III BОB: PЕDAGОGIK QОBILIYATLARNI PSIХОLОGIYADA EMPIRIK TAHLIL QILISH
Pеdagоgik qоbiliyatlarni diagnоstika qilish imkоniyatlari.
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida ta'riflanadi, ammo buning asosida bir insonning boshqa insondan farqlab turadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o'z qobiliyatlariga ko'ra bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o'rtasidagi farqlar sifat va miqdor jihatdan bir talay bo'lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti sifatida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo'yiladigan talablarni shaxs qay yo'sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqalarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog'liq tez, yengil, puxta foydalana oladi.
Qobiliyatning xususiyatlarini sifat jihatdan talqin qilganda, shu narsa ma'lum bo'ladiki, qobiliyat birinchidan, maqsadga turlicha yo'llar orqali erishishga imkon beruvchi "o'zgaruvchan miqdor" to'plami sifatida, ikkinchidan, faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlarining murakkab majmuasi ko'rinishida gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o'qituvchilar jamoasi yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deyilgan. IV kurs boshlig'i (“oqsoqoli”) Mahkamda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko'rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, talabchanlik, mehribonlik, e'tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdardlik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik va shu kabilar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilarniki bilan qiyoslanganda uning qobiliyati ko'lami keng, negizi chuqurligi bilan boshqalarnikidan sifat jihatdan ham ajralib turadi. Shuning uchun uning tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga shafqatsizlik, jamoa a`zolariga tazyiq o'tkazishlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, u yoki bu faoliyatni amalga oshirishda o'zaro o'xshash yoki bir-biridan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar turkumi ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlilida shaxs qobiliyatlarining muhim jabhalari yaqqol ko'zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi bir xislatning o'rnini boshqasi bosishi (lotincha — compensatio o 'rnini bosishi, muvofiqlashtirish ma'nosini bildiradi) vujudga keladi, buning uchun inson o'z ustida sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilsagina yuksak ko'rsatkichlarga erisha olishi mumkin.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo'lgan o'rnini bosishlik imkoniyati ko'rish va eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o'qitish orqali ro'yobga chiqariladi. Hayotda ko'r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ma'lum. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo'qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga jiddiy xalaqit bermasligi ham mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordami bilan o'stirish, ya'ni o'rnini bosishlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va yangi kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko'lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiqlovchi qator misollar mavjud. Chunonchi, o'qituvchi bir davrning o'zida usta duradgor, mohir tikuvchi bo'lgani; yirik alloma, yirik san'atkor, yetuk sportchi boigani ham uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli soha va jabhalarida o'z o'rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar. Bir necha faoliyat turida bemalol muvafFaqiyat qozonishlari ham mumkin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o'lchash muammosi psixologiya fanida o'ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Hozirda fanning mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo'lga qo'yish zaruriyafidan kelib chiqadigan talablar ostida o'quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyati darajasini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligini, uning mehnat faoliyatiga layoqatini, shuningdek, oliy o'quv yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga qobiliyatlarini aniqlash imkoniyati mavjud ekan. O'tgan asrda qobiliyatlarni o'lchash usuli, mezoni sifatida aqliy iste'dod testlari ishlab chiqildi. Bu testlardan AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o'quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foydalanildi. Hatto Buyuk Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi. Bunda „Aqliy iste'dod" testlari ball yoki ochkolar bilan baholanib, yechimga sarflangan vaqtni hisobga olib, natijalar yig'indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida 11 yoshli o'smirga beriladigan test ko'rinishi quyidagicha: "Pyotr Jeymsga qaraganda balandroq, Edvard Pyotrdan pastroq. Kim hammadan ko'ra balandroq?" va tanlagan javobning tagiga chizib qo'yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) Jeyms; 4) "ayta olmayman". Sinaluvchi testlarda berilgan beshta so'zdan boshqa so'zlar yozilganini tanlab olishi kerak: 1) qizil, yashil, ko'k, ho'l, sariq; 2)yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlarning murakkabligi ortib borish tamoyili bo'yicha „Testlar batareyasi" tizimi yaratiladi. Testlar tuzilishi bo'yicha faqat so'zlardan iborat bo'lmay, balki turlicha ma'noga ega „labirintlar" (yunoncha labyrinthos — chigal holat, murakkab, chalkash ma'nosini bildiradi) bo'lgan „boshqotirma" va shunga o'xshashlar ham kiritilishi mumkin.
Odatda, sinaluvchilar „Testlar batareyasi"ni bajarib boiganlaridan so'ng natijalar hisoblab chiqiladi. Ularda „aqliy iste'dod koeffitsiyenti" (inglizcha intellectual quotient — IQ so'zidan olingan) aniqlanadi. Misol uchun, 11, 5 yoshli o'quvchi to'plagan ballarining o'rtacha yig'indisi 120 ga teng bo'lishi lozim. Bunda 120 ball to'plagan har qanday sinaluvchi 11,5 yoshida "aql yoshi"ga egadir. Shu yo'sinda "aqliy iste'dod koeffitsiyenti" hisoblab chiqiladi:
Sinaluvchining aqliy iste'dodi koeffitsiyenti
1Q = aql yoshi X 100 sinaluvchining haqiqiy yoshi
Mabodo test sinovda 11, 5 va 14 yoshli o'smirlar 120 ochko to'plagan bo'lsalar, u holda sinaluvchilarning "aql yoshi" 11, 5ga tenglashtirilsa, quyidagi holat yuzaga keladi:
1Q birinchi sinaluvchi =
1Q ikkinchi sinaluvchi =
Mazkur yo'nalish namoyandalarining e'tirof etishlaricha, "aqliy iste'dod koeffitsiyenti" qandaydir o'zgarmas mezon sifatida „umumiy intellektni" (inglizcha — general intelligence) ro'yobga chiqarish imkoniyatiga egadir. Shuni ta'kidlashjoizki, "aqliy iste'dod koeffitsiyenti" nazariyasida bahsli jabhalar mavjudkim, bunda shaxsning aqliy qobiliyatlari emas, balki lining bilim va malakalari namoyon bo'ladi. Rus psixologi L.S.Vigotskiy yuqoridagi nazariyaga o'z mulohazalarini bildirgan holda ikki bosqich, ya'ni "eng yaqin taraqqiyot zonasi", "aktual faoliyat zonasi" orqali qobiliyatni to'g'ri aniqlash mumkinligini ko'rsatib bergan edi. Hozirda qo'llanayotgan test sinovlari o'tmishdoshlarnikidan ko'p jihatdan farq qilsa-da, ammo ko'p hollarda xotira mahsullarini ochishga xizmat qiladi-yu, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat markazidan chetda qolib ketish hollari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |