7. Harakat malakasi shakllanishi analizatorlar funksiyasini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Harakat analizatorining roli ortadi,harakat nazoratida muskulhissiyoti etakchi a’amiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining to‘pnihis qilishi va boshqalar.
Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin harakatlarni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan Harakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyasiyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning ahamiyatiga katta eotibor beriladi, chunki ular meros bo‘lib nasldan-naslga o‘tmagan javob reaksiyalari bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |