Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi
1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
MISOL. Reklama bo’yicha menejerga lavozim maoshi 395 000 so’m qilib belgilangan. Fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.
Bu yerda mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to’lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo’lib, ulardan 15 kuni reklama bo’yicha menejer tomonidan ishlab berilgan.
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to’lanadigan ish haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 395 000 so’m bo’lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 19 750 so’mga (395 000 / 20) teng bo’ladi. Shunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 296 250 (19 750 x 15) so’mga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |