buning uchun mustahkam me`yoriy-huquqiy poydevor yaratilgan. O`z navbatida, bu aholi bandligini ta`minlash, ichki bozorni mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirish, demakki, yurt ravnaqi hamda el farovonligiga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz tomonidan esa aholi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun huquqiy maydon, qonuniy vositalar va kafolatlar tizimi izchil vujudga keltirilmoqda. Tabiiyki, bu boradagi me`yoriy-huhuhiy asosni takomillashtirish, ushbu sohadagi islohotlarni izchil rivojlantirish va jadallashtirish bo`yicha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish muhim vazifalar sirasiga kiradi. SHuning uchun ham davlatimiz rahbarining 2012 yil parlament palatalari qo`shma majlisidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish kontseptsiyasi demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada bir qator takliflar ilgari surilgan edi. Ayniqsa, “Oilaviy tadbirkorlik to`g’risida” gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi bu jarayonlarning mantiqiy davomi bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
Ta`kidlash joizki, ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo`lib, iqtisodiy-huquqiy jihatdan esa muhim yangilik hisoblanadi. CHunki, dunyo mamlakatlari qonunchiligi tarixida, jumladan, bizning mamlakat qonunchiligi tarixida ham bugungi kunga qadar biznesning “oilaviy korxona” tarzidagi butunlay yangi tashkiliy huquqiy shakli kuzatilmagan yoki boshqacha qilib aytganda qonun darajasida mustahkamlanmagan edi. SHu o`rinda bir savol tug’iladi. Xo`sh, ushbu qonun qonunchilik tizimimizda qanday o`rin egallaydi va u bizning milliy an’analarimizga qay darajada mos keladi? Shuningdek, qonun mamlakatimizda xo`jalik yuritish faoliyatining bugungi mavjud holatiga qanchalik javob bera oladi, kabi savollarni tug’diradi. Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, o’zaro hamkorlikni to’lga qo’yish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham shundan kelib chiqqan bo’lib, respublikamiz mexmonxonalarida oilaviy biznesni rivojlantirishning yangi usullarini topish va asoslab berish vazifasini qo’yadi.Mazkur muammolarni o’rganish, ularni ilmiy tahlil qilish, bu borada to’plangan bilim va tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qilishga doir takliflar kiritish tanlangan mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |