ADU Filologiya fakulteti dekani: _________________ dots.B.Rahmonov
2019 yil, “_____” avgust
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri: _________ dots.H.Karimov
2019 yil, “_____” avgust
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
“XIX asr rus adabiyoti” kursini o’qitishdan maqsad talabalarni:
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talabalar-yoshlarning adabiy - estetik dunyoqarashini boyitish,
ularda go‘zallik tuyg‘ularini qaror toptirish adabiyotning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganiligi bilan belgilanadi.
Adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlarini, rus adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish,
ularda badiiy asarni chuqur tushunish, tahlil tadqiqi etish malakasini hosil qilishi,
jamoatchilikni rus adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish,
jamiyatning ma’naviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirishga, bozor iqtisodiyoti jarayonida badiiy adabiyotning mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi.
“XIX asr rus adabiyoti” fani tanlov fanlari sirasidan bo’lib, davlat ta’lim standartida bu haqda quyidagi talablar ko’rsatilgan: O’zgaruvchan bozor sharoitiga moslashish, buyurtmachilar talablari asosida qo’shimcha bilim berish, jahon fan va texnikasi sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish, tanlangan faoliyat sohasiga tegishlii qo’shimcha bilimlar berish, respublika va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilgan ta’lim jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirish. Ilmiy pedagogik yoki ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo’naltirilgan integrallashtirilgan kurslarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Mazkur fanni o‘qitishning maqsadi shuki, talabalarning nafaqat o’z yurti, vatanida yashab o’tgan shoir va adiblarning, shuningdek XIX asr rus adabiyotining jahon adabiyotiga ulkan ta’sirini ko’rsatgan iste’dod sohiblarining hayoti va ijodini o’rganish,
- asarlarini bugungi kun talablari va adabiyot mezonlari bilan belgilash, tadqiq etish,
- badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish,
- talabalarning adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi ko‘nikmalarini hosil qilish,
- faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Shu ma’noda quyidagi vazifalar muhimdir:
- Badiiyat namunalarini individual, milliy va umuminsoniy jihatlarini ilmiy tahlil qilish;
Rus adabiyotining “oltin davri”deb ulug’lanadigan XIXasr adabiyotining milliy adabiyotimizga ta’siri va jamiyat ravnaqidagi o‘rnini va ahamiyatini talabalarga tushuntirish;
talabalarda badiiy adabiyotni tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish;
badiiy asarni idrok qilish hamda uni filologik nuqtai nazaridan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
adabiyot va inson o‘rtasidagi munosabatni badiiylik qonuniyatlari asosida rivojlantirish;
milliy va umuminsoniy adabiy-nazariy an’analarni xalqning adabiy-estetik didini yuksaltirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |