O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/199
Sana01.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#476882
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199
Bog'liq
2 5400198759357354506

104-§. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
Yuridik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining malaka tavsiflari


1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, vazirlik qarorlari, buyruqlari va
boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

vazirlikning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni
ta’minlashni tashkil etish;

vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va
boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini ta’minlashi;

vazirlikning
qonun
ijodkorligi
faoliyatida
ishtirok
etish,
qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida vazirlik tarkibiy bo‘linmalari va
idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi;

vazirlikning,
idoraviy
mansub
tashkilotlarning
va
hududiy
boshqarmalar
xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan
normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma da’vo ishlarini yuritish, vazirlikning mulkiy va
boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;

vazirlikka kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda
foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va
funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar,
kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarining roziligi bilan
ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash
uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan
normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun
qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida
huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa
tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarda vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga
rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni
buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarda yoki vazirlik yohud huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan
Tartib raqami
1190/1672
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1321/1324
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha
hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy
xulosalar berish;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yuridik boshqarma boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga
va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
talablariga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini
ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish
bo‘yicha rahbariyatga chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib kiritish.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish