O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


 -§. Direktor o‘rinbosari- bosh muhandis lavozimining malaka tavsiflari



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/199
Sana01.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#476882
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   199
Bog'liq
2 5400198759357354506

113 -§. Direktor o‘rinbosari- bosh muhandis lavozimining malaka tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha ta’lim
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 26-sonli buyrug‘i va
Kompaniya Nizomiga asosan o‘z faoliyatini olib borish;

kompaniyaning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq o‘zi rahbarlik
qilayotgan bo‘limlar lavozimlariga tavsiya qilingan nomzodlar, xodimlarning kasbiy darajasi va
ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar
kiritish;

loyihalash ishlari bo‘yicha texnik ko‘rsatkichlarni yig‘ish, loyiha Institutlari uchun
zarur bo‘lgan birlamchi hujjatlarni tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi, investitsiya dasturiga
kiritilgan barcha oby’ektlarni qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida ishchi loyihalar asosida
bajarilishini nazorat qilib borish;

loyiha qidiruv ishlari sifatini yaxshilash, qurilishga ilg‘or metodlarni zamonaviy
qurilish texnikalari, qurilish materiallari va jihozlar, shuningdek energiyani tejash uslublarini
joriy qilish, qurilish ishlari rentabelligini oshirish, qurilish muddatini qisqartirish, bajarilayotgan
qurilish ishlari sifatini oshirishni nazorat qilish;
Tartib raqami
529
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1120
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha oby’ektlarni o‘z
muddatlarida va sifatli foydalanishga topshirish, yillik va kelgusi yillar rejalarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;

qurilish ob’ektlaridagi texnik nazoratchilar ustidan va qurilishda ishlatilayotgan
materiallar, jihozlar sifati ustidan nazorat olib borish;

kompaniyaning normativ-huquqiy hujjatlari, rejalar va dasturlar loyihalarini ishlab
chiqish va ekspertiza qilishda, shuningdek ularning sohaga tegishli qismini ijro etishda rahbarlik
o‘rnatish;

oby’ektlarda ishlab chiqarish grafiklarga asosan qurilish ishlarini bajarilishi, ularning
rejada ko‘rsatilgan qismlarini foydalanishga topshirilishini ta’minlashni, texnik ish yuritish
hujjatlarini, pudratchi tashkilotlarning bajarayotgan ishlarini qurilish me’yoriy normalariga mos
kelishligini nazorat qiladi hamda qurilish ishlarini yetarli daraja tashkil qila olmagan pudrat
tashkilotlarini Qonunda belgilangan hujjatlar asosida almashtiradi va salohiyatli pudratchilarni
tayinlash;

bosh muhandis texnik xodimlarning malakalarini oshirish ishlariga rahbarlik qilish,
kompaniya faoliyati yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini rahbariyatga berib borish;

kompaniya filiallarini mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida xizmat
safarlarini amalga oshirish va ularga amaliy yordam bergan holda ularning faoliyatiga baho berib
borish;

Injiniring kompaniyasi tegishli bo‘lim xodimlarining malakalarini oshirish ishlariga
rahbarlik qilish;

Injiniring kompaniyasi faoliyatiga doir hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni
Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli boshqarmalariga o‘zi rahbarlik qilayotgan Kompaniya
bo‘limlari tomonidan taqdim etilishini nazorat qilib borish;

muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib borish;

kompaniya nizomida, o‘zining lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar,
funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan
vakolatlar
va
huquqlardan
qonun
hujjatlariga
muvofiq
foydalanilishi,
shuningdek
kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, to‘g‘ri va aniq bajarilishi
uchun javob beradi

jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtirish va shaxsan qabul qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan
tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish