E’tiborga molik jihati: Bolajonlarni kasbga bolgan mehr muhabbatini uygotish.
11- Mavzu: “Dehqon mehnati bilan tanishtirish”.
Maqsadi: Dehqon mehnati bilan tanishtirish, Bahorda dehqonning mehnatlaridan biri erga urug’ sepilishi haqida bilim berish. Mehnat qilish ishtiyoqini tarbiyalash
Kerakli jihozlar: Jo’hori donalari, ketmon, tesha, mavzuga oid rasmlar.
Markazlar: “Tabiat va biz” burchagi va “O’yin va o’yinchoqlar” markazi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bugun guruhimizga dehqon bobomiz keldilar. Kelinglar ular bilan salomlashamiz. Bugun bobomiz bog’chamizga er maydonchasiga jo’hori urug’ini ekmoqchi ekan. Bizni yordamga chaqiryaptilar. Ho’sh bolajonlar yordamlashgani boramizmi?
Bolalar javobi: Ha boramiz
Tarbiyachi: Bolalarni olib bog’chamiz yer maydonchasiga chiqishadi. Dehkon bobo: bolalar men sizlarni jo’horini yaxshi ko’rishingizni bilib olganman. Shuning uchun yer maydonchasiga jo’hori ekmoqchiman. Bolajonlar sizlar ham menga yordam berasizlarmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |