O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet15/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

Xiva xonligining san’ati haqida gapirilganda unga XX asr boshlarida kirib kelgan yangi san’at - kino san’ati haqida alohida to'xtalish kerak. Markaziy Osiyo mintaqasida ijod qila boshlagan kinooperator Xudoybergan Devonov (1877-1940) lentaga tushirgan kichik hajmdagi filmlari o'tmish tarixi va san’atini bilishda bebaho manba hisoblanadi. Uning «O'rta Osiyo me’moriy boyliklari» (1913), «Turkiston ko'rinishlari» (1916), «Xiva va xivaliklar» (1916) filmlari va 1000 dan ortiq fotosuratlari ijodkor yashagan davr haqida hikoya qiladi.

XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Xiva xonligida toshbosma uslubida kitoblar nashr etilishi boshlandi. Shu davr kitoblari uchun ishlangan rasm va grafik kompozitsiyalar shu jonlanish natijasi edi. Shuningdek, Xiva xonlaridan Feruz ham tasviriy san’at bilan shug'ullanganligi haqida ma’lumotlar bor. Xiva xonligi davrida mahobatli bezak san’ati ko'proq koshinsozlik yo‘nalishida rivoj topgan. Xalq san’ati, amaliy bezak san’ati ham bu davrda yuqori bo'lgan, ayniqsa, kulolchilik va o'ymakorlik san’atida xorazmlik ustalar mashhur bo'lgan. Xiva yog'och o'ymakorlik maktabi o'zining nihoyatda jimjimadorligi va o'ynoqiligi, naqsh chiziqlarining mo'lligi va zamin kamligi bilan ajralib turadi. Ayni shu xususiyatlar Xiva mahobatli bezak san’atining o'ziga xosligini belgilaydi. Bu xususiyatlar xivalik mashhur usta Ota Polvonov ijodida, koshinpazlarning nafis naqqoshlik ishlarida o'z ifodasini topgan.

Kulolchilik va, ayniqsa, sopol koshinlar Xorazm madaniyatining yutug'i bo'lib, uning ustalari keyingi o'zbek mahobatli koshinkorlik san’ati rivojida muhim o'rin egallaydi. O'z vaqtida Amir Temur xorazmlik ustalarning ishlariga mahliyo bo'lib, ularni o'z poytaxti Samarqandga keltirgan edi. Ular Samarqand koshinkorligi rivojiga ta’sir etib, chin ma’nodagi aristokratik san’at shakllanishida rol o'ynagan edilar. Shu san’at Xiva xonligi davrida yana rivojlandi. Bu davrdan boshlab qurila boshlagan me’moriy obidalar bezagini belgilovchi omilga aylandi.

Xiva xonligida kulolchilik san’atida ham xalqning iste’moli uchun zarur idish-tovoqlarni ishlash bilan birga bevosita bezak vazifasini o'taydigan, ko'zni quvontiradigan asarlar yaratishga muyassar bo'ldilar. Usta Bolta Matrizayev, Bolta Voisov va boshqa kulollarning saqlanib qolgan asarlari shundan dalolat beradi.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish