2.2. 3-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish
metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda mustaqil ishlarga darslik ichiga kiritilgan uyda bajariladigan misol va masalalar va iqtidorli o`quvchilar uchun boshqatirmalar mustaqil ish sifatida berilgan.
Shulardan 3-sinf matematika darslikida berilgan misol va masalalarni ko`rib chiqamiz . Bu darslik ichiga 152 ta iqtidorli o`quvchilar uchun boshqotirmalar sifatida misol va masalalar berilgan. Uyda bajariladigan mashqlar ham 152 ta shundan 76 ta misol va 76 ta masala berilgan.
darslikning 4-betidan boshlab mustaqil ish sifatida berilgan misol va masalalarni ko`rib chiqamiz.
[17,4] 2-sinfda o`tilganlarni takrorlash ” Ikki xonali sonlarni xonadan o`tib qo`shish” mavzusi ichida berilgan 5-misolni ko`rib chiqamiz.
Shaklda nechta kvadrat yashiringan?
Javob:Bu shakilda 17 ta kvadrat yashiringa.
7 – masala
Bog`dagi uch tup daraxtdan 48 kg olxo`ri terib olindi. Birinchi daraxtdan 12 kg, ikkinchisidan 24 kg olxo`ri olingan bo`lsa, uchinchi daraxtdan necha kilogramm olxo`ri terib olingan?
Yechish:
Birinchi va ikkinchi daraxtdan terib olingan olxo`rilar sonini qo`shamiz keyin uchala daraxtdan terib olingan olxo`rilar sonidan chiqqan natijani ayiramiz.
12 + 24 = 36 (kg)
48 – 36 = 12 (kg)
Javob: Uchinchi daraxtdan 12 kg olxo`ri terib olingan.
Bu masalaning javobini to`g`riligini tekshirish uchun masalaga teskari masala tuzib tekshiramiz.
“ Bog`da uch tup olxo`ri daraxti bor. Birinchi daraxtdan 12 kg, ikkinchisidan,24 kg, uchinchi daraxdan esa 12 kg olxo`ri terib olindi.Bog`dagi barcha daraxtdan necha kilogramm olxo`ri terib olingan?”
Yechish:
12 + 24 = 36(kg)
36 + 12 = 48 (kg)
Javob: 48 kg olxo`ri terib olingan. Demak, masalamizning javobi to`g`ri ekan.
[17;6]
14 – masala. Birinchi do`konga 56 kg, ikkinchi do`konga esa undan 12 kg kam go`sht keltirildi. Ikkiala do`konga hammasi bo`lib necha kilogram go`sht keltirilgan?
Yechish:
56 – 12 = 44 (kg)
56 + 44 = 100 (kg)
Javob: Hammasi bo`lib 100 kg go`sht keltirilgan.
Bu masalani javobini tekshirish uchun unga teskari masala tuzib tekshiramiz.
Ikki do`konga hammasi bo`lib 100 kg go`sht keltirilga. Birinchi do`konga 56 kg go`sht keltirilgan. Ikkinchi do`konga necha kilogramm go`sht keltirilgan?
Yechish:
1) 100 – 56 = 44 (kg)
Javob: Ikkinchi do`konga 44 kg go`sht keltirilgan. Demak, javob to`g`ri ekan.
“Qavsli ifodalar” bu mavzudagi miso va masalalarni ko`rib chiqamiz.
Qavsli ifodalarda avval qavs ichidagi amal, keyin boshqa amallar chapdan o`ngga qarab tartib bilan bajariladi.
19- masala iqtidorli bolalar uchun berilgan masala.
9 ta cho`pdan 3 tasining har biri 3 bo`lakka bo`linsa, jami cho`plar nechta bo`ladi?
Jami: 15 ta cho`p bo`ladi.
[17;7]
20 – 21 – misollar uyda bajariladigan misol va masalalar.
(37+14) + 15=51 + 15 = 66
49 +(24 – 17) =49 +7=56
18+(36 – 90) +53= 18+27= 45+53=98
28 – 19+(27 - 8) =28 – 19+19= 28 – 19= 9+19=28
37
[17;21] Polizdan 24 ta tarvuz va undan 7 ta kam qovun uzildi. Hammasi bo`lib nechta tarvuz va qovun uzib olingan.
Yechish:
24 – 7 =17 ta
Javob: 24 ta tarvuz, 17 ta qovun uzib olingan.
“Qo`shishning guruhlash qonuni.”
Qo`shiluvchining o`rin almashtirilgani bilan yig`indi o`zgarmaydi.
Qo`shiluvchilarning o`rnini almashtirish orqali ularni guruhlab qo`shish mumkin.
[17;8]
27 – misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misol hisoblanadi.
4 dan 9 gacha bo`lgan 6 ta sonni bo`sh doirchalar ichiga shunday joylashtiringki har bir qator yig`indisi 17 ga teng bo`lsin.
2
1 3
[17;8]
28 – misol uyda bajariladigan misol hisoblanadi.
6+9+4= 9+6+4= 4+6+9= 4+9+6= 19
8+7+2= 7+8+2= 2+7+8= 2+8+7= 17
14+17+6= 17+14+6= 6+17+14= 6+14+17= 37
25+26+5= 26+25+5= 5+26+25= 5+25+26= 56
27+8+3+32= 8+27+3+32= 3+8+27+32= 32+8+3+7=70
4+38+6+12= 38+4+6+12= 6+38+4+12= 12+6+38+4= 12+38+6+4= 6+4+38+12=60
[17;8]
29 – masala uyda bajariladigan masala hisoblanadi.
Birinchi qopda 46 kg, ikkinchi qopda undan 8 kg kam karto`shka bor. Ikkala qopda hammasi bo`lib necha kilogramm karto`shka bor?
Yechish:
46 + 8 = 38 kg
46 + 38 = 84 kg
Javob: Hammasi bo`lib 84 kg korto`shka bor.
Sondan yig`indini ayrish. Yig`indidan sonni ayrish mavzusi ichida misol va masalalar berilgan.
[17;9]
34 – masala 12 ta shashka donasini uch qator qilib shunday joylashtiringki, har bir qatorda 5 tadan shashka donasi bo`lsin.
[17;9] Avval qavs ichidagi amallar bajariladi undan so`ng boshqa amallar bajariladi.
19-(8+9)=19-17=2
(32+7)-8=39-8=31
83-(38+45)=83-83=0
(28+43)-67=71-67=4 [17;10]
Bog`da 48 tup daraxt bor. Ulardan 23 tupi olma, 12 tupi o`rik, qolganlari esa shaftoli daraxti. Bog`da nechta tup shaftoli daraxti bor?
Yechish:
48–23=25
25–12=13
Javob: 13 ta shaftoli daraxti bor ekan.
Bu masal javobini teskari masala tuzib tekshiramiz.
Bog`da 23 tup olma,12 tup o`rik va 13 tup shaftoli daraxti bor. Bog`da hammasi bo`lib nechta mevali daraxt bor?
Yechish:
23 + 12 =35
35 + 13 =48
Javob: 48 ta daraxt bor ekan. Demak,masalaning javobi to`g`ri ekan.
Ko`paytirish va bo`lish orasidagi bog`lanish mavzusi ichidagi misol va masalalarni ko`rib chiqamiz.
Ikki sonning ko`paytmasi ko`paytuvchilardan biriga bo`linsa,ikkinchi ko`paytuvchi hosil bo`ladi.
[17;12]
49 – misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misoldir.
40
1 dzn 9 gacha sonlarni kvadrat kataklariga shunday joylashtiringki, kvadratlarning har bir qatori va ustuni bo`yicha sonlar yig`indisi 15 ga teng bo`lsin.
-
[17;12]
50-misol va 51-masala uyda bajariladigan mustaqil ish.
1) 2 x =14
|
2) x 6
|
= 54
|
3)48: =8
|
14:2=7
|
54:6=9
|
48:8=6
|
[17; 12] Rasm asosida masala tuzish.
3 ta likopchaning har birida 5 tadan nok bor. Likopchalardagi jami noklar nechta? Yechish: 3 x 5 = 15 (ta)
Jami: 15 ta nok bor ekan.
15 ta nok 3 ta likopchaga teng taqsimlandi. Har bir likopchaga nechtadan nok qo`yilgan?
Yechish: 15 : 3 = 5 (tadan)
Javob: 5 tadan nok bor ekan.
15 ta nok likopchalarga 5 tadan qo`yib chiqildi. Noklar nechta likopchaga qo`yilgan? Yechish: 15 : 5 = 3(ta)
Javob: 3 ta likopchaga bo`lingan ekan.
Rasm asosida bo`lish va ko`paytirishga doir 3 xil masala tuzish mumkin ekan.
“0 va 1 sonlari ishtirokida ko`paytirish” mavzusi ichiga kiritilgan misol va masalalarni ko`rib chiqamiz.
Har qanday songa ko`paytirilsa yoki har qanday son 0 ga ko`paytirilsa, 0 hosil bo`ladi.
1 har qanday songa ko`paytirilsa yoki har qanday son 1 ga ko`paytirilsa, shu sonning o`zi hosil bo`ladi
[17;13] 57-misol iqtidorli bolalar uchun berilgan misol hisoblanadi.
12 ta shashka donasini to`rt qator qilib shunday joylashtiringki, har bir qatorda 4 tadan
bo`lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |