7. Bolalar va o‘smirlar COVID-19ni yuqtirib olishlari mumkinmi?
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bolalar va o‘smirlarning ushbu kasallikni yuqtirib olish
va uni boshqalarga yuqtirish ehtimoli huddi kattalardagi ehtimol bilan tengdir. Shuning
uchun ular huddi kattalar kabi xavfsizlik qoidalari (qo‘llarni yuvish, niqob taqish, odamlar
gavjum bo‘ladigan joylarga bormaslik, ijtimoiy masofani saqlash)ga rioya qilishlari lozim.
8. COVID-19ga qarshi vaksina, dori-darmon yoki uning davosi bormi?
COVID-19ga qarshi maxsus muolaja mavjud emas. Ushbu kasallikning oldini olishi
yoki uni davolashi mumkin bo‘lgan vositalar ham mavjud emas. JSST har qanday dori
vositalari, shu jumladan antibiotiklar yordamida o‘zboshimchalik bilan davolanishni
tavsiya qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |