Bola – Ovqatlar qilinadi.
Bola - Sabzavotlardan salatlar qilinadi.
Bola - Kompotlar qilinadi.
Tarbiyachi - Ovqat pishirish uchun qanday idishlar kerak bo’ladi. Albatta qozon kerak ovqatga solingan masalliqlarni almashtirish kovlash uchun kapkir kerak bo’ladi. Qovurib bo’lgach qozonga suv qo’yish uchun paqir va cho’mich kerak bo’ladi. Ovqat pishib bo’lgach kosaga suzamiz buning uchun bizga cho’mich kerak bo’ladi. Agar biz xamir ovqat qilamiz desak albatta bizga elak, xamir yoyadigan taxta, uqlov kerak bo’ladi. (ko’rsatadi)
Xamir ovqatni tovoqqa solamiz suyuq ovqatlarni qoshiq bilan, qo’yiq ovqatlarni sanchqi bilan iste’mol qilish qulaydir.
Tarbiyachi - Bolajonlar endi suxbatimizni xonada davom etaylik. Oshpaz opalar bizga oshxonada tushlik tayyorlaydilar. Xammangiz joy-joyingizga o’tirib oldingizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |