O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk


Ro’yxat bilan ishlashda rekursiv sxemadan foydalanish



Download 1,19 Mb.
bet13/24
Sana19.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#123588
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

2.2 Ro’yxat bilan ishlashda rekursiv sxemadan foydalanish

Ro’yxat tipi C tilidagi massiv tipi singari uning elemet tipidan keyin “*” simvolini qoyish orqali ko’rsatiladi. Har xil tipdagi (univetsal) elementlarga ega bo’lgan ro’xatning tipi Element* orqali ko’rsatiladi. Masalan, ro’yxat uzunligini hisoblovchi predicat quyidagicha e’lon qilinadi:

 len:(real*, integer) procedure(i,o).

Predikat “len” deb ataladi, 2 ta parametrga ega, 1- parametr – haqiqiy sonlar ro’yxati, 2- parametr esa butun son. 1- parametr beriladi, 2- parametr esa hisoblanadi. Bu predikat orqali ro’yxatning uzunligi quyidagicha hisoblanadi:

len([],0) :- !.
    len([X|Xs], 1+Len) :- len(Xs, Len).

Bu hisob rekursiv amalga oshiriladi. Berilgan ro’yxat [X|Xs] shabloni asosida qaraladi. Ya’ni uning bosh elementi (1-elementi) X o’zgaruvchiga va dumi (1- elementsiz ro’yxat) Xs o’zgaruvchiga beriladi. Yuqoridagi misolda ro’yxatning uzunligi 1+Len ifoda shaklida axtariladi. Bu Xorn gapining ma’nosi quyidagicha: “[X|Xs]shabloni asosida berilgan ro’yxatning uzunligi 1+Len ga teng agar Xs ro’yxatning uzunligi Len ga teng bo’lsa”. Len o’zgaruvchining qiymati - Xs ro’yxatining uzunligini hisoblash uchun yana shu gapdan foydalaniladi, faqat endi dum [X|Xs]shabloni asosida qaralib uning uzunligi 1+Len ifodasi sifatida axtariladi. Shunday qilib ro’yxat uzunligini hisoblash shu ro’yxatdan 1- element olib tashlangan ro’yxat uzunligiga 1 ni qo’shish orqali hisoblanadi. Hisoblash rekursiv davom etib, har bir qadamda ro’yxatdan 1ta element olib tashlanadi. Oxirgi qadamda bo’sh ro’yxatga ega bo’lamiz. Bo’sh ro’yxatning uzunligini hisoblash uchun esa len([],0) :- !. gapdan foydalaniladi. Bu ro’yxatning uzunligi 0 ga tengligini gap tasdiqlaydi. Bu qiymat oldingi gapdagi Len o’zgaruvchisi o’rniga qo’yilib 1+Len hisoblanadi, uning qiymati esa undan oldingi gapdagi ifodaga qo’yiladi va h.k necha qadam rekursiya orqali oldinga harakat qilgan bo’lsak, shuncha qadam orqaga natijalarni jamlab boramiz va natijani Len o’zgaruvchisida hosil qilamiz.

Ushbu gap len(List, Len) ko’rinishida chaqiriladi, Masalan len([32.4, 2.5, 12.12, 5.0, 24.12], Len). Natija sifatida Len = 5 olinadi. Ushbu natijani olish uchun hisob ro’yxat ustidan 2 marta o’tadi, 1- marta uni qisqartirib va 1+Len ifodani qurib chiqadi, 2- marta esa olingan natijani ifodadagi Len o’zgaruvchining o’rniga qo’yib va 1+Len ifodani hisoblab chiqadi. Bunday hisob-rekursiv hisob deb ataladi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish