3 .9. "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan"
Serqatnov yo‘llarda umumfoydalanadigan transport vositalarining (avtobus, trolleybus) bekatda to‘xtashiga, bekatdan qo‘zg‘alishiga velosipedchilar xalal bermasligi uchun ko‘rsatilgan belgiga asosan, velosipedchilar va mopedchilar harakati taqiqlanadi.
3 .10. "Piyodalarning harakatlanishi taqiqdangan"
Yo‘l xizmatchilari va ta’mirlovchi ishchilarga belgining daxli yo‘q. Bu belgi metro stansiyalarida (eskalatordan tushib chiqish, bir stansiyadan ikkinchisiga o‘tish joylarida) bir tomonlama harakatni joriy etish uchun ham ishlatiladi.
3.11. "Vazn cheklangan"
K o‘tarish qobiliyati cheklangan ko‘prik va estakadalarda haqiqiy vaznlar yig‘indisi qo‘prik oldida o‘rnatilgan belgida ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillarining, yarim tirkamali yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiklaydi.
3.12. "O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan"
Q qoplamasi yupqa bo‘lgan avtomobil yo‘llariga, og‘ir yuk mashinalari zarar etkazmasligi uchun, bitta o‘qqa tushadigan og‘irlik yo‘l belgisida ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lsa, bunday avtomobillarning harakatlanishi taqiqdanadi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, qoidaga ko‘ra engal avtomobillarda og‘irlik ikki o‘qqa teng ravishda taqsimlanadi. Ikki o‘kli yuk avtomobillarda oldingi o‘qqa 1/3, orqa o‘qqa 2/3 og‘irlik tushadi. Uch o‘qpi avtomobillarda og‘irlik uchala o‘qqa teng tarqaladi.
3.13. "CHeklangan balandlik"
Balandligi chegaralangan temir yo‘l kesishmalari, tonnellar, ko‘prik va estakadalar ostidan o‘tuvchi yo‘llarda baland yoki yuki baland bo‘lgan yuk avtomobillari ko‘rsatilgan inshootlarga zarar etkazmasliklari uchun ushbu belgi bilan ularning harakatlanishi taqiqlanadi. Belgi bo‘lmagan taqsirda, yo‘l harakati qoidasiga ko‘ra, balandlik 4 m bilan cheklanadi.
Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida so‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiklanadi.
3.14. "CHeklangan kenglik"
Eniga tor bo‘lgan tonnel, ko‘prik va estakadalar oldida ushbu belgi o‘rnatilib, belgida qo‘rsatilganidan enli yuk avtomobilining (yoki uzun avtomobylning) inshootlarga zarar etkazmasligi uchun ularning harakatini taqiqtaydi
3.15. "CHeklangan uzunlik"
Ko‘p burilishli uzun tor ko‘chalarda uzun yuk avtomobillari tiqilib holmasligi, harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligi uchun ko‘chaning bunday qismi oldida ushbu belgi o‘rnatiladi, u uzun yuk avtomobillari harakatlanishini taqiklaydi.
3.16. "Eng kam orqaliq"
Ushbu belgi muzliklar, sirpanchiq yo‘llar, tog‘li yo‘llar, ko‘tarish qobiliyati cheklangan uzun ko‘priklar oldida o‘rnatilib, eng kam orqaliq masofani chegaralaydi.
3.17.1. "Bojxona"
Ushbu belgi davlat tili va ingliz tilida yozilib, bojxonada kerakli hujjatlarni rasmiylapggirish uchun to‘xtab o‘tishni talab qiladi.
3.17.2. "Xavf-xatar"
Ko‘p talafotli yo‘l fojiasi yoki falokat yuz berganda (qor ko‘chishi, yo‘lni suv bosishi, ko‘prikni suv olib ketishi kabi) shu yo‘l qismlarida o‘rnatilib, falokatni bartaraf etuvchi xizmatchilarning avtomobillaridan tashqari, barcha avtomobillar harakatini taqiqlaydi.
3.18.1. "O‘ngga burilish taqiqlanadi"
Bu belgi yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatilib, aynan shu kesishmaga ta’sir etadi. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga buning daxli yo‘q.
3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi"
"Chapga burilish taqiqlanadi" belgisi o‘rnatilgan joydan orqaga qayrilish taqiqlanmagan.
3.19. "Qayrilish taqiqdanadi"
Bu belgi jamoat transportidan tashqari barcha transport vositalarining orqaga qayrilishini taqiqlaydi. Belgi o‘rnatilgan joydan chapga burilish taqiqlanmagan.
3.20. "Quvib o‘tish taqiqlanadi"
B urilish yoki do‘nglik tufayli ko‘rinishi cheklangan serqatnov yo‘llarda, tor ko‘chalarda harakat xavfsizligini ta’minlashda ushbu belgi o‘rnatshshb, barcha turdagi transport vositalariga quvib o‘tishni taqiqlaydi. Bu belgi soatiga 40 km dan kam tezlikda, yakka tartibda kelayotgan trapsgyurt vositalarini quvib o‘tishga ruxsat etadi. "3.20" belgisi yaqinlashayotgan birinchi kesishmaga (chorrahaga) yoki "Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygacha ta’sir etadi.
3.21. "Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri"
3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan"
B u belgi to‘la vazni 3.5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va soatiga 40 km dan kam tezlikda, yakka tartibda kelayotgan transport vositalaridan boshqa transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlaydi. Bu belgi yaqinlashayotgan biriichi kesishmagacha yoki "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygacha ta’sir etadi.
3.23. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri"
3.24. "Yuqori tezlik cheklangan"
Yo‘llarning xavfli qismlarida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu belgi o‘rnatilib, barcha turdagi transport vositalarining yuqori tezligini cheklaydi. Bu belgi yaqinlashayotgan birinchi kesishmagacha yoki "Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygachata’sir etadi.
3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri"
Do'stlaringiz bilan baham: |