104
Abbosiylar harakati va Abu Muslim qo‘zg‘olonidan xafsalasi pir bo‘lgan Movarounnaxr
aholisi abbosiylar o‘tkazgan zulm va ekspluatatsiyaga qarshi kurashni ummaviylar bilan kurash
tugamasdanoq boshlab yuborgan edi. Buni biz Buxoro shahrida 750 yilda Sharik ibn Shayx
Almaxriy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘alon timsolida ko‘ramiz. Asli arablardan bo‘lgan
Sharik Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida yozishicha shia mazhabida bo‘lib, abbosiylik
harakatiga qarshi bo‘lgan. U “payg‘ambarning kuyovi” to‘rtinchi xalifa Alining avlodlarigina
xalifa bo‘lishga haqlidir, degan g‘oyani ilgari surgan. Qo‘zg‘olonchilar biz “abbosiylarga
bo‘ysunush uchun ummaviylarga qarshi kurashmadik” degan shiorni ilgari surdilar. Qo‘zg‘olon
Markaziy Osiyo hududlarining kattagina qismiga yoyilgan va unda 30 ming kishi qatnashgan.
Hatto Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuayb va Xorazm xoni Abdumalik ibn Xuzayl kabi nufuzli
kishilar ham bu qo‘zg‘olonga tarafdorlik qilganlar. Qo‘zg‘olonning asosiy kuchi so‘g‘d va arab
mehnatkashlar ommasi bo‘ldi. Buxorxudot ibn Tog‘shoda esa boshdan boshlab bu qo‘zg‘olonga
ashaddiy dushmanlik qilgan va o‘zining 10 ming kishilik qo‘shini bilan uni bostirishda qatnashib
abbosiylarga homiylik ko‘rsatgan. Chunki dastlab Abu Muslim bu qo‘zg‘olonni bostirish uchun
Ziyod ibn Solih boshchiligida 10 ming ko‘shin yuborib uni bostira olmagan edi. Faqat Tog‘shoda
bu ishga bosh qo‘shgach, qo‘zg‘olon bostiriladi. Shahar uch kun mobaynida yondiriladi. Ziyod
ibn Solih qo‘zg‘olonchilardan qattiq o‘ch oladi va ularni shafqatsizlarcha qirg‘in qiladi.
Buxorodagi Sharik qo‘zg‘oloni bostirilgach arab lashkarlari Samarqand shahriga o‘tadilar va
buxoroliklar qo‘shilgan xalqdan o‘ch oladilar.
Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli mamlakatda vujudga
kelgan ichki ziddiyat va to‘polonlardan foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-
Syan-Chji boshchiligida Markaziy Osiyo hududiga bostirib kiradilar. 751 yilda Talos vodiysida
Xitoy qo‘shinlari bilan Abu Muslim tomonidan yuborilgan lashkarlar o‘rtasida dahshatli jang
bo‘ladi. Bu jang arablarning g‘alabasi bilan yakunlanadi.
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylar hokimiyatini mustahkamlash uchun, butun qalbi-
vujudi bilan kurash olib borayotgan bir paytda abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi
da’vogar hisoblab uni yo‘qotsh uchun tuzoq tayyorlamokda edilar. Nihoyat 755 yilda Xalifa Abu
Ja’far Davonaqiy — Mansur (754—775) Makkaga yo‘lga otlangan Abu Muslimni o‘z saroyiga
kirib o‘tishini so‘raydi. Qurolsiz va yolg‘iz saroyga kirgan Abu Muslimni Mansur poyloqchilari
qo‘lga oladilar va uni o‘ldiradilar. Bu dahshatli fojea Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga
qarshi xalq harakatlarining yanada kuchli tus olishiga turtki bo‘ladi. Ana shunday harakatlardan
biri Abu Muslimning o‘chini olish maqsadida 755 yilda Reyda Sunbod boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Bu qo‘zg‘olon Taboriy ma’lumotlariga ko‘ra 70 kun davom etgan. Qo‘zg‘olonchilar Rey,
Nishopur va Kumis shaharlarini egallaganlar. Qo‘zg‘olon qattiqqo‘llik bilan bostirilgan,
qo‘zg‘olonchilardan olti mnngga yaqin kishi o‘ldirilgan. Qo‘zg‘olon rahbari Sunbod qo‘lga
olinib, qatl etilgan.
Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi
harakat bo‘lgan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Ishoq degan kishi edi. U Abu Muslim harakatiniig
otashin tarafdori bo‘lgan, 772 yilda Ustoz Sis boshchiligida Xurosonda 300 ming kishini o‘z
harakatiga ergashtirgan qo‘zg‘olon bo‘lgan, 782 yilda Jurjonda isyon ko‘tariladi. Lekin arablarga
dahshat solgan va deyarli butun Movarounnahrni qamrab olgan harakat — bu Muqanna
qo‘zg‘olonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: