Tarbiyachi: (bolalarni yarim doira shaklida o’tkazib oladi). Bolajonlar,endi sizlar bilan “Men uchun juda qiziq” o’yinini o’ynaymiz.(tarbiyachi bolalarga koptokni otib, “Sizga nima eng qiziq bo’lib tuyuldi?” –deb navbat bilan so’raydi. Bolalar javobini umumlashtiriladi. Kichkintoylar tarbiyachi tomonidan rag’batlantirilib, mashg’ulot yakunlanadi)
22.Mavzu: “Yong’in xavfsizligi” mavzusida suhbat
Maqsad: Bolalarni Yong’in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muxofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning xayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo’lishi haqidagi tushunchalar ega bo’lish. O’t o’chirishda zamonaviy asbob-uskunalari, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Xayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |