MAQSADLAR VA VAZIFALAR
Ushbu qo‘llanmaning maqsadi,
COVID-19 pandemiya davrida maktabgacha ta'lim
tashkilotlarining (MTT) faoliyatini qayta tiklashdan oldin yoki uning birinchi oyi faoliyati
davomida xavfsiz va qulay muhitni ta'minlash uchun asosiy tamoyillar va amaliyotlarni
yoritib berishdir.
Vazifalar:
■
Sog‘liqni saqlash va gigiyena, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalashda o‘yin uslubiga asoslangan holda tarbiyalash orqali bolalarning yaxlit
rivojlanishi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga rioya qilish.
■
Tegishli strategiyalarni amalga oshirish va mavjud o‘quv dasturlarini moslashtirish,
shuningdek, hamkorlik va ochiq aloqa orqali ota-onalarning muammolariga e’tibor
berish va ularni hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |