Ilmiy rahbar: Sport kafedrasi katta o`qituvchisi:
R.S.Baymuradov
Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va
jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4- kurs talabasi
Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti »
mavzusida bitiruv
malakaviy ishigа
T A Q R I Z
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual
salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom turmush tarziga
rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning
samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o`g`il-qizlarimizni
jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib
tarbiyalashning bosh omili, o`zbek sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-
e`tiborini yuksalitirish asosi bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy
harakatga aylandi.
Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki, jismoniy
va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib borishni, ta`lim-
tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak, chunki ayni shu yoshlarda
jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni o`rganish iroda, qiyinchiliklarni
yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi.
Bitiruv malakaviy ishning materiali, tavsiya va xulosalar oliy o`quv yurtlari
talabalari, murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib
topgan.
Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim
yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4-kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim
muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti »
mavzusida bitiruv malakaviy ishi tugallangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya
qilaman
Rasmiy opponent: 14-son BO`S M direktori
S.H.Ashurov
Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va
jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4- kurs talabasi
Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti »
mavzusida bitiruv
malakaviy ishigа
T A Q R I Z
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy
qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha
yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab
ta`limiga tayyorlashdan iborat.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga
uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning
kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida
jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi.
Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va
rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta
ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish
zarur? Qaysi harakatli o`yinlarni qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga
qadam qo`ygan bola uchun eng muhimi qaysinisi-o`z gavdasi, tanasini boshqarib
borishmi yoki kuchli, chaqqon, chidamli bo`lishmi, bilimlarni o`zlashtirish, yangi
axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishmi yoki o`z fikrini izhor qilishni bilishmi?
Bu masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi
biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi.
Bitiruv malakaviy ishning materiali, tavsiya va xulosalar oliy o`quv yurtlari
talabalari, murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ish: Kirish,uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib
topgan.
Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim
yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4-kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim
muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti »
mavzusida bitiruv malakaviy ishi tugallangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya
qilaman
Rasmiy opponent: Sport kafedrasi o`qituvchisi
J.J.Murodov
Mundarija
KIRISH...........................................................................................................1-5 bet
I."UCHINCHI
MING
YILLIKNING
BOLASI"
TAYANCH
DAS-
TURI...................................................................................................................6 bet
I.1.O`ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA
MAKTABGACHA
TA`LIM
TO`G`RISIDA NIZOM.................................................................................6-7 bet
I.2.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA
QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI..............................................7-10 bet
I.3."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH DASTURI -
"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA
QO`YILADIGAN
TALABLARI"NING
BAJARILISHIGA
ERISHILADIGAN DASTUR...................................................................10-21 bet
BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................21-22 bet
II.MAKTABGACHA
TA`LIM
MUASSALARIDA
JISMONIY
TARBIYANING
TASHKIL
ЭTILISHI
VA
USLUBIYO-
TI.......................................................................................................................23 bet
II.1.JISMONIY
TARBIYA
MASHG`ULOTLARINING
VAZI-
FASI............................................................................................................23-29 bet
II.2.JISMONIY
YUKLAMA
VA
MASHG`ULOTLAR
ZICHLI-
GI.................................................................................................................30-49 bet
II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH..................................49-53 bet
BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................53-55 bet
III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK XALQ VA
HARAKATLI O`YINLARI......................................................................56-58 bet
III.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH
QOIDALARI..............................................................................................58-61 bet
III.2.BOG`CHA BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHDA
HARAKATLI
O`YINLARDAN
SAMARALI
FOYDALA-
NISH............................................................................................................61-66 bet
BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................66-67 bet
XULOSA.....................................................................................................68-70 bet
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR....................................................71-73 bet
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Mamlakatning qudratini
belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda
voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan sog`lom, har tomonlama
barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar
qo`lida. "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatmizning
jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib,
ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir" , deb
ta`kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"
kitobida.
Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimiz mustaqil
taraqqiyot yo`lidagi davlat siyosatining eng ustivor yo`nalishlaridan etib
belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak
intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom
turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib
voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu
jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak
intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek
sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksalitirish asosi
bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish
jamg`armasi tashkil etilib, yoshlar o`rtasida sportni rivojlantirishning noyob
tizimiga asoso solindi. Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktbrdagi
"O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi
va 2004-yil 29-avgustdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish
jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risida"gi
farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo`layotir.
Islom Karimov Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil
etilganidan buyon o`tgan davrda bu sohada mamlakatimizda katta tajriba
to`planganini alohida qayd etdi. Bugun yurtimizda sog`lom va barkamol avlod
voyaga yetayotgani, o`z iste`dodi va mahorati bilan jahon arenalarida ulkan
muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritayotgan ko`plab yosh sportchilar yetishib
chiqayotgani sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan
alohida e`tibor samarasidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim
tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning
uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida
mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning
mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning
taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligini
tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997yilda "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni
hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom
etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi-maktabgacha
ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har
tomonlama ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki,
bugunki bolakay yoki qizaloq zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom,
bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol a`zolariga aylanishdek ulkan vazifa
turibti. Bunda esa ular sizu-bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi
shijoatni, kuch-quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan
uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz.
Mamlakatimiz kelajagi uchun sog`lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga
yetkazishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda katta. So`nggi yillarda sport va
jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekistonda bolalar sportini
rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va
ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab
bolalarda sport ko`nikmalarini singdirishning sport sohasida iqtidorli bolalarni
ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlarida mashg`ulotlarga tanlab
olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni
tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat,
shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash,
ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona
zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi.
Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p
jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi
bilan belgilanadi.
Shu bilan birgalikda biz ham shu mavzuga qo`l urib, ilmiy, ilmiy-uslubiy
manbalarni taxlil qildik, ko`pgina ilmiy anjumanlar materiallarini o`rganib
chiqdik.Ilmiy amaliy anjumanlar materiallaridan mavzuga oid quyidagi:
"Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayorgarligi dinamikasi va uning yosh
bilan bog`liq xususiyatlari" Masharipova M. (2005y), " Maktabgacha yoshdagi
bolalar tarbiya tizimida jismoniy mashqlarning o`rni" Salixova G.(2005y) "Ota-
onalarning oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish uslubi" Atoev A, Ibragimov
B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning
o`ziga xos xususiyatlari"Yo`ldosheva G,Davronova D. (2008y), "Maktabgacha
ta`lim muassasalarida sayr qilishni tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati"
Sultonov R, Kambarov D.(2009y), "Jismoniy tarbiya va sport ta`limidagi
muammolar yechimi yo`lida "Mavlonov A, Mamirova D, Xoliqov A.(2009y)va
boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik.
Ishning maqsad va vazifalari. Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni
jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish
kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi
jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish zarur? Qaysi harakatli o`yinlarni
qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga qadam qo`ygan bola uchun
eng muhimi qaysinisi-o`z gavdasi, tanasini boshqarib borishmi yoki kuchli,
chaqqon, chidamli bo`lishmi, bilimlarni o`zlashtirish, yangi axborot va
ma`lumotlardan xabardor bo`lishmi yoki o`z fikrini izhor qilishni bilishmi? Bu
masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi
biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi.
Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki,
jismoniy va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib
borishni, ta`lim-tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak,
chunki ayni shu yoshlarda jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni
o`rganish iroda, qiyinchiliklarni yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi.
Harakatli o`yinlar orqali bolaning jismoniy va ruhiy sog`lomlik, axloqiy
tarbiyasi xamda shaxslik xususiyatini rivojlantirishda mohirona foydalanishni
o`rganish maqsadida o`z oldimizga quyidagi vazifalarni qo`ydik:
-Mavzuga doir ilmiy, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni to`plash va o`rganib
chiqish;
-Harakatli o`yinlar orqali bolalarni sog`lom turmush tarziga jalb qilish, ular
faolligini rag`batlantirish, eng avvalo bilimdonligi, o`yinga qiziquvchanligi, hissiy
(emotsional') xotirjamligini ta`minlash, o`zi va boshqalar to`g`risidagi, yon-atrof,
olam haqidagi bilimlarini shakllantirish, turli shakldagi hamkorliklarga (kattalar va
turli yoshdagi bolalar bilan) qo`shimcha imkon yaratish;
-Maktabgacha ta`lim muassalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga
harakatli o`yinlarni tashkil qilib o`tkazishda amaliy yordam berish;
- Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy tarbiya mashg`ulotlari
bolalarni harakat faoliyatiga o`rgatishdagi asosiy shakl hisoblanadi. Bolalarda
shunday sifatlarni tarbiyalash kerakki, ular keyinchalik maktabda o`qishga yordam
berishi lozim, intizomli bo`lish, tarbiyachi-pedagogni tinglay bilish, jismoniy
mashqlarni nafaqat ko`rsatganda, balki so`z orqali bajarishni o`rgatish;
-Ishning umumiy saviya va mazmunidan kelib chiqib umumiy xulosalarni
tayyorlash va tavsiya etish.
Ishning ilmiy nazariy yangiligi. Bitiruv malakaviy ish uchun olingan
mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola
va tezislarni o`rganib tahlil qilib chiqqanimizda shunday fikrga keldik, bu borada
muayyan maqolalar va tezislar ilmiy anjumanlarda yoritilgan. Anketa
so`rovnomalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar ochib berildi va ilmiy
asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi.
Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning materiali tavsiya,
ko`rsatma va xulosalar umumta`lim maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga
ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch bob, xulosa va
adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.
I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DASTURI.
Bitiruv malakaviy ishni to`la ochib berish maqsadida maktabgacha tarbiya
muassasalarida faoliyat ko`rsatuvchi mutaxassislarning qaysi Qonun va qarorlar
hamda dasturlar asosida ish olib borishlarini o`rganishni oldimizga maqsad qilib
qo`ydik. Bu savolimizga javobni anketa yordamida olishga qaroр qildik shu bilan
birgalikda O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi vazirligi tomonidan chiqarilgan
"Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi me`riy hujjatini o`rganib
chiqishga qaror qildik va tanlangan mavzuga tegishli bo`lgan bandlarni ishga
kiritishni lozim deb topdik
I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM
TO`G`RISIDA NIZOM.
1.Umumiy qoidalar
1.1.Maktabgacha ta`lim uzluksiz tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi
hamda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida", "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi to`g`risida" qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
1.2.Maktabgacha ta`lim sog`lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash
uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi,
bolalarni maktabda muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga
yordam beradi.
1.3.Maktabgacha ta`lim, bola 6-7yoshga yetguncha oilada hamda davlat va
davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga
oshiriladi.
2. Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalari
2.1. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar
ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talabalariga muvofiq sog`lom va yetuk,
maktabda o`qishga tayyorlaydigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998yil 5yanvardagi 5-son
qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ta`lim standartlari to`g`risida Nizom"ga muvofiq
belgilanadi. Davlat talablari asosida barcha turdagi maktabgacha ta`lim
muassasalari va oilada qo`llash uchun tavsiya etiladigan tayanch dastur ishlab
chiqiladi.
2.2. Maktabgacha ta`limning vazifalari:
-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
-bolalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o`qishga intilish
mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta`lim jarayoniga tayyorlash;
-bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o`zini fikrini mustaqil va erkin
ifodalash malakalarini shakllantirish;
-bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |