O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 355,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana23.04.2020
Hajmi355,02 Kb.
#46594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
zulfiya sherlarining til xususiyatlari

2.3.  Sintaktik parallelizm 

   Sintaktik  parallelizm  badiiy  nutqda  keng  tarqalgan  uslubiy  vosita  bo‘lib,  undan 

tasvir  etilayotgan  ob‘yektga  so‘zlovchining  diqqatini  qayta  tortish  maqsadida 

foydalaniladi. 

Sintaktik  parallelizmda  strukturasi  bir  xil  bo‘lgan  ikki  yoki  undan  ortiq  gap 

ketma-ket  keladi.  Bunday  gaplarning  bo‘laklari  ham,  shakli  ham  bir  xil  bo‘ladi. Bu 

sintaktik  simmetriya  hosil qilib  ifodalilikni  oshiradi. Masalan:   

Onaday  ardoqlab,  boladay  sevib 

Saqlaymiz  tuproqni,  sharafni,  dongni, 

O‗tkir ko‗zimizni  ufqdan  uzmay 

Har kun  qarshilaymiz  safobaxsh  tongni  (Biz tongni  sevgan-chun.)

 

Parallel  birliklarning  vazifasi  fikrga  izoh  berish  va,  eng  muhimi,  unga 



tinglovchini  to‘la  ishontira  olishda  iborat.  Ular  til  uslubiy  vositalarining  boyishi 

manbalaridan  biri  bo‘lib,  badiiy  nutqda  ko‘p  qo‘llanadigan,  eng  sermahsul  va 

ta‘sirchan sintaktik  birlik  hisoblanadi. 

Badiiy 


asarlarda 

parallel 

birliklar 

nutqning  estetik  vazifasini  to‘la 

ta‘minlashga  yordam  beradi.  Parallelizm  yordamida  davomiylik,  ko‘tarinkilik, 

qat‘iylik  ifodalanishiga  erishiladi.  Parallelizm  usuli  his-hayajon,  ko‘tarinki  ruh 

bilan  aytiladigan  nutq  ko‘rinishlari  uchun  xarakterli  bo‘lib,  tinglovchida  turli 

emotsiyalarni  uyg‘otuvchi ifoda shakli  hisoblanadi

21



Sintaktik  parallelism  badiiy  nutq  me‘yorlari  asosida  shakllantiriladi  va  alohida 



bir  uslubiy  vazifa  bajarishga  xizmat  qiladi.  Uning  yordamida  nutqning  yanada 

                                                 

21

Shukurov R.  Sintaktik  parallelizmn ing  uslubiy xususiyatlati.// O‖TA.,  2004.  2-son, 73-bet. 




 

38 


ta‘sirli  va  yorqinbo‘lishiga  erishiladi.  Demak,  sintaktik  parallelism  usuli  nutq 

ko‘rinishining  ekspressivligi  va  ta‘sirchanligini  taminlab  beruvchi  uslubiy  vosita 

sifatida  katta ahamiyatga  molikdir.  Masalan: 

Tinchgina  tong otar. Chiqadi  quyosh, 

Ko‗m-ko‗k  maysalarda  yaltirar shabnam. 

Osmon ham  tip-tiniq, yellar musaffo, 

Erkin  nafas  olib uyg‗onar  el ham. 

Sof yel esar... Parvona  uchar, 

Chiroq  atrofida o‗grilib, 

O‗zin  urib part bo‗ladi-yu, 

Stolimga  tushadi  kelib  (Tun.)

 

Sintaktik  parallelism  fikrni  yangicha  bir  shaklga  solib,  san‘atkorona 



ifodalanish  yo‘li  bo‘lib,  bu  usul,  ayniqsa,  notiqlik  san‘ati  uchun  muhim 

hisoblanadi.  Ma‘lumki,  fikrni  ixcham,  lo‘nda ifodalash og‘zaki nutqqa xos bo‘lgan 

asosiy  xususiyatdir.  Og‘zaki  nutq  san‘ati  o‘z-o‘zini  chegaralash  bilish  san‘atidir; 

aniqlik  va  qisqalik  og‘zaki  nutqqa  hos  bo‘lgan  asosiy  fazilatlar  sanaladi.  Fikrni 

aniq  va  lo‘nda  qilib  ifodalash  notiqlik  san‘atida  lakomizim  deb  yuritiladi. 

Lakomizim  nafaqat  og‘zaki,  balki  yozma  nutqning  ham  ta‘sirchan  bo‘lishini 

ta‘minlovchi  ifoda usulidir. 

Sintaktik  parallelizm  usuliga  so‘z  xashamatdorligi,  uslubiy  galizlik,  lisoniy 

ortiqchalik  kabi  xususiyatlar  yotdir.  Bu  hodisaning  mazmun  –  mundarijasi 

nixoyatda  keng  bo‘lib,  uning  asosiy  vazifalari  sifatida  quydagilarni  belgilash 

mumki: 

1.Nutqning    go‘zal  va  jozibador  bo‘lishi  ta‘minlanadi.  Tinglovchini  befarq 

qoldirmaydi,  uning  diqqati  bir  joyga  to‘planadi,  natijada  nutq  turiga  nisbatan 

e‘tibor kuchayadi va u orqali ifodalangan  fikr  tez va oson o‘qiladi:  

Tog‗  ortiga o‗tib ketdi kun, 

Sekin  cho‗kdi  toza,  salqin tun... 

Men deraza  ochganim  chorbog‗, 

Sokin  uxlar  tun ko‗rpasida. 




 

39 


Mayin  qo‗shiq  yoyilar har  yon, 

Esib o‗tgan  yel sharpasida.(Tun.)

 

2.Tejamkorlik,  soddalik,  ravonlik,  sintaktik  parallelizmga  xos  asosiy 



sifatlardan  biridir:   

Tog‗  ortidan ko‗tarildi oy, 

So‗lim qirg‗oq nur-la o‗pishdi. 

Ko‗zgu  bo‗ldi jimjit oqqan  soy, 

Oyning  aksi  suvlarni  quchdi.(Soy  kechasi.)

 

3.Sintaktik  parallelism,  eng  avvalo,  puxta  o‗ylangan,  ―yetti  o‘lchab  bir 



kesilgan‖  grammatik  sturuktura  –  nutq  san‘ati.  Unda  muayyan  bir  fikrni  aniq  va 

o‘tkir, jonli,  ta‘sirchan va kuchli  ifodalash imkoniyatlari  mavjud: 

Oqshom  edi, oydin  ko‗prikda 

Barno  qizu  yigit turardi, 

Oyni  kutgan  oqshomgi ko‗kda 

Beshik-beshik  bulut  yurardi.(Muhabbat  tongi kulganda.)

 

4.Nutqqa jonlilik  kiritadi:   



Oppoq  pag‗a  bulut  ustida 

Hayron  suzar  keksa  oysuluv. 

Yulduzlarni  quchib  ko‗ksida, 

Anhor  to‗lib jo‗shib oqar suv.

 

5.Sintaktik  parallelism  so‘roq  va  undov  gaplar  asosida  shakllanganda, 



ekspressiv-emotsional  mazmunni  inteksiv  ravishda  kuchaytirish  vositasi  sifatida 

xizmat  qiladi,  fikr  chuqur xayajon bilan  uqtiriladi: 

Soymi  yoki shabboda  oldi 

Mening  ko‗zimdagi  uyquni? 

Oy  yorimni yodimga  soldi, 

Dilda  toshdi sevgi  to‗lqini (Soy kechasi.).

 

6.Sintaktik  parallelism  fikrni  kengaytirishga,  unga  qo‘shimchalar  kiritishga, 



fikr  ob‘yekti qirralarining  ochilishiga  yordam beradi:  

Shirin  ekan  farzand,  u bilan 




 

40 


Oilaga  kirar ekan  jon. 

Ko‗zi ko‗zga  tushishi bilan 

Mehri balqir  ekan  bepoyon.(Farzand.)

 

7.Fikr  ob‘yekti  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  vaziyat  sharoitini  kuchaytirib,  bo‘rttirib 



ko‘rsatishga xizmat  qiladi: 

Ye

lda  qo‗shiq,  ko‗prikda  shu‘la, 



Baxt-la  tepdi ikki  yosh yurak... 

Oy  so‗zladi  yulduzni  to‗plab, 

Sevgi  tongi haqida  ertak.(Muhabbat  tongi kulganda.)

 

8.Sintaktik  parallelism  qulay  vosita  bo‘lib,  bu  usul yordamida fikr qisqa, lekin 



lo‘nda bayon etiladi.  Nutq ko‘rinishi  ixcham  shaklga ega bo‘ladi: 

Yo‗l yurdim,  sog‗indim,  to‗kildi baytim 

Xorijning  shomlari, saharlarida, 

Ezgu  istaklaring  jaranglab  aytdim 

Osiyo, Afrika  minbarlarida.(Xalqimga  aytar  so‘zlarim.)

 

9.Fikr qaratilgan  ob‘yektni takroran eslatish,  yodga solish vazifasini  bajaradi. 



10.  Parallelizm  vositasida  nutq  birligi  orqali  olg‘a  surilgan  fikrning  tub 

mohiyati  ta‘kidlanadi,  fikr predmatining  asosiy sifatlari  ochib beriladi: 

Sarg‗aygan  dashtlarga  berding yashil qon, 

Tuproq  tepalarda  shahar  ko‗tarding: 

Har bir g‗alabangni  ko‗rgan  suyuk  on 

Dildagi  o‗z  g‗amim  kuyi  cho‗kardi.(Xalqimga  aytar  so‘zlarim.)

 

  Sintaktik  parallelizm  mantiqiy  jihatdan  ajratib  ko‘rsatish  vazifasini  ham 



bajaradi.  U  faqat  badiiy  nutqqa  xoslangan  vosita  bo‘lib  qolmasdan,  ba‘zan  ilmiy-

ommabop  uslub  ko‘rinishlarida  ham  uchrab  turadi  va  fikr  ob‘yekti  haqidagi 

tushunchalarni  jamlash,  u  haqda  kengroq  tushuncha  berish uchun xizmat qiladi: Til 

madaniyati  faqat to‘g‘ri gapirish emas, balki  tilni  oliy  darajada bilishdir. 

   Sintaktik  parallelizm  bunday  vazifada  qo‘llanishi  ifoda  etilayotgan  fikrning 

ehg  dolzarb  bo‘lagini  ma‘qullab  ko‘rsatish,  unga  alohida  urg‘u  berish  bilan 

xarakterlanadi.    Sintaktik  parallelizm  asosida  shakllangan  nutq  ko‘rinishlari 



 

41 


notiqlik  san‘atining  yorqin  namunalari  sanaladi.  Bunday  nutq  ko‘rinishlari 

ifodaviylikning  maksimum  imkoniyatlarini  o‘zida  mujassam  etadi.  Sintaktik 

parallelizm  nutqqa  bir  vaqtning  o‘zida  ko‘tarinkilik  va  soddalik,  go‘zallik  va 

tantanavorlik,  quvnoqlik va vazminlik  bag‘ishlaydi: 

Yo‗l yurdim,  sog‗indim,  to‗kildi baytim 

Xorijning  shomlari, saharlarida, 

Ezgu  istaklaring  jaranglab  aytdim 

Osiyo, Afrika  minbarlarida.(Xalqimga  aytar  so‘zlarim.)

 

   Sintaktik  parallelizm  badiiy  nutqda  keng  tarqalgan  uslubiy  vosita  bo‘lib, 



undan  tasvir  etilayotgan  ob‘yektga  so‘zlovchining  diqqatini  qayta  tortish 

maqsadida  foydalaniladi.  Sintaktik  parallelizmda  strukturasi  bir  xil  bo‘lgan  ukki 

yoki  undan  ortiq  gap  ketma-ket  keladi.  Bunday  gaplarning  bo‘laklari  ham,  shakli 

ham bir xil  bo‘ladi. Bu sintaktik  simmetriya  hosil qilib  ifodalilikni  oshiradi.  

  Sintaktik  parallelizm  asosan  poetik  nutq  mahsuli  bo‘lib,  ifodali  nutq  vositasi 

sifatida  qo‘llanuvchi  maxsus  usul  hisoblanadi.  Shoira  Zulfiya  ham  o‘z  she‘rlarida 

sintaktik  parallelizmdan  ifodaiylikni  oshirish,  ta‘sirchanlikni  kuchaytirish 

maqsadida keng foydalangan. 




Download 355,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish