O’zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng iqtisodiy o’zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi. O’zbеkistonda avtomobil ishlab chiarish sanoati yo’lga qo’yildi
KIRISh
FANO‘QITUVCHISI O.RUZIYEV MAVZU: YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN BELGILANGAN MA’MURIY JAVOBGARLIK “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA”ga ko’ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli transport vositasi doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqiladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab 15 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs ma’muriy hujjatlarni olgandan so‘ng huquqbuzarga ishni qachon va qayerda ko‘rilishi haqida xabarnoma yuboradi.Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 295 — 300 moddalarida (jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat, guvoh, ekspert, tarjimon) nazarda tutilgan shaxslar qatnashishi mumkin.Huquqbuzarni ish qachon va qayerda ko‘rib chiqilishidan o‘z vaqtida xabardor etilganligi haqida ma’lumotlar bo‘lganda, undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish haqida iltimosnoma tushmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida ichki ishlar organining mansabdor shaxsi: mazkur ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligi; ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; zarur qo‘shimcha materiallar so‘rab olingan-olinmaganligi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. Mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni o‘rganib chiqib, quyidagilarni amalga oshiradi: ishni transport vositasi ro‘yxatga olingan joyga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylaridagi DYHXXga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; ishni huquqbuzar yashaydigan joydagi voyaga etmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; sud tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa hujjatlarni sudga yuboradi; agar huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari bo‘lsa, hujjatlarni prokuratura organlariga topshiradi. Demak, huquqbuzarlik sodir etilganini inkor etsangiz, sizning ishingizni sud ko’rib chiqadi. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarordan norozi bo’lsangiz, yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga yoki prokuraturaga shikoyat qilishingiz mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilingan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi. Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni uch kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat shu qarorning nusxasi olingan kundan boshlab 10 kun ichida berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan (kasallik, ta’til, xizmat safari va h. k.) o‘tkazib yuborilgan taqdirda tegishli tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, ustidan qaror chiqarilgan shaxsning arizasiga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanishi to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida jazo berish haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan hollarda talonning amal qilish muddati shikoyatni ko‘rib chiqish tugagunga qadar uzaytiriladi. Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi. Qonunga xilof ravishda chiqarilganligi sababli qaror bekor qilingan taqdirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. Ma'lumki, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo'lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarning o'z vaqtida va ob'ektiv ko'rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida yo'l harakati qoidalariga so'zsiz rioya etilishi va mazkur turdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash maqsadida joriy yilning 5 avgustida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O'zbekiston Respublikasi hududida yo'l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi to'g'risida”gi nizom qabul qilindi. Ushbu Nizom, asosan, O'zbekiston Respublikasi hududida yo'l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibini belgilaydi. Deylik, xorijiy avtotransport vositasi O'zbekiston Respublikasiga kirish bojxona posti orqali tegishli majburiyatnomani to'ldirgan holda to'qson kalendar kundan oshmagan muddatda harakatlanish uchun vaqtinchalik kiritildi. Izoh: O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligidan 19.11.2010 yilda 2156-son bilan ro'yxatga olingan qaror bilan tasdiqlangan nizomning 15-bandiga asosan, xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to'qson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yo'lovchi tashishda qo'llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Belgilangan yig'imni to'lagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo'l qo'yiladi. Shu vaqt oralig'ida xorijiy avtotransport vositasi bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasi hududida yo'l harakati qoidalari buzilganligi aniqlandi. Lekin xorijiy avtotransport vositasi va uning haydovchisi sodir etilgan qoidabuzarlik uchun jaramalarni to'lamasdan O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketgan. Bu holat esa yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun tegishli jarimalarni o'z vaqtida to'lanmasligiga olib kelishi mumkin edi. Endilikda, mazkur nizom asosida bu kabi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda bojxona xizmati organlari hamda ichki ishlar organlari tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladigan qator chora-tadbirlarning huquqiy bazasi yaratildi.
Aytish lozimki, ichki ishlar organining jarima solish to'g'risidagi qarori, bojxona organlari tomonidan onlayn rejimda taqdim etilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to'g'risida majburiyatnoma” ma'lumotlari asosida real vaqtda avtomatik shakllanadi. Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davlat bojxona qo'mitasining ma'lumotlar bazasiga kelib tushgan jarima solish to'g'risidagi qarorda qayd etilgan miqdorda xorijiy avtotransport vositasi egasi, haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsdan undirilishi ta'minlanadi. Jarimani to'lash shakli judayam oddiy va sodda, ya'ni, yo'l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxs jarima solish to'g'risidagi qarorda qayd etilgan jarima summasini chegara bojxona postidagi bank kassalari yoki elektron to'lov tizimlari yoxud o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish terminallari orqali to'laydi. Agar yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi to'lanmagan taqdirda, bojxona xizmati organi hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda avtotransport vositalarini ushbu jarima summasi to'liq undirilgunga qadar tegishli shakldagi dalolatnoma asosida O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 291-moddasida belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga oladi. “Tasdiqlayman” Download 26,44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |