Mashg‘ulotlarni siklli tuzish tamoyili
Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo‘llanilishi va bir vaqtning o‘zida ularning har xil yo‘nalganligi, Yuklama va dam olishning uyg‘unlashuvi bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni o‘z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg‘unlashish tartibi va nisbatlari o‘zgarib turadi; makrotsikllar (yillik), ularda jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ushbu tamoyil jismoniy tarbiya va sport xodimlarini tugallangan sikllarni e’tiborga olgan holda va ular doirasida, shuningdek, mashg‘ulotlar kumulyativ samarasining o‘sib borishini, jismoniy tarbiyaning umumiy borishini hamda shug‘ullanuvchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi ketma-ket rivojlantirilishini e’tiborga olgan holda mashg‘ulotlar tizimini tuzishga yo‘naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |