Uchinchi bosqichda – vodorod, protonlar va elektronlarga parchalanadi. So‘ngra elektronlar mitoxondriyalarning ichki membranalarida joylashgan elektron tashuvchilar orqali molekulyar kislorodga uzatiladi va H2O hosil qilib, qaytariladi.
Piruvatning oksidlanish va dekarboksillanishi jarayonida uch xil fermentlar:
piruvatdegidrogenaza (F1);
degidrolipoil-atsetiltransferaza (F2);
degidrolipoil-degidrogenaza (F3) lar ishtirok etadi.
Bu tizimni Lester Rid va uning shogirdlari o‘rgangan. Organizm uchun zarur bo‘lgan vitaminlardan: tiamin , riboflavin (FAD (flavinadenindinukleotid) da), pantoten kislotasi (KoA (atsetil koferment) da) va nikotinamid (NAD+ (nikotinamidadenindinukleotid) da) shu tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |