O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana18.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#383924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
3aea269389d2e98a087343d6a8b39b05

 

1.2.  Renta munosabatlari 

 

Agrar  munosabatlarning  asosini  renta  munosabatlari  tashkil  qiladi.  Renta  nazariyasi 



hozirgacha  to‘liq  yoritib  berilmagan  nazariyalardan  hisoblanadi.  Iqtisodchilar  o‘rtasida 

uning  mohiyatini  tushuntirish  bo‘yicha  turlicha  yondashuv  va  qarashlar  mavjud  bo‘lib, 

ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash 

va  uning  mohiyatini  tushuntirish  bo‘yicha  asosiy  va  ko‘pincha  bir-biriga  qarama-qarshi 

bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz. 

Renta 


nazariyasi  dastlab 

fiziokratlar 

maktabining 

asoschilari 

F.Kene 

va 


A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini 

tabiat,  yerning  qandaydir  sirli  kuchi,  tabiat  ehsoni,  yerning  qo‘shimcha  mahsulot  yarata 




10 

 

olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratishda, 



jumladan,  sof  va  qo‘shimcha  mahsulot  yaratishda  tabiat  rolini  ko‘rsatishga  harakat 

qilganlar. 

Keyinchalik  renta  nazariyasining  asoslari  klassik  iqtisodchilar  U.Petti,  J.Anderson, 

A.Smit  va  D.Rikardolar  tadqiqotlarida  turli  darajada  takomillashtirilgan.  Jumladan, 

Anderson  differensial  renta  to‘g‘risidagi  qarashlarni  ilgari  surgan,  biroq  rentaning  tovar 

qiymatining  bir  qismi  ekanligini  tushuntirib  berolmagan.  Rikardo  esa,  fiziokratlardan 

farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida 

qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan. 

Renta  nazariyasini  rivojlantirishda  rus  iqtisodchilaridan  N.G.CHernishevskiy  va 

N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar. Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» 

bo‘yicha chop etilgan qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari 

keng bayon etilmoqda. 

D.D.Moskvin  tahriri  ostida  tayyorlangan  darslikda  yozilishicha,  resurslarning  turli-

tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli ko‘rinishlari 

paydo  bo‘ladi,  jumladan:  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  vujudga 

keluvchi  yer  rentasi;  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  chog‘ida  vujudga  keluvchi  renta; 

o‘rmon  resurslaridan  foydalanishda  hosil  bo‘luvchi  renta;  qurilish  uchastkalaridan 

olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi 

sababli  ulardan  foydalanishda  rentaning  vujudga  kelishi  uchun  bir-biriga  o‘xshash  shart-

sharoitlar  mavjud  bo‘ladi.  Qishloq  xo‘jalik  ekinlaridan  foydalanishning  iqtisodiy  shart-

sharoitlariga  nisbatan  ishlab  chiqilgan  renta  munosabatlarini  tahlil  qilish  uslubiyoti 

rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer rentasiga kiritish to‘g‘ri 

bo‘ladi.  Haydaladigan  yer,  qurilish  uchastkasi,  ruda  koni,  baliq  ovi,  o‘rmon  va 

boshqalardan  to‘lanishidan  qat’iy  nazar,  renta  ko‘rinishidagi  mazkur  pul  summasi  yer 

rentasi deb ataladi. 

Yer  rentasi  –  yer  egaligini  iqtisodiy  jihatdan  amalga  oshirish  (realizatsiya  qilish)ning 

shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: 

barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari 

shular  jumlasidandir.  Hozirgi  paytda  turli  mamlakatlarda  mavjud  renta  vujudga  kelish 

sabablari  va  shart-sharoitlariga  qarab  quyidagi  turlarga  ajratiladi:  absolyut  yer  rentasi, 

differensial  (tabaqalashgan)  renta  I  va  II,  monopol  renta,  qazilma  boyliklar,  qurilishlar 

joylashgan yerlardan olinadigan renta. 

Rentaning  mohiyatini  tushunishdagi  asosiy  qiyinchilik  tadbirkorlar  o‘rtasida  qayta 

taqsimlanmaydigan  qo‘shimcha  sof  daromadni  vujudga  kelishi  shart-sharoit  va 

sabablarining  ochib  berilishi  hisoblanadi.  Bunday  holat  vujudga  kelishining  sabablaridan 

biri  samarali  xo‘jalik  yuritish  uchun  yaroqli  bo‘lgan  yerlarning  cheklanganligi  va  qayta 

tiklab  bo‘lmasligida  o‘z  ifodasini  topadi.  Ikkinchi  sababi  –  yerga  yoki  boshqa  tabiiy 

resurslarga  mulkchilik  ob’ekti  yoki  xo‘jalik  yuritish  ob’ekti  sifatidagi  monopoliyaning 

mavjudligi  hisoblanadi.  Uchinchi  sababi  esa,  ko‘p  mamlakatlarda  qishloq  xo‘jaligidagi 

kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning 

pastligi hisoblanadi. 

Yer  uchastkalarining  unumdorligi  va  joylashgan  joyidagi  farqlar  natijasida  vujudga 

keladigan  qo‘shimcha  daromad  (qiymat)ning  bir  qismi  renta  shaklini  oladi  hamda  u 



11 

 

differensial  renta  deb  ataladi.  Qishloq  xo‘jaligida  eng  muhim  ishlab  chiqarish  vositasi  – 



yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir 

emas. 


Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha unumdor 

yer  uchastkalarida  tashkil  etish  bilan  cheklanish  mumkin  emas.  Qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlariga  talab  ko‘p  bo‘lganligi  uchun  yomon,  kam  unumli  yerlarda  ham  ishlab 

chiqarishni  tashkil  etish  zarurdir.  Agar  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  to‘lovga  qodir  talab 

bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit 

qishloq  xo‘jalik  tovarlariga  narx  shakllanishini  tartibga  soluvchi  ijtimoiy  normal  sharoit 

hisoblanadi.  Natijada  o‘rtacha  yoki  yaxshi  yerlarda  xo‘jalik  yurituvchi  ishlab 

chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. 

Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning 

sifati  (unumdorligi)  dagi  farqlardir,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  sababi  esa  foydalaniladigan 

yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differensial 

renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga 

bo‘linadi. 

Differensial  renta  I  yerning  tabiiy  unumdorligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  sanoat 

markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida 

vujudga  keladi.  Differensial  renta  I  ning  hosil  bo‘lishini  shartli  misol  yordamida  ko‘rib 

chiqamiz. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish