4.6.Xorazm vohasining odimchi kapalaklari faunasining ozuqaga qarab taqsimlanishining miqdori.
Xorazm vohasining odimchi kapalaklari faunasi taqsimlanishining o’ziga xos xususiyati o’rganib chiqildi va shunga asosan odimchi kapalaklari 37 turi tegishli qurtlarining ozuqa munosabatlari 3 darajaga monofaglar, oligofaglar va polifaglarga ajratildi.
Ularni foizlarda namoyon bo’lishi quyidagicha monofaglar 21,6%, oligofaglar 27,1%, polifaglar 51,3 % ni tashkil qildi. Bularning tahlilidan ko’rinib turibdiki, ozuqaga ixtisoslashish kengligiga qarab guruhlanishida polifag turlar dominantlik qildi. Ayrim hududlar uchun ham bu ko’rsatkichlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |